- Ota hukmronligi instituti
- Rim quldorlik jamiyatining eng buyuk yutuqlaridan biri — bu ota hukmronligi institutining vujudga kelishi.
- Mashhur huquqshunos Gay ota hukmronligi institutini quyidagicha ta’riflaydi: «Ota hukmronligi instituti Rim fuqarolari- ning qat’iy belgilangan milliy institutidir... yana shunday shaxslar- ning bo‘lishi amri maholki, o‘z bolalarining ustidan shunday hukmronlikka, hokimiyatga ega bo‘lgan Rim fuqarolaridek». Haqiqatan ham, Rim davlati «ota hukmronligi» institutini mustahkamlab, dastlab unga mutloq huquqlar berib, rim huquqini rivojlantirishga o‘zining mislsiz xizmati bilan jahon davlatlariga o‘rnak bo‘ldi.
- Bu huquqiy munosabatda mustaqil shaxs (persona sui juris) faqat ota hisoblangan. Ota barcha, huquqlarga ega bo‘lgan va «o‘ziga o‘zi xo‘jayin» sifatida e’tirof etilgan, uning o‘g‘il-qizlari esa «yot (begona) bo‘lgan shaxslarning huquqi»ga (persona alieni juris) ega bo‘lganlar.
Ota hukmronligi instituti - Ota hukmronligi instituti

Farzandlikka olishning o‘ziga xos shartlari ham bo‘lgan. Bu ularga quyidagilar kiritilgan: - Farzandlikka olishning o‘ziga xos shartlari ham bo‘lgan. Bu ularga quyidagilar kiritilgan:
- — farzandlikka oluvchilar asosan er kishilar va istisno tariqasida xotin-qizlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilgan, lekin ular farzandlikka olishga qadar o‘z farzandlari bo‘lgan va ularni yo‘qotib qo‘ygan bo‘lishlari lozim bo‘lgan;
- — farzandlikka oluvchi shaxs ota hukmronligiga mansub bo‘lmagan, barcha huquqlarga hamda «o‘ziga o‘zi xo‘jayin» bo‘lgan shaxs bo‘lishi talab etilgan;
- — farzandlikka oluvchi shaxs farzandlikka olinayotgan shaxsdan 18 yosh katta bo‘lishi lozim bo‘lgan harakatlardan tashkil topgan. Rim jamiyatining tarixida ota-onalar va bolalarning huquq va majburiyatlari xilma-xil bo‘lgan. Qadimgi Rimda otaning huquqi o‘z bolalariga nisbatan chegaralanmagan bo‘lib, «hayot va o‘lim» huquqini ham hal qilgan, farzandlarini sotish huquqiga ega bo‘lgan.
- Vaqt o‘tishi bilan bu qahrli jazolar asta-sekinlik bilan zaifla- shib, bo‘shashib, o‘z farzandlariga nisbatan uy jazolarini qo‘llashga olib keldi. Ota, ona va farzandlar bir-birlarini o‘zaro hurmat qilishlari, aliment bilan ta’minlashlari va boshqa munosabatlar takomillashib bora boshladi.
- Ota hukmronligi ostida bo‘lgan farzandlarning mulkiy holati shundan iborat bo‘lganki, ular shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lganlar, ammo shartnomalardan kelib chiqadigan barcha huquq va majburiyatlar otaga taalluqli bo‘lgan. Ota hukmronligi ostidagi voyaga yetgan shaxslar shartnomalar tuzish oqibatida yoki biror-bir huquqbuzarlik asosida yoki boshqa shaxslarga zarar yetkazish munosabatlari kelib chiqqan bo‘lsa, xuddi qullarning da’vosiga o‘xshash da’vo asosida oila boshlig‘iga da’vo joriy etilardi. Oila boshlig‘i da’voni qabul qilishi va keltirilgan zararlarni to‘lashi yoki zarar yetkazgan shaxsni zararni qoplashni talab etayotgan shaxsga topshirishi mumkin edi. Agar zarar yetkazgan shaxs boshqa uy boshqaruvchisiga o‘tib ketgan bo‘lsa, qilingan ayb ham shu shaxs bilan bog‘liq bo‘lib boshqa, ya’ni o‘tib ketgan oila boshlig‘iga da’vo qaratilardi (javobgarlik doimo ayb qilgan shaxsning yashashi bilan bog‘liq bo‘lgan).
- Rim davlatida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning va xo‘jalik munosabatlarining rivojlanishi natijasida ota hukmronligi ostidagi shaxslardan foydalanmaslik oila boshlig‘i uchun samara bermay qoldi. Ayniqsa, hukmronlik ostidagi shaxslar bilan boshqa huquq subyektlari shartnomali huquqiy munosabatlarga kirishmay qo‘ydi va uy egasi o‘zining qullaridan, voyaga yetgan farzandlaridan maqsadga muvofiq foydalana olmasdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |