Turg’unov Ruslan nikoh tushunchasi reja


Er-xotin o‘rtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlar


Download 85.14 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi85.14 Kb.
#1619787
1   2   3
Bog'liq
Turg\'unov Ruslan NIKOH TUSHUNCHASI

Er-xotin o‘rtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlar

  • Er-xotin o‘rtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlar
  • Qadimgi Rim davlatida vujudga kelgan shaxsiy va mulkiy munosabatlar, huquq va majburiyatlar cum manu va sine manu asosida tuzilgan nikoh munosabatlarida bir-biridan ancha farqlangan.
  • Cum manu asosida tuzilgan nikoh huquqiy munosabatlarida xotin kishi, o‘z bolalari bilan filiae locoga binoan er kishining hokimiyatiga, ya’ni qo‘l ostiga o‘tgan. Butun hokimiyat erga berilgan. Rim davlatining dastlabki davrlarida erning hukmronligi cheksiz, mutloq monarxiyadagidek, lekin xo‘jalik hayotining yanada rivojlanishi va madaniy turmushning takomillashishi natijasida er hukmronligi, uning hokimiyati ancha chegaralanib, xotinini o‘ldirish yoki uni ijaraga berib yuborish kabi huquqlari tamoman yo‘qola boshladi.
  • Sine manu asosida tuzilgan nikoh munosabatlarida xotin kishi o‘zining haqiqiy otasi hukmronligida qolib, oldingi oilasiga mansub bo‘lib, mustaqil asosda o‘zining huquqiy holatini saqlab qolgan. Lekin xotin kishi boshqa oilaga tushgandan keyin eri baribar ustunlik, imtiy
  • ozli holatlarga ega bo‘lgan huquqlarini saqlab qolgan.
  • Turmushga chiqqan xotin kishi erining familiyasiga, uning jamiyatda tutgan o‘rni bilan bog‘liq bo‘lgan (masalan, pretor bo‘lsa, pretor xotini, zodagon bo‘lsa, zodagonlar oilasi kelini) huquqlarini o‘zlashtirish hamda erning doimiy yashab turgan joyi xotinining ham yashash joyi deb hisoblangan.

Er kishi da’vo tartibida xotinini egallab olgan har qanday kishidan talab qilib olish huquqiga ega ekanligi, er-xotinning bir- biriga hurmat bilan qarashligi lozim edi. Faqatgina er va xotinning bir-biriga bevafolik yoki xoinlik qilishi, kimning aybi bilan bo‘lgan- ligiga qarab nikohdan ajratish amalga oshirilardi. Aybli bo‘lgan tomon uyidan olib kelgan va birgalikda yashash davomida orttirgan mol- mulklari aybsiz tomonga qoldirilardi, ayniqsa xotin kishining o‘z eriga xiyonati juda og‘ir kechardi.

  • Er kishi da’vo tartibida xotinini egallab olgan har qanday kishidan talab qilib olish huquqiga ega ekanligi, er-xotinning bir- biriga hurmat bilan qarashligi lozim edi. Faqatgina er va xotinning bir-biriga bevafolik yoki xoinlik qilishi, kimning aybi bilan bo‘lgan- ligiga qarab nikohdan ajratish amalga oshirilardi. Aybli bo‘lgan tomon uyidan olib kelgan va birgalikda yashash davomida orttirgan mol- mulklari aybsiz tomonga qoldirilardi, ayniqsa xotin kishining o‘z eriga xiyonati juda og‘ir kechardi.
  • Rim davlatida cum manu asosida tuzilgan nikohda barcha xotin tomonidan olib kelingan mulklar erning ixtiyoriga o‘tkazilar va nikohdan oldingi mulklari bilan to‘liq asosda qo‘shilib ketardi.
  • Xotin tomonidan olib kelingan mulk, hatto er-xotin ajralib ketgandan so‘ng ham xotinga qaytarilmasdi, aksincha u erining vafot etganligi munosabati bilan meros tartibi asosida o‘zining hissasini yoki unga tegishli ulushini olardi, xolos.
  • Sine manu nikohida esa er-xotinlar alohida bo‘lib, hatto oddiygina asosda mulkni boshqarish ham xotinining roziligiga binoan amalga oshirilib, er-xotinlar o‘rtasidagi munosabat topshiriq berish shartnomasi orqali turmushga tatbiq etilardi.
  • Nikoh munosabatlari asosida xotin o‘z uyidan olib kelgan ashyolarini, uy boshqaruvchisi va boshqa shaxslar tomonidan berilgan, hadya qilingan mulklar «to‘y sovg‘asi»dek er-xotinning oilaviy hayotidagi moddiy qiyinchiliklarini yengillashtirish maqsa- dida ishlatilardi.
  • Respublikaning ilk davrida cum manu asosida tuzilgan nikohlarda «to‘y sovg‘asi»ga huquqiy holat o‘rnatilmagan bo‘lib, u xotin tomonidan olib kelingan mulklar qatoriga, ya’ni erning mulki tarkibiga kiritilgan.
  • Sine manu nikohi asosida olingan yoki xotini va boshqa shaxslar tomonidan berilgan mulklarga boshqacha huquqiy rejim o‘rnatilib, agar nikohdan ajralish yoki erning vafoti bilan bog‘liq munosabat kelib chiqsa, barcha olingan «to‘y sovg‘alari»ni og‘zaki kelishish asosida er tomonidan qaytarib berishni o‘z zimmasiga olgan.

Download 85.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling