Turistik – rekreatsiya resurslari va ularni belgilari


Download 20.39 Kb.
bet1/4
Sana08.03.2023
Hajmi20.39 Kb.
#1249407
  1   2   3   4
Bog'liq
5-ма\'ruza


5- mavzu: Mintaqalarning turistik resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini baholash
Reja:



  1. Turistik – rekreatsiya resurslari va ularni belgilari

  2. Turistik resurslarni baholashni turizmdagi ahamiyati

  3. Turistik resurslarni miqdor va sifat jihatdan baholash

Turistik – rekreatsiya resurslari va ularni belgilari
Hozirgi vaqtda ko‘pgina tarmoqlar kabi turizm industriyasi ham tez rivojlanib bormoqda. Turistik biznesni mavjud kapital, texnologiya, hamda malakali ishchi – xodimlar orqaligina shakllantirib bo‘lmaydi. Buning uchun birinchi navbatda turistik resurslarga ega bo‘lish lozim.
Turistik resurslarning asosini rekreatsiya resurslari tashkil etadi. Rekreatsiya resurslari bu - turli komponentlar birikmasidan iborat, insonning dam olishi va davolanishi ehtiyojlarini qondirishda xizmat qiladigan vositalardir.Kelib chiqishi va foydalanish xususiyatlariga ko‘ra rekreatsion resurslar ikki guruhga ajratiladi: tabiiy va antropogen rekreasion resurslar.
Tabiiy rekreatsion resurslarga, hududiy tabiiy komponentlar birikmasidan iborat, go‘zal tabiat go‘sha(landshaft)lari kiradi. Ular daryo, ko‘l, dengiz bo‘ylari, tog‘ etaklaridagi o‘simlik dunyosi, xilma – xil manzarali joylar, mineral suvli shifobaxsh maskanlar bo‘lishi mumkin. Undan tashqari aholining dam olishi, sport bilan shug‘ullanishi, ov qilishi imkoniyatlari uchun keng hududlar, shahar atrofidagi yashil mintaqalar, park va bog‘lar yoki qo‘riqxona va milliy bog‘lar ham tabiiy rekreasiya resurslaridir.
Turli davrlarda inson aql – zakovati bilan yaratilgan tarixiy, arxeologik va san’at obidalari, yodgorliklar, muzeylar hamda rekreatsiya maqsadida foydalish mumkin bo‘lgan ijtimoiy obektlar, antropogen rekreatsiya resurslariga kiradi. Undan tashqari, rekreasion resurslarni qo‘yidagi asosiy belgilariga ko‘ra ajratish mumkin:

  • landshaft – iqlimiy xususiyati;

  • tabiiy resurslar potensial zahirasi;

  • jozibadorlik va sayyohlik ahamiyati;

  • qo‘laylik va foydalanish imkoniyati;

  • manzara va ekologik xususiyati;

  • ijtimoiy – demografik xususiyati.


Download 20.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling