Turistik faoliyat harajatlari va daromadlari Turizmda narx belgilash usullari


Download 378.5 Kb.
bet4/4
Sana27.12.2022
Hajmi378.5 Kb.
#1068034
1   2   3   4
Bog'liq
turop 29 mavzu

Qput= -Si,
bu yerda, Qput — putyovka (yo’llanma) qiymati; Si — harajatlarning i-nchi tarkibiy qismi; i — 1, 2, ... t — harajatlar kalkulyatsiyasi tarkibida sarflar tarkibiy qismlarning miqdori. Masalan, turistlar yashashi bo’yicha harajatlar, transport harajatlari, ekskursiya, konsert-tomosha tadbirlari harajatlari, ustama harajatlar, vizani rasmiylashtirish harajatlari, sug’urtalash harajatlari, soliqlar, turoperatori foydasi.
Imkoniy narxni belgilovchi holatlar Yangi tovar (xizmatlar)ga narx o’rnatishda ikki narx falsafasi amal qiladi: «sarasini olish» strategiyasi va bozorga mustahkam egallab olish strategiyasi.
«Sarasini olish» narx strategiyasi. Bunda firma o’z xizmatlariga yuqori narx o’rnatadi. Bu strategiya tovarga butun bozorning e‘tiborini emas, balki uning yuqori daromadga ega bo’lganlar segmentlarini tobe etishga qaratilgan. Bunday yondashuvdan foydalanish natijasi — yuqori foyda olish va xizmatni yaratish hamda bozorga uzatish bilan bog’liq harajatlarni qisqa vaqt ichida qoplash.
Bozorni mustahkam egallab olish strategiyasi. Bu kirib olish strategiyasi bo’lib, sotuvchi bunda o’z mahsulot (xizmati)ga imkon boricha past narx o’rnatadi va Shu orqali bozorga ko’pchilikni jalb qiladi. Past narxlar daromadi har xil bo’lgan iste‘molchilarni tovar (xizmat)ni sotib olishga undaydi, buning natijasida sotuvchilar qisqa vaqt ichida bozorning katta ulushiga ega bo’lishadi. Bu strategiyani qo’llashda dastlabki narx doimiy bo’lib qoladi. Strategiyadan foydalanish natijasi harajatlarni sekin qoplanishi va ularni qoplash uchun haridlarning yuqori darajasi bo’ladi.
Turfirmalarning narxlari prays-varaqalarda namoyon bo’ladi. Prays-varaqa butun mavsumga tuziladi va Shu mavsumga bo’lgan tur narxinidan iborat bo’ladi. Ammo ular safar muddatlariga, narx va yashash sharoitlariga bog’liq holda o’zgarishi mumkin. Prays-varaq bozorning barcha segmentlar talablariga javob berishi kerak. Turistlar daromad darajasiga, yoshiga va soniga qarab narxlar tabaqalanishi kerak.
Yaxshi prays-varaq iste‘molchiga:
-firma narxlarini raqib narxlari bilan taqqoslash imkoniyatini;
-narxlar o’sishi va pasayishini tahlil qilish;
-katalog asaosida uyda o’tirib kelgusi safarni hisoblash va rejalashtirish imkoniyatini beradi.
Download 378.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling