Turistik faoliyatdagi xavf-xatarlar va ularni bartaraf qilishning chora-tadbirlari Reja
Download 35.86 Kb.
|
Kursh ishim 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turistik faoliyatda xavf-xatarlar va xavfsizlikni ta`minlash tamoyillari
- Turizmdagi xavfsizlik
Mavzuning maqsadi: Xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalarining
turizm obyektlarida va infratuzilmasi hududida turistlar xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlari natijasi bo‘yicha ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, Buxoro, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari IIBlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan joriy yilning 5 oyi davomida 47 davlat va xalqaro tashkilotlardan tashrif buyurgan 313 delegatsiyani kutib olish, ularning xavfsizligini ta’minlash va kuzatish bilan bog‘liq tadbirlar tashkil etilgan. Bo‘linma xodimlari tomonidan turli masalalarda yordam so‘ragan 23 mingdan ortiq xorijiy va mahalliy turistlarning murojaatlari ko‘rib chiqilgan va ularga kerakli yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, turistlarga nisbatan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda aholining madaniyati va mehmondo‘stlik fazilatlarini yuksaltirish maqsa- dida bo‘linmalar tomonidan 2 ming 709 profilaktik tadbir o‘tkazilgan. Turistlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va xavfsizlik choralarini kuchay- tirish masalalari yuzasidan tegishli davlat organlari va tashkilotlarga 105 taklif va taqdimnomalar kiritilgan, ularning 18 tasi ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmatlariga, 42 tasi mahalliy hokimiyat organlariga, 45 tasi boshqa davlat organ va tashkilotlariga yuborilgan. Turistik faoliyatda xavf-xatarlar va xavfsizlikni ta`minlash tamoyillari Turizm xavfsizligi keng ma’noli tushuncha bo‘lib, turizmda xavfsizlik turist va uning yuklarining xavfsizligi, turistik muhit qatnashchilarining muhim hayotiy qiziqishlarini ichki va tashqi xavflardan hamda turizm rivojianishida atrof-muhitni salbiy omillardan himoyalanganligi tushuniladi. Turizmdagi xavfsizlik – bu turist hayoti va sog‘!ig‘ini saqlash maqsadida hamda unga va atrof-muhitga (jamoaga, jamiyatga, davlatga, tabiatga) yetkazilgan zararlami minimallashtirishga qaratilgan majmuali tadbirlardan iborat. Dunyoda bo’lib o‘tayotgan voqea, hodisalar xavfsizlik masalasi qanchalik muhimligini ko‘rsatmoqda va bu yerda nafaqat mamlakat ichki tartibi, balki xalqaro darajada muvofiqlashtirish talab etiladi. Turizmda xavfsizlikni ta’minlash borasidagi qarorlar turistik faoliyat sohasidagi qonunlarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi paytda turizmda xavfsizlik masalasi quyidagi tamoyillar asosida ta’minlanadi: Download 35.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling