Turistik xizmat ko'rsatish darajalari va ularni loyihalash


Turistik mahsulotning tarkibiy qismi


Download 338.5 Kb.
bet3/8
Sana08.03.2023
Hajmi338.5 Kb.
#1253147
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1476214751 65423

3. Turistik mahsulotning tarkibiy qismi


Turistik mahsulotning asosiy manbalari bu destinatsiyaning turistik resurslari. Turistik mahsulot — turizm jarayonida va maqsadida turistning ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo’lgan ikkita yoki undan ko’p bo’lgan yakka yoki ko’pgina maqsadga yo’naltirilgan turistik xizmatlar, ishlar va tovarlar yig’indisi (turpaket yoki turistik xizmatlar paketi)dir.Turistik mahsulot uni tashkil qiladigan uch tarkibiy qismdan iborat:

  1. turistik xizmatlar (turizm tashkilotchilari xizmatlaridan — turoperator va turistik agentlari, taShuvchilar xizmati, mehmondorchilik va ovqatlanish tizimining xizmatlari, boshqa turistik xizmatlar qatoriga kiradigan xizmatlar)dir;

  2. turistik xizmatlarni iste‘mol qilish jarayoniga yo’ldosh bo’lgan ishlardan;

  3. turda iste‘mol qiladigan tovarlar hamda tur tashqarisida iste‘mol

qilinadigan tovarlardan.

Turistik mahsulot barcha iste‘molchilar uchun yagonalik belgilariga ega bo’lgan resurs unsurlarga, jumladan, resurs tarkiblari hamda turizm infratuzilmasining ob‘ektlari va tizimlariga asoslanadi.


Tarkibiy qismlari tabiiy tafsilotga ega bo’lishi mumkin va ishlab chiqaruvchi — iste‘molchi ongidan tashqarida amal qilishi mumkin. Masalan, shimol yog’dusi, oq tunlar, tabiiy manzaralar va boshq. Turistik mahsulotning tarkibiy qismlari faqat birgalikda amal qilishi mumkin. Shunday rivojlangan infratuzilma bo’lishi shart: aloqa qilish yo’llari, kommunal va maishiy xizmatlar tizimi, savdo. Unsurlarning bu o’zaro aloqasi seziladigan yoki sezilmas bo’lishi mumkin, ammo doimo va har qanday yakka unsur boshqa manbalarning mahsulotlari unsurlariga tayangan holda yashaydi. Salohiyatli turistik xossalarning rivojiga qat‘iy shart bo’lib, turistlarning resurs yoki resurs manbasiga yetib kelishi hisoblanadi. Agar yetib kelish sharoiti yoki boshqa zaruriy, yetarli sharoitlar bo’lmasa, resurs yoki ob‘ekt salohiyatli turistik mahsulot bo’la olmaydi. Demak, bu mahsulotga turizm maqsadida sababli talab bo’lishi zarur.

Download 338.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling