Turistlarga havo transportida xizmat ko‘rsatish xususiyatlari


Havo transporti faoliyatini tartibga soluvchi xalqaro tuzilmalardan tashqari, fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanadigan bir qancha mintaqaviy hukumatlararo tashkilotlar ham


Download 0.53 Mb.
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1569485
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3 Mavzu TURISTLARGA HAVO TRANSPORTIDA XIZMAT KO‘RSATISH XUSUSIYATLARI

Havo transporti faoliyatini tartibga soluvchi xalqaro tuzilmalardan tashqari, fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanadigan bir qancha mintaqaviy hukumatlararo tashkilotlar ham mavjud:


Fuqaro aviatsiyasi Yevropa konferensiyasi va Yevropa aeronavigatsiya xavfsizligi tashkiloti — Yevronazorat.
Afrikadagi 32 ta davlatni birlashtirgan Afrika fuqaro aviatsiyasi komissiyasi.
Mintaqadagi 20 ta mamlakatni birlashtiruvchi Arab davlatlari fuqaro aviatsiyasi kengashi.
Lotin Amerikasi fuqaro aviatsiyasi komissiyasi.

Havo transportida yo‘lovchi yoki yuk tashish to‘g‘risidagi shartnoma

Havoda yo‘lovchi yoki yuk tashish tashuvchi bilan tuzilgan shartnomasi asosida amalga oshiriladi.


Tashuvchi — havoda yo‘lovchi, yuk yoki pochta tashish huquqina beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan xizmatchi hisoblanadi.
Havoda yo‘lovchi yoki yuk tashish to‘g‘risidagi har bir shartnoma va uning shartlari tashuvchi yoki uning agentlari tomonidan beriladigan tashish hujjatlari bilan tasdiqlanadi.
Tashish hujjatlariga quyidagilar kiradi:
Yo‘lovchi chiptasi (Passenger Ticket) — yo‘lovchi tashishda beriladi. U yo‘lovchi va bagajni havoda tashish to‘g‘risida shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi, bagaj kvitansiyasi ilova qilingan hujjat hisoblanadi;
Bagaj kvitansiyasi (Baggage Check) — chiptaning o‘rinlar soni va topshirilgan bagaj og‘irligi ko‘rsatilgan qismi bo‘lib, tashuvchi tomonidan yo‘lovchi topshirgan bagaj uchun tilxat tarzida beriladi;
Pullik bagaj kvitansiyasi (Excess Baggage Ticket) — bepul tashish me’yoridan ortiq bagaj yoki haq to‘lash majburiy bo‘lgan ashyolar uchun haq to‘langanligini, shuningdek bagajning e’lon qilingan qiymati uchun yig‘imlar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
Aviayuk hujjati (Air Waybill) — tashuvchining marshrutlari bo‘yicha yuk tashishga yuk jo‘natuvchi bilan tashuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomani tasdiqlovchi hujjat.

Yo‘lovchi tashish to‘g‘risidagi shartnomani tuzishda muayyan qoidalarga rioya qilinishi lozim.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling