Turizim sohasini rivojlantirish
Buyuk Ipak yoʻli va unda turizmni rivojlantirishning ahamiyati
Download 1.07 Mb.
|
TURIZIM SOHASINI RIVOJLANTIRISH
Buyuk Ipak yoʻli va unda turizmni rivojlantirishning ahamiyati
Hozirgi vaqtda butun dunyoda, jumladan, Oʻzbekistonda ham iqtisodiyotining ishlab chiqarish sohalaridan biri xususan turizm sohasiga katta e’tibor kuchayib bormoqda. Insonlar borgan sari oʻzlarining boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazishga, dam olishga, sogʻligini tiklashga, dunyoni, xalqlarning urf odatlarini, qadriyatlarini bilishga intilmoqda. Bundan tashqari, insoniyat har doim oʻzining harakat doirasini oʻzgartirib, yangi erlarni kashf qilishga intilgan. XX asrga kelib bunday intilishlar kuchaydi va turizm industriyasining rivojlanishiga katta turtki boʻldi. Oʻtgan 2008 – yilda dunyo aholisining har toʻrtinchisi sayohat qilgan. Ayrim mamlakatlarda turizm sohasi juda ham barqaror rivojlanib bormoqda va ularning har yillik oʻsish sur’ati 8 -10 % gacha boradi. Bu davlatlarga Ispaniya, Italiya, Fransiya, AQSh va boshqa mamlakatlarni kiritish mumkin. Shunisi qiziqki turizm rivojlanishi bilan bir qatorda transport, bozor infratuzilmasi, savdo – sotiq, oziq-ovqat tarmoqlari, qurilish, hunarmandchilik hamda boshqa xizmat koʻrsatish sohalari rivojlanib ketadi. Respublikamiz xalqaro turizmni rivojlantirish uchun juda boy imkoniyatlarga ega. Bularga «Buyuk Ipak yoʻli»ning shoh tomiri respublikamizdan oʻtganligi, butun dunyoga mashhur tarixiy va madaniy shaharlarimiz Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Qoʻqon, Toshkent va boshqa shaharlar, tabiiy va sogʻlomlashtirish resurslariga boy mintaqalarimiz Chimyon, Shohimardon, Zomin, Boysun, Sherobod va boshqa shaharlar kiradi. Hozirgi kunga kelib Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish uchun asos solindi deb hisoblasa boʻladi. Bunga dalil sifatida 1995 yil 2 iyundagi «Buyuk Ipak yoʻli»ni qayta tiklashda Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish toʻgʻrisida»gi farmonining Prezidentimiz tomonidan qabul qilinishidir. Bu farmonga binoan turistik korxonalar bir qator soliq imtiyozlarga ega boʻlishdi. Bu farmon «Buyuk Ipak yoʻli»da joylashgan tarixiy va madaniy shaharlarda turistik yoʻnalishlarning rivojlanishiga turtki boʻldi. Ming yillar davomida «Buyuk Ipak yoʻli» Osiyo va Ovropa xalqlarini birlashtirishning ahamiyatli va samarali usuli hisoblanib kelgan. Xuddi shu yoʻl boʻylab tovarlar, bilimlar, texnologiyalar, madaniyatlar almashuvi amalga oshirilgan, natijada shaharlarning, davlatlarning rivojlanishiga koʻmaklashib kelgan. Hattoki, hozirgi vaqtda bu yoʻl insoniyat uchun global ahamiyatga ega boʻlganligini baholash qiyin. Ammo, oʻzining faoliyatini tugatgandan keyin ham unga qiziqish yoʻqolib ketmadi. Ayniqsa, transport va axborot aloqalarining, sanoat ishlab chiqarishning, tovar va xizmatlarning savdosini hamda, Osiyo va Ovropa mintaqalarining integratsiya jarayonlariga faol qatnashuvi «Buyuk Ipak yoʻli»ning «ikkinchi nafasi»ni olganini koʻrish mumkin. «Buyuk Ipak yoʻli»da xalqaro turizmni rivojlantirishning bir koʻrinishi boʻlib, janubiy – sharqiy Osiyoni Ovropa bilan bogʻlab turadigan global Transosiyo transport liniyasini shakllantirish hisoblanadi. U oʻz ichiga Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Kavkaz davlatlari, Gʻarbiy Osiyo (Pokiston, Eron) davlatlari va albatta Ovropa davlatlarini qamrab oladi. E’tiborga olish kerakki TRASEKA loyiha doirasida «Delfin» izlanishi oʻtmoqda. Bu izlanishning mazmuni karvon – saroylarni tashkil qilishning texnik – iqtisodiy asoslanishi, ekspertlarning fikriga koʻra, bu «Buyuk ipak yoʻli»ning rivojlanishiga va xalqaro hamkorlikning samarali natija berishiga yordam beradi, chunki Oʻzbekiston va Turkmanistonning asosiy yoʻnalishlarida yoqilgʻi stantsiyalari, turar joylar, ovqatlanish punktlari va telekommunikatsiya zonalarining qurilishi yangi turistik zonalarning shakllanishiga hamda turistik avtotransportning paydo boʻlishiga olib keldi. Butunjahon Turistik Tashkiloti ekspertlari «Buyuk Ipak yoʻli da qatnashishiga qarab, qatnashuvchi davlatni 3 qismga ajratgan. Birinchi qismga oʻziga xos turizm milliy modelini shakllantira boshlagan Oʻrta Osiyo va Kavkaz davlatlari kirgan. Bu yoʻnalishda Butunjahon Turistik Tashkiloti asosiy masala qilib, turgʻun rivojlanish dasturini tuzishda, turistik tarmoqqa investitsiyani jalb qilishda, qonunchilikni ishlab chiqishda va kadrlarni tayyorlashda koʻmaklashishi hisoblanadi. Ikkinchi qismga «Buyuk Ipak yoʻli» ob’yektlarini oʻz ichiga olgan va turistik mahsuloti bilan aniq tajribaga ega boʻlgan davlatlar kiradi. Bular Xitoy, Pokiston, Hindiston, Eron, Gretsiya va Turkiyalardir. BTT ning ekspertlari fikriga koʻra bu yerda xalqaro tashkilot «Buyuk Ipak yoʻli» nomli turistik mahsulotning sotilishini ragʻbatlantirishi mumkin. Uchinchi qism esa, qadimgi aloqanlaring oxirgi nuqtalarini oʻz oʻichiga qamrab oladi. Bularga bir tomondan Yaponiya, Koreya, ASEAN davlatlari kiradi. Bu yerda Butunjahon Turistik Tashkilotining vazifasi «Buyuk Ipak yoʻli»ni targʻibot qilish deb hisoblanadi, chunki bu davlatlar nafaqat katta turistik oqimni ta’minlaydi, balki mazkur yoʻl boʻylab turizm uchun yetakchi bozorlar hisoblanadi. «Buyuk Ipak yoʻli» turistik mahsulot mavqeining koʻtarilishi uchun albatta fundamental asos boʻlishi kerak. Uni sotish uchun barcha davlatlarning faol hamkorligi kerak. Chunki xususiy sektor va davlat sektori, xalqaro va milliy tashkilotlar, alohida turoperatorlar va mehmonxona komplekslari munosabatlarisiz amalga oshirib boʻlmaydi. Butunjahon Turistik Tashkilotining «Buyuk Ipak yoʻli» loyiha boʻyicha yigʻilishi 1996-yilda Xitoyda boʻlib oʻtdi, bunda mahsulotning marketingiga oid masalalar koʻrib chiqildi. «Buyuk Ipak yoʻli»da turizm boʻyicha ikkinchi anjuman ham ahamiyatli boʻlib oʻtdi. Ekspertlar fikriga koʻra bu yerda «Buyuk Ipak yoʻli»ning asosiy turistik resurslari: diqqatga sazovor joylar, madaniy va tarixiy ob’yektlar, joylashtirish vositalari, transport va axborot markazlari shakllandi. Bu tadbirlardan keyin ushbu loyiha rivojlana boshladi. Ammo, hamma muammolar yetarlicha yechilmagan edi, shuning uchun ham 1997-yil aprel oyida Tehronda «Buyuk Ipak yoʻli» boʻyicha ikkinchi xalqaro yiq‘ilish boʻlib oʻtdi. Bunda quyidagi masalalar shakllandi: «Buyuk Ipak yoʻli» mintaqalarini xalqaro targʻibot qilish, bu turistik ma’lumotni reklama qilish uchun global axborot kommunikatsiya tarmoqlaridan (xususan Internet) foydalanish. 1994-yildan boshlab Butunjahon Turistik Tashkiloti «Buyuk Ipak yoʻli» loyihani barcha yirik xalqaro yarmarkalarda: Berlinda TTV, Londanda WTM va Madridda FJTUR faol targʻibot qila boshladi. Butunjahon Turistik Tashkilotining bashoratlariga koʻra, 2020-yilga kelib dunyoning asosiy turistik yoʻnalishlari boʻlib Xitoy hisoblanadi. Bu davlat hozirgi kunda 22 mln. Turist qabul qila olishligi bilan oltinchi oʻrinni egallaydi va oʻrtacha yillik 8 % oʻsish bilan Xitoyga keladigan turistlarning soni 137 mln.ga, Gonkongga esa 59 mln. Kishiga yetib, birinchi oʻrinni egallaydi. Bundan kelib chiqib, «Buyuk Ipak yoʻli» loyihaga ishtirokchilarning oldida turistik mahsulotni shakllantirishda bu davlatlarni hisobga olish masalasi turibdi, masalan, Germaniya – Oʻzbekiston – Xitoy, Fransiya – Oʻzbekiston – Gonkong va boshqalar. Turistlarning yillik xarajatlari 5 mlrd. Dollarga yetishini hisobga olsa, Oʻzbekiston ham bu valyutaning ayrim qismini shaklllantirishga va oʻzlashtirishga yetarli imkoniyati bor. Chunki «Buyuk Ipak yoʻli» boʻylab Xitoyga sayohat qiluvchi turistlarning asosiy qismi respublikamiz orqali harakat qiladi. Bu degani xorijiy turistlarning mamlakatimizdagi turistik ob’yektlardan va transport vositalaridan foydalanganliklari uchun ma’lum bir valyutaning davlat budjetiga tushishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham xorijiy turistlar uchun «Buyuk Ipak yoʻli» boʻylab transport (tranzit) yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim. Bu masalada madaniy va bilim qabul qilishga qaratilgan turizm eng katta qiziqish tugʻdiradi. Masalan, 2008-yilda Oʻzbekistonga 915 ming tashrif qiluvchilar keldi, bulardan 5,6 % turistik maqsadlar bilan, 74,4 % xususiy viza boʻyicha, qolgan 20 % boshqa turli xil maqsadlarda sayohat qilganlar. Koʻpchilik tashrif qiluvchilarni davlatning tarixi, madaniyati va diniy obidalari qiziqtirgan. Oʻzbekiston hayotida boʻlib oʻtayotgan madaniy tadbirlar, masalan, allomalarning va shaharlarning tantanalari nafaqat musulmon davlatlari, balki Yevropa va boshqa davlatlarida keng targʻib qilinib, «Buyuk Ipak yoʻli»ni va taklif qilinayotgan mahsulotni yangi ahamiyatga koʻtardi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling