Turizim sohasini rivojlantirish


Bozor iqtisodiyoti sharoitida turistik biznesni amalga oshirishni tashkil qilish


Download 1.07 Mb.
bet8/9
Sana07.05.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1439792
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
TURIZIM SOHASINI RIVOJLANTIRISH

2.4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turistik biznesni amalga oshirishni tashkil qilish
Turizm sohasi bozor tizimidagi boshqa har qanday iqtisodiyot tarmogʻi kabi alohida segment hisoblanadi. Shuning uchun ham turizm faoliyatini talab va taklif omillarining oʻzaro bogʻliq tizim sifatida koʻrib chiqish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’umki, talab va taklif omillari bozor munosabatlari sharoitida xususiy mulkchilik munosabatlarini har jihatdan rivojlanishini belgilab beruvchi asosiy tayanch hisoblanishadi. Har qanday mamlakatdagi turistik xizmatlar bozorida xususiy turistik firmalar mavjud talab va ehtiyojlarni atroflicha hisobga olmay turib, oʻz xizmatlari taklifini kutilganidek amalga oshirisha olmaydi. Koʻrinib turganidek, xususiy turistik firmalar bozordagi talab va taklif omillarini toʻliq hisobga olgan holda harakat qilganda, ularning respublika turizm iqtisodiyotiga ijobiy ta’siri boʻlishi mumkin. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, biz xususiy turistik firmalarning turizm iqtisodiyotini rivojlantirishda tutgan oʻrni toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtishdan oldin talab va taklif omillari xususida ayrim fikr va mulohazalarimizni bildirib oʻtmoqchimiz.
Talab omillari oʻzida asosan xalqaro (hududiy) va ichki (milliy) turistik bozorlarni namoyon etadi. Bunday bozorlarda chet ellik sayyohlar bilan birgalikda mahalliy aholi ham turistik diqqatga sazovor joylar, ob’yektlar va turistik xizmatlardan keng miqyosda foydalanishadi. Taklif omillari boʻlsa oʻz ichiga chet ellik sayyohlarni jalb etishi mumkin boʻlgan turistik diqqatga sazovorliklar va turli xil faoliyat turlari (milliy hunarmandchilik, musiqa va mahalliy xalq urf-odatlari-yu marosimlari), mamlakatga tashrif buyurgan sayyohlarni joylashtirish vositalari, shuningdek boshqa turistik ob’yektlar va xizmatlarni oladi. Shu oʻrinda shuni ta’kidlab oʻtish joizki, turizm sohasidagi ekspert mutaxassislarning ta’kidlashlaricha diqqatga sazovorliklar deganda tematik xiyobonlar, hayvonot bogʻlari, botanika bogʻlar va akvariumlar kabi tabiiy, madaniy va maxsus ob’yektlar, shuningdek ushbu ob’yektlar bilan bogʻliq boʻlgan barcha faoliyat turlari tushuniladi. Xalqaro turizm tashkiloti (XTT) tasnifiga muvofiq ravishda tashrif buyurgan sayyohlarni joylashtirish vositalariga turli xil shakldagi mehmonxonalar, motellar, mehmonxona tipidagi uylar, shaxsiy xonadonlar va boshqa turdagi turistlar toʻxtaydigan ob’yektlar tegishli boʻladi.
Umuman olganda barcha turistik xizmatlar va ob’yektlardan samarali foydalanish uchun zamon talablariga toʻliq javob bera oladigan turizm infratuzilmasini shakllantirish talab etiladi. Bunday infratuzilma oʻz ichiga transport (havo transporti, avtomobil yoʻllari transporti, temir yoʻl transporti, suv transporti va boshqalar) xizmatini, suv va elektr ta’minoti, kanalizatsiya va telekommunikatsiya kabi sohalarni qamrab olishi kerak. Hozirgi kunga kelib, dunyodagi koʻplab mamlakatlar oʻzlarining turizmni rivojlantirish boʻyicha strategiyalarida sanitar-ekologik omilga ham infratuzilma rivojini ta’minlovchi omil sifatida baho berishmoqda. Chunki, zamonaviy turizmni atrof-muhitning muhofazalanishi va ekologik tozaliksiz tasavvur etish qiyin. Ana shunday jihatlarga ega infratuzilmaning jahon andozalariga mos ravishda rivojlanishi, ya’ni turistlarga imkon qadar sifatli xizmat koʻrsatishning tashkil etilishi har jihatdan xususiy firmalarning samarali faoliyat koʻrsatishiga bogʻliq boʻladi. Ekspert mutaxassislarning baholashlaricha barcha talab va taklif omillari turistik mahsulotni shakllantiradi. 4-jadvaldan koʻrinib turganidek, xalqaro turizm talabi, ya’ni Oʻzbekiston boʻyicha sayohat qiluvchi chet ellik sayyohlarning talabi umumiy turistik mahsulotning beshdan bir qismini tashkil etsa, ichki talab, ya’ni mamlakatimiz boʻyicha sayohat qiluvchi mahalliy turistlar uchdan bir qismidan koʻprogʻini tashkil etadi. Turistik mahsulotning qolgan qismi turli xil diqqatga sazovor vositalar va turizm ob’yektlari joylashgan hududlarda istiqomat qiluvchi mahalliy aholi tomonidan iste’mol qilinadi. Koʻrinib turganidek, mamlakatimiz turizmi chet ellik sayyohlarning ehtiyojlarini qondirishga qaraganda mahalliy iqtisodiyotining ichki ehtiyojlarini qondirishga nisbatan koʻproq yoʻnaltirilgan.
Taklif omillari xususida toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak, turistik mahsulotning uchdan bir qismini mamlakatimizga chet ellik va mahalliy turistlarni jalb etadigan diqqatga sazovor joylarni tashkil etadi. Mamlakatimizdagi tarixiy obidalar, viloyatlardagi turli xil milliy madaniyat sarchashmalari, tabiiy boyliklarimiz va boshqa shu kabilar turistlarni mamlakatimizga qiziqtiruvchi asosiy motivatsiya omil sifatida e’tirof etiladi. Mamlakatimizga tashrif buyurgan sayyohlarni joylashtirish vositalari, transport xizmati hamda turizm infratuzilmasining boshqa turistik ob’yektlari va elementlari Oʻzbek turistik mahsulotidagi barcha taklif omillarning ikkidan bir qismini tashkil etadi.
Hududlar iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi koʻpincha ijtimoiy soha va turizm tarmogʻining rivojlanishi bilan belgilanadi. Shunga koʻra, hozirgi vaqtda turizm milliy iqtisodiyotlarning yetakchi tarmogʻi sifatida muayyan mamlakatlarning barqaror rivojlanishida oʻzining ahamiyatli ulushiga ega. Turizm sohasi inson salohiyati rivojlanishining muhim omili boʻlib bormoqda. Shunday ekan, bu muayyan mamlakat yoki hududda yangi ish oʻrinlarining yaratilishi, qoʻshimcha investitsiyalarning jalb qilinishi, soliq tushumlarining oshishi, madaniy, tarixiy va tabiiy boyliklarni saqlash hamda oqilona foydalanishda oʻz aksini topmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnoma- sida «Turizmni rivojlantirish boʻyicha 2021 yilda ham izchil islohotlarni davom ettiramiz. Ayniqsa, ziyorat turizmi va ichki turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. Shuningdek, turizm ob’ektlari atrofidagi yer maydonlari, suv va yoʻl infratuzilmalarini yaxshilash uchun budjetdan 1 trillion soʻm ajratiladi» deb deb ta’kidlanishi muhim yoʻnalish sifatida belgilab berilgan. Bu esa hududiy turizm infratuzilmasi tarkibiy qism elementlari va funksiyalarini ilmiy-uslubiy va amaliy jihatlarini tadqiq etgan holda, uning rivojlanish yoʻnalishlari boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishni zarurat etadi.
Oʻzbekistonda turistik xizmatlar bozori infratuzilmasining tashkiliy-iqtisodiy va tashkiliy boshqaruv tuzilmalari quyidagilardan iborat. Milliy darajada davlat boshqaruv tuzilmalari:
-Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi: ushbu qoʻmita davlatning sub’ekti sifatida turistik xizmatlar bozoridagi siyosatni amalga oshiradi; -Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi; -Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazir – ligi va Bojxona qoʻmitasi: xorijiy turist-larni kirib kelishining viza tartibini nazorat qiladi;
-davlat oʻquv muassasalari: turizm sohasida kadrlarni oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Milliy darajada jamoat tashkilotlari: Sotsial turizm assotsiatsiyasi sayyohlarning barcha toifalarini qamrab olish va ular uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadida tashkil qilingan. Mazkur assotsiatsiya Oʻzbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga hissa qoʻshish istagidagi jismoniy shaxslarni birlashtirish va ularning sa’y-harakatlarini sotsial turizmni rivojlantirishga yoʻnaltirish, jumladan bolalar, yoshlar, keksalar, shuningdek, nogironligi boʻlgan fuqarolarning sayohatlarini tashkil etishga koʻmaklashadi. Shu bilan birga, inklyuziv turizmni rivojlantirish borasida xorijiy turdosh uyushmalar bilan hamkorlik aloqalarni oʻrnatadi.
Turizm dasturlarini rivojlantirishda qoyilmalar muhim ahamiyatga ega. 2-jadvalda Oʻzbekiston Respublikasida 2010- 2019 yillarda turizm sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmi keltirilgan boʻlib, 2019 yilda ushbu koʻrsatkichning hajmi 1741,6 mlrd. Soʻmni tashkil etgan holda 2010 yilga nisbatan 4,8 martaga oshgan. Shuningdek, sohada investitsiyalar- ning yalpi investitsiyalardagi ulushi 2010 yilda
2,3 %ni, 2019 yilda esa – 0,9 %ni tashkil etgan. Turizm infratuzilmasining rivojla- nishi hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatiga toʻgʻridan-toʻgʻri ta’sir koʻrsatadi. Turizmning rivojlanishini ushbu sohada tadbirkorlikni rivojlantirmasdan amalga oshi rib boʻlmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmi Yillar Turizm sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmi, mlrd. Soʻm Bazis yiliga nisbatan oʻsishi, % Sohada investitsiyalarning yalpi investitsiyalardagi ulushi, %


2010 357,8 100,0 2,3
2011 421,2 117,7 2,3
2012 514,7 143,9 2,3
2013 606,3 169,5 2,1
2014 731,4 2,0 marta 2,1
2015 851,4 2,4 marta 2,1
2016 1052,1 2,9 marta 2,2
2017 1428,3 4,0 marta 2,1
2018 1956,1 5,5 marta 1,8
2019 1741,6 4,8 marta 0,9
Dastlab turizmning rivojlanishi uchun – turizm infratuzilmasi ob’ektlarini qurish zarur, yoki istiqbolli boʻlgan hududni infratuzilma bilan ta’minlash, undan keyin esa u yerga turistlarni jalb qilish zarur. Albatta bu masala koʻpincha munozarali boʻladi. Sohada tadbirkorlik dastlab ikki asosiy jihatni – baholashni zarurat etadigan innovatsiya va riskni e’tiborga olishi kerak. Avvalambor infratuzilmaga yoʻnaltirilgan kapital quyilmalar bilan bogʻliq muammolarni hal qilish hamda uning rivojlanish darajasi va boʻlishi mumkin boʻlgan risk sur’atini baholash zarur
Turizm dasturlari samaradorligini oshishi quyidagi holatlar bilan belgilanadi: Turistik korxona moliyaviy natijalarining erishilgan darajasi ushbu koʻrsatkich boʻyicha
Raqobatchilarning erishgan darajasidan yuqori boʻlishini ta’minlash zarur. Kelgusida turistik korxonaning barqaror rivojlanishi uchun uning moliyaviy natijalarini oʻsishi raqobatchilar erishgan natijalardan yuqori boʻlishini ta’minlash zarur.


Xulosa
Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar oʻzining ijobiy natijalarini berib kelmoqda. Biroq, murakkab oʻtish davri bilan bogʻliq talaygina muammolar tufayli bu sohada ham ayrim kamchiliklar mavjud boʻlib, mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga oʻtish yoʻlini tanlagach, boshqa sohalardagi boʻlgani kabi turizm sohasida ham dunyo tajribasida erishilgan ijobiy natijalardan andoza sifatida foydalanish orqali rivojlanish yoʻlidan bormoqda. Biroq, bozor iqtisodiyotiiga endi qadam qoʻyayotgan yosh mamlakatlardan biri boʻlganligimiz tufayli yuqorida keltirilgan tasnifdagi hamma qismlar boʻyicha xususiy firmalarning faoliyat koʻrsatish darajasi yuqori saviyaga olib chiqishimiz lozim. Chunki hukumatimiz tomonidan turizm sohasini rivojlantirish uchun barcha shart sharoitlar yaratilib berilmoqda.Hozirgi kunda, dunyo mamlakatlarida xalqaro turizmning rivojlanishida turistik korxonalarning ijtimiy-iqtisodiy ahamiyatini oshirishga juda katta e’tibor berilmoqda. Dunyodagi toʻrtta ustuvor sohalardan biriga aylangan turizm sohasiga ham imkon qadar aholining keng qatlamini faol hissa qoʻchishlarini, ya’ni ularni turli xil turistik xizmatlarni tashkil qilishda keng miqyosda ishtirok etishlarini va buning natijasida mamlakatlarning ham ijtimoiy ham iqtisodiy jihatdan manfaatdorliklarini oshirishlarini ta’minlashda xususiy turistik korxona va tashkilotlarning oʻrni benihoya kattadir.
Hozirgi kunda, respublikamizda 60 mingga yaqin turli mulkchilik shakllaridagi kichik korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. Bu korxonalardan 96,1 % shaxsiy mulkchilik koʻrinishidagi korxonalardir. Kichik korxonalar hissasiga jami mahsulot, ish va xizmatlarning 96 % toʻgʻri keladi. Ma’lumotlardan koʻrinib turganidek, Oʻzbekiston Respublikasida xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirishga davlat tomonidan katta ahamiyat berilmoqda. Boshqa sohalarda boʻlgani kabi turizmni rivojlantirishda ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan xususiy turistik korxonalarni shartli ravishda ikki xilga ajratish mumkin: bevosita turistlarni qabul qilish, ularning sayohatlarini tashkil etish bilan shugʻullanadigan firmalar hamda turizmni rivojlantirishga bilvosita ta’sir koʻrsatuvchi kichik va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari. Birinchi toifaga kichik turistik firmalar, shaxsiy mehmonxonalar, kempinglar, transport korxonalari, restoranlar kabilar kirsa, ikkinchi toifaga an’anaviy-milliy xarakterdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradigan mahalliy kichik va xususiy korxonalar, hunarmandchilik korxonalari va shu kabilarni kiritish mumkin.
Ma’lumki, mamlakatga tashrif buyuradigan turistlar oddiy taomdan boshlab qimmatbaho suvenirlargacha boʻlgan mahsulot va xizmatlarning ma’lum miqdoriga talab bildirishadi. Bu tabiiy ravishda, mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan kichik va xususiy biznes korxonalariga oʻz imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun yoʻl ochadi. Fermerlar turistlar istiqomat qiladigan mehmonxonalarda toza mahsulotlarni yetishtirib turishadi, toʻqimachilik va tikuvchilik sanoatida faoliyat koʻrsatadigan kichik va xususiy korxonalar turistlar uchun zarur boʻlgan yotoqxona jihozlari, xalatlar va boshqa shu kabilarni ishlab chiqishadi, kosmetika sanoati korxonalari shampun, sovun va dezodorantlarni ishlab chiqarishadi. Hunarmandchilik ustaxonalari va an’anaviy milliy mahsulotlarni ishlab chiqaradigan korxonalar ham turistlar uchun buyurtmalar tayyorlashadi. Umuman olganda, hozirgi kunda respublika turizm sanoatida xususiy turistik korxonalarning faoliyat koʻrsatishi sezilarli darajada emas. Buning asosiy sabablari quyida oʻz ifodasini topgan:
Birinchidan, respublikada turizm sohasida faoliyat koʻrsatayotgan ayrim kompaniyalarning monopollashganlik xarakteriga ega ekanligi. Ma’lum bir sabablarga koʻra, ushbu kompaniyalar tarkibidagi ob’yektlarning xususiylashtirilish jarayoni ancha sust amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, yangi tashkil qilinayotgan kichik turistik firmalarning ayrimlari ham yirik turistik kompaniyalarda mavjud imkoniyatlarning koʻpchiligiga ega emas;
Ikkinchidan, turizm sohasida yuqori malakali kadrlarning yetishmasligi oqibatida yangidan-yangi kichik turistik firmalarning tashkil etilishi va samarali faoliyat koʻrsatishi ancha dolzarb muammoga aylanmoqda;
Uchinchidan, respublika viloyatlari va tumanlarining koʻpchiligida mahalliy vakillik organlarida faoliyat koʻrsatayotgan amaldorlarning turizmni iqtisodiyotiga qoʻshadigan hissasini toʻgʻri baholay olmasligi natijasida va ularning ishga eskicha tafakkurda yondashishlari turistik firmalarning tashkil etilishi, shuningdek, turizm bozoriga bilvosita ta’sir koʻrsatadigan kichik va xususiy biznes bilan shugʻullanuvchi turistik korxonalarning ochilishiga beparvolik bilan qaralmoqda;
Toʻrtinchidan, yangi tashkil etilgan turistik firmalar tor faoliyat doirasi bilan cheklanib qolmoqda. Bundan tashqari ular “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi uchun an’anaviy hisoblangan ayrim xizmat turlaridan tashqariga oʻtishmayapti. Buning natijasida, bu firmalarning xorijiy turistlar tomonidan qiziqish bilan e’tirof etilishiga yetarlicha imkon yaratilmayapti.
Agarda turistik firmalar noan’anaviy xizmat turlari, masalan, mamlakatimizning goʻzal va serjilo tabiatiga oʻzaro ajoyib sayohatlarni uyushtirish, turistlar uchun mahalliy qishloqlar va ovullarda xalq milliy urf-odatlari bilan tanishtirish ekskursiyalarini tashkil etish, shuningdek, turistlar uchun milliy ruhdagi konsert va tomoshalarni uyushtirish kabi xizmat turlarini tashkil etishsa ular oʻz oldilariga qoʻygan maqsadlariga erishishlari mumkin.

Beshinchidan, mahalliy hunarmandchilik mahsulotlarini, milliy ruhdagi kiyim-kechaklarni, milliy taomlarni va boshqa shu kabilarni ishlab chiqarish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.


Yuqorida ta’kidlab oʻtganimizdek, xususiy turistik firmalar turizm xizmatlar bozorini jadal sur’atlarda va sifatli rivojlanishi uchun nihoyatda muhim ahamiyatga egadir. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga mos turizm infratuzilmasi endi rivojlanayotganligi bois xususiy turistik firmalarning deyarli barchasi kichik tadbirkorlik sub’yektlari hisoblanadi. Xorijiy mutaxassislarning baholashlariga koʻra, Oʻzbekistonda hukm surayotgan osoyishtalik, yurtimizning osori atiqalari, qadimiy madaniy yodgorliklari va goʻzal tabiati mamlakatga har yili 2-2.5 mlngacha boʻlgan turistlarni tashrif buyurishi uchun imkon yaratadi. Buning uchun bunday katta hajmdagi turistlar oqimini qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlgan xususiy mulk shaklidagi otellar, kempinglar, mehmonxonalar, turistik bazalar tizimi va boshqa shu kabilarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling