Turizm sohasida joylashtirish xizmatlari


Mehmonxonalarning turlari va tasnifi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana25.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1119706
1   2   3   4   5
Bog'liq
TURIZM SOHASIDA JOYLASHTIRISH

2. Mehmonxonalarning turlari va tasnifi 
Mijozlar ehtiyojidan kelib chiqib, mehmonxonalar har xil funksional 
vazifalami bajaradi va ularga har xil talablar qo‗yiladi. Bunday mehmonxonalarda 
mijozlar bilan ishlash ular bo‗ysunuvchi idoralar rahbariyati tomonidan 
tasdiqlangan mehmonxona xizmatlari ko‗rsatish qoidalariga asosan amalga 
oshiriladi. Mazkur mehmonxonalarda amal qiluvchi qoidalaming birorta ham bandi 
0 ‗zbekiston Respublikasining mehmonxona biznesini tashkil etish bo‗yicha qonun 
hujjatlariga zid boimasligi kerak. 
Funksional vazifasiga qarab mehmonxonalar quyidagi guruhlarga ajratiladi; 


- ishbilarmonlar uchun - umumiy tipda, idoraviy, yigilishlar, kengashlar va h.k. 
uchun; 
- dam olish uchun mehmonxonalar - turistik, kurort mehmonxonalari, 
avtoturistlar uchun, motellar, kempinglar; 
- mehmonxonalarning maxsus turlari - tranzit yoiovchilar, sportchilar va 
boshqalar uchun quriladi. 
Umumiy tipdagi mehmonxonalarning nomerlar fondi asosan bir, ikki o‗rinli 
va ko‗pincha uch o‗rinli nomerlardan tashkil topadi. Bu nomerlarda, qoida 
tariqasida, ishlash uchun joy mavjud boladi. Mehmonxonalarda aloqa bolimi, 
ayrim hollarda - bank bolimi ishlab turadi, muzokara va yigilishlar o‗tkazish uchun 
alohida joylar nazarda tutiladi. 
Hozirda jahonda ma‘lum bo‗lgan 30 dan ortiq tasniflash tizimlari zamirida 
shinamlik darajasi yotadi. Ular orasida quyidagi tasniflash tizimlari ayniqsa, keng 
tarqalgan: 
• Yevropa tasniflash tizimi yoki «yulduzlar» tizimi. Fransiya milliy tasniflash 
tizimi asosida tuzilgan. Uning zamirida mehmonxonalami 1 dan 5 yulduzgacha 
bo‗lgan toifalarga ajratish yotadi. Bunday tizim Fransiya, Avstraliya, Vengriya
Misr, Rossiyada va boshqa bir qancha mamlakatlarda qo‗llanadi; 
• harflar tizimi (А, В, C, D). Gretsiyada qo‗llanadi; 
• «tojlar» tizimi. Buyuk Britaniyada amal qiladi; 
• hind tizimi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda mehmonxonalami tasniflashning hind tizimi 
ayniqsa, keng tarqalgan. Bu tizim ham mehmonxonalami besh toifaga: «bir 
yulduzli», «ikki yulduzli», «uch yulduzli», «to‗rt yulduzli», «besh yulduzli» 
toifalarga ajratishni nazarda tutadi. Bu toifalami maxsus komissiya ballar bo‗yicha 
baholash asosida belgilaydi. Misol: «1 yulduz» toifasi: bu toifaga mansub 
mehmonxona yaxshi hududda, mehmonxona uchun yaroqli binoda joylashgan 
bolishi kerak (maksimal balio 15 ball); mijozlar bilan aloqa qiluvchi xodimlar 
ingliz tilini ish uchun zarur hajmda bilishi kerak (maksimal baho 5 ball) va h.k. «2 
yulduz» toifasini olish uchun 150 ball, «3 yulduz» uchun - 210 ball, «4 yulduz» 
uchun - 250 ball, «5 yulduz» uchun - 290 ball to‗plash kerak. Har bir davlatda 
mehmonxonalami tasniflash mezoni – shinamlik darajasi har xil tushuniladi, 
shuningdek, davlatlaming madaniytarixiy va milliy an‘analari bilan belgilangan bir 
qancha omillar jahonda mehmonxonalarning yagona tasnifini joriy etishga 
mone‘lik qiladi. Butunjahon turizm tashkiloti (BTT), Yevropa hamjamiyati, 
Mehmonxona va restoran sanoati qo‗mitasi, Xalqaro mehmonxonalar 


uyushmasining bu yo‗nalishdagi faoliyati hozircha samara bermayapti. BTT faqat 
joylashtirish vositalarining standart tasnifini taklif etgan. Bu tasnifda 
mehmonxonalar va shunga o'xshash korxonalar to‗rt katta guruhdan biriga 
kiritiladi. Jahon amaliyotida bir mamlakat doirasida bir nechta tasniflash tizimlari 
amal qiladi.
Masalan, Buyuk Britaniyada «tojlar» tizimi bilan bir qatorda, Britaniya 
turistik agentliklar uyushmasi — «Britich Travel Authority» (BTA) tomonidan 
taklif qilingan tasniflash tizimitiladi. qoilaniladl. Buyuk Britaniyada amal qiluvchi 
«tojiar» tizimini «yulduzlar» tizimi bilan uyg‗unlashtirish uchun «tojlar»ning 
umumiy miqdoridan bitta «yulduz»ni ayirish kerak (masalan, to‗rt «tojli» daraja 
uch «yulduzli» darajaga teng). Yuqorida ko‗rib chiqilgan Britaniya agentliklari 
uyushmasi tomonidan taklif qilingan mehmonxonalami tasniflash tizimi ham 
shunday muvofiqlikni nazarda tutadi: 
- budjet mehmonxonalari - «1 yulduz»; 
- turistik toifa mehmonxonalari - «2 yulduz»; 
- o‗rtacha toifa mehmonxonalar - «3 yulduz»; 
- birinchi toifa mehmonxonalari - «4 yulduz»; 
- oliy toifa mehmonxonalari - «5 yulduz». 
Jahonda mehmonxonalami Fransiya milliy tasniflash tizimida daraja lash 
keng tarqalgan. Bu tizim turistik mehmonxonalami 6 toifaga ajratadi. Shulardan 
besh toifa mehmonxonalarga ma‘lum miqdorda yulduzlar berishni nazarda tutadi 
(«1 yulduzli», «2 yulduzli», «3 yulduzli», «4 yulduzli» yoki «5 yulduzli» 
mehmonxonalar). Bir toifa - yulduzsiz. Bunday tizim mehmonxona xizmatlari 
bozorini ancha to‗liq qamrab olish imkonini beradi. Minimal talab-mezonlarga 
javob bermaydigan mehmonxona toifa olishga da‘vogar bo‗la olmaydi. Bunday 
talab-mezonlar quyidagi guruhlarga birlashtirilgan: 
A - xonalar miqdori; 
В - umumiy binolar va xonalar; 
С - mehmonxonaning jihozlanishi; 
D - yashash joyining shinamligi; 
E - xizmat ko‗rsatish;
F — nogironlar hamda harakatlanishi cheklangan shaxslarga yaratilgan qulayliklar. 


Germaniya tasniflash tizimiga ko‗ra, mehmonxona korxonalari besh toifaga 
ajratiladi. Bu tizimni Yevropa tizimi bilan uyg‗unlashtirish maqsadida bu yerda har 
bir toifa ma‘lum yulduzlar miqdoriga mos kelishi nazarda tutiladi: 
• turistik toifa —«1 yulduz»; 
• standart toifa — «2 yulduz»; 
• komfortli toifa — «3 yulduz»; 
• birinchi toifa - «4 yulduz»; 
• lyuks - «5 yulduz». 
Boshqa tasniflash tizimlari ham o‗zming «yiildiizlar» tizimiga muvofiqligini 
belgilashga harakat qiladi. Masalan, Gretsiyada A toifa mehmonxonalari «to‗rt 
yulduzli» darajaga, V toifa mehmonxonalari «uch yulduzli» darajaga, S toifa 
mehmonxonalari «ikki yulduzli » darajaga, D toifa mehmonxonalari «bir yulduzli» 
darajaga mos keladi. Italiyada birinchi toifa mehmonxonalar shartli ravishda «to‗rt 
yulduzli» darajaga, ikkinchi toifa mehmonxonalar uch yulduzli darajaga, uchinchi 
toifa mehmonxonalar «ikki yulduzli» darajaga mos keladi. Gernianiya tasniflash 
tizimining o‗ziga xos jihati shundan iboratki, unda pansionlar, karvonsaroylar, 
«garni» otellar singari mehmonxona korxonalari uchun ham toifalar nazarda 
tutilgan. Bunday turdagi mehmonxona korxonalariga tegishli toifalami belgilashda 
«restoran», «ovqatlanish servisi» kabi majburiy talablar nazarda tutilmaydi, 
qo‗shimcha talablaming zarur miqdori esa ancha kam: ' ' 
- birinchi toifa uchun - 90; 
- komfortli toifa uchun - 50; 
- standart toifa uchun - 15. 
Bundan tashqari, mazkur korxonalarga ko‗pi bilan birinchi toifa («4 yulduz») 
berilishi mumkin. 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling