Turizm sohasida joylashtirish xizmatlari


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana25.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1119706
  1   2   3   4   5
Bog'liq
TURIZM SOHASIDA JOYLASHTIRISH



TURIZM SOHASIDA JOYLASHTIRISH XIZMATLARI 
Reja: 
1. Turizm sohasida joylashtirish vositalari va xizmatlari. 
2. Mehmonxonalaming turlari va tasnifi. 
Tayanch so‘z va iboralar: mehmonxona, mehmonxona industriyasi, 
joylashtirish xizmati, ovqatlantirish xizmati, mehmonxona tiplari, Yevropa 
tasniflash tizimi, Fransiya milliy tasniflash tizimi, hind tasniflash tizimi, 
Germaniya tasniflash tizimi. 
1. Turizm sohasida joylashtirish vositalari va xizmatlari 
Mehmonxona xo‗jaligi insoniyat tarixidagi har qanday ijtimoiy formatsiyaga 
xos bo‗lgan, mehmonni hurmat qilish, uni qabul qilib olish va xizmat ko‗rsatish 
tantanalari kabi eng qadimgi an‘analaridan kelib chiqadi. Mehmonxona xizmatlari 
turizm sohasining eng muhim tarkibiy qisimlaridan biri hisoblanadi. Mehmonxona 
biznesida ko‗rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, bu borada mavjud xorijiy 
tajribani, ularning rivojlanish tendensiyasini o‗rganish zamon talabi bo‘lib 
qolmoqda. 
Mehmonxona - kecha-yu kunduz, uch smenada, yigirma to‗rt soat davomida 
murakkab texnologik jarayonlar sodir etiladigan korxona bo‗lib, unda taklif 
etiladigan xizmatlar turistlar uchun avvalo, qulay va xavfsiz bo‗lishi kerak. 
Mehmonxona individual va jamoaviy joylashtirish vositasi sifatida jihozlangan 
aniq nomerlar soniga hamda kategoriyasiga qarab xizmatlar yig‗indisini taklif 
qiluvchi 
korxona 
hisoblanadi. 
0‗zbekistonda 
mehmonxona biznesining 
rivojlanishidagi asosiy o‗zgarishlar sifatida mehmonxona ixtisoslashuvining 
chuqurlashuvi, xalqaro mehmonxona tarmoqlarining tashkil topishi, mehmonxona 
biznesiga zamonaviy kompyuter texnologiyalarining kirib kelishi va ulardan 
samarali foydalanishning yo‗lga qo‗yilganligi kabi bir qator omillami keltirib 
o‗tish mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda mehmonxona biznesi bilan 
shug‗ullanadigan tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilgan. Sohani 
rivojlantirishga qaratilgan qonun osti hujjatlari ishlab chiqilgan va bu ish hozirda 
ham davom ettirilmoqda. 0‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-
yil 2-mart ―Toshkent shahrida xalqaro klassdagi 4 yulduzli mehmonxona qurilishi 
samaradorligini oshirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖
gi, 2002-
yil 2-sentabr ―0 ‗zbekiston Respublikasida mehmonxona biznesi va xalqaro 
turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qarorlari shular 
jumlasidandir. 0 ‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-


martdagi 60-sonli 
≪Turizm faoliyatini amalga oshirish va litsenziyalash tartibini 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
≫gi qabul qilingan Qarori 
mehmonxona biznesi bilan shug‘ulianuvchi, yani “mehmonxona xizmatlari
ko‘rsatishni moMjallayotgan oilaviy korxonalar” ga juda katta imkoniyatlar 
eshigini ochib berdi. Unga ko‘ra, “Faqat mehmonxona xizmatlari ko‘rsatishni 
mo‘ljallayotgan oilaviy korxonalar uchun qonun hujjatlarida belgilanganga teng 
bolgan ustav fondiga ega bo‘lishlari kerak”29. Endilikda oilaviy tadbirkorlik 
tipidagi mehmonxona ochish uchun hujjatlarda belgilangan eng kam ish haqining
o‘n baravari miqdoridan kam bo‘lmagan ustav fondini shakllantirishi va yashab 
turgan uylarini noturar joy shakliga o‘tkazmasdan mehmonxona biznesi bilan 
Shug‘ullanishlari 
mumkin. 
0‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. 
Mirziyoyevning 2016-yil 2-dekabrdagi “0 ‘zbekiston Respublikasining turizm 
sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi30 
Farmoni turizm sohasidagi tadbirkorlik faolligini yanada rag'batlantirish, turizm 
infratuzilmasini rivojlantirish, turizm tashkilotlariga qo‘shimcha imtiyoz va 
preferensiyalar berishga imkon yaratdi. 
Ushbu farmonga ko‘ra: 
• turizm operatorlari ular tomonidan ko‘rsatiladigan turizm xizmatlari uchun 
tushadigan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotishdan ozod qilinadi; 
• mehmonxonalar xorijiy valyutadagi tushumning faqat 25 foizini belgilangan 
tartibda majburiy sotadilar; 
• xorijiy fuqarolar tomonidan mehmonxonalar xizmatiga haq to‘lash erkin 
ayirboshlanadigan valyutada amalga oshiriladi, ular uchun to‘lov respublikaning 
davlat va budjet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan holatlar bundan 
mustasno;
• yuridik shaxslar kamida ―4 yulduzli‖ darajadagi mehmonxona va 
motellami foydalanishga topshirganda, ular yuridik shaxslaming foyda solig‗i, yer 
solig‗i va mol-mulk solig‗idan, shuningdek, yagona soliq to‗lovidan 5 yil 
muddatga ozod qilinadi. 
Mehmondo‗stlik industriyasi - bu mintaqa yoki turistik markaz xo‗jaligining kuchli 
tizimi va turizm iqtisodiydtining muhim tarkibiy qismidir. Mehmon qabul qilish 
industriyasini guruhli va yakka joylashtirishning turli xildagi otellar, 
mehmonxonalar, motellar, yoshlaming xostel va yotoqxonalari, appartamentlar, 
turistik qishloqlar, shuningdek, turistlarni joylashtirishda ishtirok etuvchi xususiy 
sektomi tashkil etadi. Mehmonlami ro'yxatga olish, ularning kelishi va ketishini 
boshqarish, mehmonlarga turli-tuman xizmatlar ko‗rsatish mehmonxonaning 


ma‘muriy qismida amalga oshiriladi. Mehmonlar oqimi har xil kiruvchi lar, 
ketuvchilar, yashovchilardan iborat. Joylashtirish xizmati asosan quyidagi ishlami 
o‗z ichiga oladi: 
• mehmonlar hujjatlariga ko‗ra qabul qilinadi. Ma‘mur mehmon bilan yashash 
joyini (nomer toifasi, uning joylashgan o‗mi va sh.k.ni), ko‗rsatiladigan 
xizmatlarni, yashash muddatini kelishib oladi. Yashash uchun haq olinadi. 
Rasmiylashtirish yakunlanganidan keyin mehmonga nomer kartasi va kaliti 
beriladi; 
• mehmonlar nomerda yashashi davrida ularga xizmat ko‗rsatish, yashash 
muddatini uzaytirish, mehmonni bir nomerdan boshqa nomerga o‗tkazish (zarur 
hollarda), yashash uchun haq olish, mijozning xohishiga qarab unga qo‗shimcha 
xizmatlar ko‗rsatishni o‗z ichiga oladi; 
• mehmonning jo‗nab ketishini rasmiylashtirish chog‗ida ko‗rsatilgan xizmatlar 
uchun u bilan to‗liq hisob-kitob qilinadi (foydalanilmagan avans qaytarib beriladi), 
mijoz nomer va kalitni topshiradi. Mijoz bilan hisob-kitob naqd pul bilan ham, pul 
o‗tkazish yo‗li bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Yagona hisobkitob soati (12 
soat) tizimini joriy etish mehmonxona ma‘muriyatiga mijozlar bilan texnik hisob-
kitob qilish jarayonini soddalashtirish imkonini beradi. Mijozga kredit kartalaridan 
foydalanish imkonini berish yoii bilan mehmonxona uning erkinlik darajasini 
oshiradi. Qabul qilish xizmatining ishini yengillashtirish uchun axborothisoblash 
tizimlari ishlab chiqilgan va tatbiq etilmoqda. Umumiy holda axborot-hisoblash 
tizimi quyidagi to‗rtta funksional qismdan tashkil topadi: 
- joylami oldindan buyurtma qilish kichik tizimlari; 
- xizmatga doir axborot berilishini ta‘minlash tizimlari; 
- navbatchi ma‘mur tizimlari; 
- mehmonxona ma‘muriyati tizimlari. 
Turizmda axborot hisoblash tizimining imkoniyatlari juda keng. Joylami oldindan 
buyurtma qilish jarayonini avtomatlashtirish bilan bir qatorda, kelayotganlar 
ro‗yxatga olinadi, nomer fondining hisobi yuritiladi, mijozlar uchun hisob varaqlar 
tayyorlanadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling