Turizm sohasida transport taʼminoti tizimi Reja


Chiptalarni buyurtma qilish


Download 29.6 Kb.
bet8/10
Sana07.05.2023
Hajmi29.6 Kb.
#1436840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tirizmda transport taʼminoti tizimi

Chiptalarni buyurtma qilish. Tashish marshrutlarini ishlab chiqish

Fan va texnika taraqqiyotining odamlarni er yuzining istalgan nuqtasiga tez eltib qo‘yishga qodir transport vositalari (ovozdan tez uchar samolyotlar, tezyurar poezdlar, avtomobillar, muzyorar va suvosti transport i va b.) paydo bo‘lishiga, shuningdek transport xizmatlari ko‘rsatish sohasiga yangi texnologiyalar joriy etilishiga olib keldi. Bu chiptalarni bronlashning global tizimlarida va chiptalar sotishning noan’anaviy usullarida, yuk va yo‘lovchi tashuvchilarning charter dasturlari vujudga kelishi va rivojlanishida, turli axborot tizilari ishlab chiqilishida, yo‘lovchi tashishning texnik va texnologik rejimlarini nazorat qilish elektron qurilmalaridan foydalanilishida, ularning xavfsizligi oshirilishida o‘z ifodasini topmoqda.
Tashish marshrutlarini ishlab chiqish
Turistik marshrutlarni ishlab chiqishda turli uslubiy yondashishlarni hisobga olish talab qilinadi. Umumiy qilib olganda turistik marshrutlarni ishlab chiqish 3 usulda amalga oshiriladi. Ular quyidagilar:

  1. Mavzuli usul.

  2. Majmuali usul.

  3. Kartografik (haritali) usul.

Mavzuli usul. Turistik marshrutlarni ishlab chiqishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul mavzuli usul hisoblanadi. Turistik resurslarning barchasi ma’lum bir tizimda (sistemada) turganligidan, aniqrog‘i nomlanishi bo‘yicha turlarga ajratilgan. Masalan: ekologik turizm, diniy-ziyoratgoh turizm, sport turizmi va hakozolar. Qayd qilingan nomlanishlardan ma’lum bo‘ladiki ekologik turizm marshrutlari tabiat landshaftlari va uning biologik resurslari bilan bog‘liq. Shuning uchun ham ekologik turizm marshrutlarining barchasi tabiat resurslari va uning turlari nomi bilan ataladi.
Majmuali usulda turizm marshrutlar ishlab chiqilganda marshrut nomi bir mavzuda bo‘lishi ham yoki ikki, ayrim hollarda uchta mavzuda bo‘lishi mumkin. Masalan: tarixiy – diniy ziyoratgoh turizmi marshrutlari; tarixiy – rekreatsion – sport turizmi marshrutlari. Bunday majmuali turizm marshrutlarni ishlab chiqish ko‘pincha xalqaro turistlarning talab va istaklari asosida amalga oshiriladi. Majmuali turizm marshrutlar aksariyat hollarda uzoq masoflardagi turistik makonga – ob’ektga turistlar tashrif qilinganda ishlab chiqiladi. Masalan: ekoturizm resurslari shaharlar va tumanlar markazlaridan ancha uzoqda cho‘l yoki tog‘ mintaqalarida joylashgan. Tabiiy holatki, bunday resurslarga birdaniga yetib borish turistni charchatadi va zeriktiradi.

Download 29.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling