Turizm sohasining tasniflanishi va turlari Reja
Download 16.35 Kb.
|
Turizm sohasining tasniflanishi va turlari
Turizm sohasining tasniflanishi va turlariReja:
Zamonaviy turizmning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash maqsadida, uning muhim tasnifiy belgilarini aniqlab olish zarur bo‘ladi. Jumladan, geografik va turistik talab yo‘nalishi bo‘yicha, safar maqsadi, harakatlaiiish usuli, turistlarni joylashtirish vositalari va ishtirokchilari soni bo‘yicha tashkiliy-huquqiy shakllarini tasniflash maqsadga muvofiqdir. Geografik va turistik talab yo‘nalishi bo‘yicha turizmning turlari quyidagi tavsifiy xususiyatlarga ega:
Turistik oqimlaming yo‘nalishi bo‘yicha turizm turlari «kiruvchi» va «chiquvchi» toifalariga bo‘linadi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda turizm turlari uyg‘un holatda rivojlanadi, «ichki» va «tashqi» turizm sohasida muvozanat saqlanadi. Turizm xizmatlar bozorini muvofiqlashtirishda Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) ishlanmalari bo‘yicha quyidagi nisbat tavsiya qilinadi: 1 ta kiruvchi turist - 1 ta chiquvchi turist -4 ta ichki turist. Ushbu nisbatning 0 ‘zbekiston bo‘yicha 2015-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, har bitta kiruvchi turistga 1, 4 nafar chiquvchi turist to‘g‘ri kelib, shularga nisbatan ichki turistlar soni 3, 5 nafar turistni tashkil etmoqda. 1 ta kiruvchi turist - 1, 4 ta chiquvchi turist - 3, 5 ta ichki turist. BTT tavsiyalari asosida 0 ‘zbekiston bo‘yicha 2015-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, chiquvchi turistlar sonining kiruvchi turistlarga nisbatan 0, 4 kishiga ko‘pligini ko‘rsatmoqda.
Download 16.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling