Turizm va iqtisodiyot
Download 32.39 Kb.
|
IDTTS (1-mustaqil ish) Mamatqulov Shaxzod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Davlat tomonidan iqtisodiy xafsizlikni ta`minlash maqsadi va vazifalari. Topshirdi: 141-20 guruh talabasi Mamatqulov Shaxzod
- Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasi va maqsadi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI “TURIZM VA IQTISODIYOT” FAKULTETI “IJTIMOIY VA IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI “IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH” FANIDAN MUSTAQIL ISH Mavzu: Davlat tomonidan iqtisodiy xafsizlikni ta`minlash maqsadi va vazifalari. Topshirdi: 141-20 guruh talabasi Mamatqulov Shaxzod Qabul qildi: Norbekov Xursandmurod JIZZAX-2023 Mavzu: Davlat tomonidan iqtisodiy xafsizlikni ta`minlash maqsadi va vazifalari. Reja: 1. Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasi va maqsadi. 2. Iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari. 3. Davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash siyosatining maqsadi va vazifalari. Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasi va maqsadi “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasining mazmuni iqtisodga oid ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Bir guruh olimlar mazkur iqtisodiy tushuncha mazmunini mamlakatning yetarli mudofaa salohiyatini, davlat siyosatining ijtimoiy yo‘naltirilganligi, milliy manfaatlarni himoya qilishni kafolatlashga qodir bo‘lgan iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining holati sifatida ta’riflaydilar. Shuningdek, uni hokimiyat institutlarining iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan milliy manfaatlarni himoya qilish va ro‘yobga chiqarish hamda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratishga qodirligi va tayyorligi deb ham talqin qiladilar. Ikkinchi guruh olimlar mazkur tushunchani xalqning mustaqil ravishda tashqi kuchlarning aralashuvisiz va tazyiqisiz o‘z iqtisodiy taraqqiyot yo‘li va shakllarini belgilab olishiga imkon beradigan holat sifatida tavsiflaydilar. Uchinchi guruh olimlar esa “iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasini iqtisodiyotning ijtimoiy ehtiyojlarni samarali qondirishga qodirligi deb ta’riflaydilar. To‘rtinchi guruh olimlar esa mazkur tushunchani iqtisodiyotning progressiv rivojlanishi va normal darajada amal qilishining muhim sharti, iqtisodiyot sohasida shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanishi deb tavsiflaydilar. Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyotning turli subyektlariga tegishli bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: alohida fuqarolar; xususiy tadbirkorlik, biznes; davlat korxonalari; milliy iqtisodiyot; davlat. Ichki iqtisodiy sohalarda xavfsizlik tabiiy, texnikaviy-iqtisodiy, infratuzilmaviy, ijtimoiy, mikro va makroiqtisodiy rivojlanishning boshqa omillari, shuningdek, turli beqarorlik, tanglikni keltirib chiqaruvchi ichki va tashqi tahdidlar ta’siridan himoya qiluvchi ichki immunitetlar bilan bog‘liqdir. Tashqi iqtisodiy sohada xavfsizlik mamlakatning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi, milliy valyutasining barqarorligi, davlatning moliyaviy ahvoli bilan tavsiflanadi. O‘tish, ya’ni tranzit iqtisodiyotiga ega bo‘lgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish maqsadida islohotlarni amalga oshirayotgan mamlakatlarda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi. Ularda, shu jumladan, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mamlakatning geopolitik holatini, uning hozirgi zamon jahon iqtisodiy tizimidagi o‘rnini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Iqtisodiyot subyektlari nuqtai nazaridan iqtisodiy xavfsizlik quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: - shaxsning iqtisodiy xavfsizligi; - korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligi; - davlatning iqtisodiy xavfsizligi. Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi uning hayotiy manfaatlarining, ya’ni yashash va shaxsiy daxlsizlik, erkin mehnat qilish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, mulkdor bo‘lish, hayotiy iste’mol ehtiyojlarini qondirish, salomatligini saqlash, bilim olish va kasbga ega bo‘lish, qariganda va mehnat layoqatini yo‘qotganda ijtimoiy ta’minot olish huquqlarining himoyalanganligini ifodalaydi. Korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligini tahlil qilganda ularni ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, moliyaviy, savdo-tijorat hamda notijorat va jamoatchilik tashkilotlari mavqelarida faoliyat yuritishlari nuqtai nazaridan turkumlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Iqtisodiy adabiyotlarda xavfsizlik xo‘jalik faoliyati sohalarida yuzaga kelishi nuqtai nazaridan asosan uch yo‘nalish, ya’ni ishlab chiqarish-xo‘jalik, xo‘jalik-iste’mol va moliyaviy sohalar bo‘yicha turkumlanadi. Download 32.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling