Turizm va iqtisodiyot


Iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari


Download 32.39 Kb.
bet2/3
Sana20.11.2023
Hajmi32.39 Kb.
#1787689
1   2   3
Bog'liq
IDTTS (1-mustaqil ish) Mamatqulov Shaxzod

Iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari

Mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda, uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvida ichki va tashqi transport yo‘l va aloqa kommunikatsiyalari tizimining yaratilishi oqibatida transport yo‘l va aloqa kommunikatsiyalari xavfsizligi ta’minlanadi.


Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun uning indikatorlari monitoringini tashkil etish zarur.
Iqtisodiy xavfsizlikning umumiy ko‘rsatkichlari (indikatorlari) quyidagilardan iborat:
- turmush darajasi va sifati;
- inflyatsiya sur’ati;
- iqtisodiy o‘sish;
- budjet defitsiti; davlat qarzi;
- jaxon iqtisodiyotiga kirib borganlik;
- "xufyona iqtisodiyot" faoliyati;
- mulk tarkibi;
- soliq tizimi;
- bozor infratuzilmalarining rivojlanishi.
Hududiy darajada umumiy ko‘rsatkichlardan tashqari yana quyidagi ko‘rsatkichlar iqtisodiy xavfsizlikni ifodalaydi:
- aholi daromadlari; chakana narxlar darajasi;
- uy-joy bilan ta’minlanganlik;
- qochoqlar, emigrantlar va boshqalar soni;
- hududning mamlakat YaIMdagi ulushi;
- hududning to‘lov balansi.
Yuqoridagi ko‘rsatkichlar miqdoriningtahlikali quyi (porogovaya cherta) chegarasini ko‘rsatish va aniq belgilash lozim bo‘ladi. Ushbu tahlikali quyi chegara – iqtisodiy manfaatlar nuqtai nazaridan xo‘jalik faoliyati proporsiyalarining eng quyi maqbul nisbatlarini ifodalovchi miqdoriy indikatorlar bo‘lib, ularga rioya qilmaslik takror ishlab chiqarish turli elementlarining iqtisodiy rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga tahdid soladi.
Tahlikali quyi chegaraning miqdoriy o‘lchamlarini aniqlash uchun quyidagilarga asoslanish lozim bo‘ladi:
- milliy iqtisodiyot holati va undagi mutanosibliklar hamda takror ishlab chiqarish elementlari va omillari holatining birlamchi, muhim xususiyatlarini tavsiflash;
- iqtisodiyot sohasidagi milliy manfaatlarni to‘liq va keng qamrovdi ifodalash;
- iqtisodiyot sohasidagi milliy manfaatlarga xavf soluvchi tahdidlarni to‘liq va har tomonlama hisobga olish;
- iqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegarasini ifodalovchi indikatorlardan hokimiyat organlari mamlakat iqtisodiyoti holatini aniq baholashda va boshqa mamlakatlar bilan qiyoslashda foydalanish imkoniyatining mavjudligi.
Ushbu indikatorlarning mamlakat hisob, statistika va prognozlashtirish tizimi bilan muvofiq kelishi, maqsadga muvofiqdir. Iqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegarasi indikatorlari milliy iqtisodiyot sohalari va ularning har qaysisidagi milliy manfaatlar nuqtai nazaridan turkumlanadi.
Masalan, A.Proxojev va M.Kornilovlar shaxsning, ya’ni alohida individ, fuqaroning hayotiy muhim manfaatini ro‘yobga chiqarishi nuqtai nazaridan iqtisodiy xavfsizlikni ifodalovchi quyidagi ko‘rsatkichlarni turkumlagan:
- jon boshiga oylik daromad miqdorining rasmiy ravishda belgilangan yashash minimumi miqdoriga nisbati;
- aholi oziq-ovqat xarajatlarining yillik jon boshiga daromadlar hajmidagi ulushi;
- aholi jon boshiga kundalik iste’mol qilinayotgan kaloriyalar miqdori;
- aholi jon boshiga o‘rtacha yillik daromadida uy-joy va kommunal to‘lovlarga qilingan xarajatlar ulushi;
- aholi jon boshiga o‘rtacha yillik daromadidagi jamg‘armalarning ulushi va boshqalar.


Download 32.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling