Turizm xizmatlari bozorining rivojlanish xususiyatlari


Turistik bozor samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar


Download 99.02 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi99.02 Kb.
#1594373
1   2   3
Bog'liq
Turizm xizmatlari bozorining rivojlanish xususiyatlari

Turistik bozor samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar

Zamonaviy turistik bozorning o‘ziga xos funksiyalari

Turistik bozorning o‘ziga xos xususiyatlari

Turistik talab deganda - to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan axolining turmahsulotga bo‘lgan talabi tushiniladi. Turistik talab amaldagi narx-navolarda axoli tomonidan aniq bir turistik -ekskursiya xizmatlarini sotib olishi bilan belgilanadi.

  • Turistik talab deganda - to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan axolining turmahsulotga bo‘lgan talabi tushiniladi. Turistik talab amaldagi narx-navolarda axoli tomonidan aniq bir turistik -ekskursiya xizmatlarini sotib olishi bilan belgilanadi.
  • Bozordagi talabga muvofiq turizmda takliflar vujudga keladi, ya’ni turist uchun uning dam olishi va sayohati jarayonida lozim bo‘lgan turli xildagi xizmatlar shular jumlasiga kiradi. Takliflar-bu mahsulot ishlab chiqaruvchining bozorga talab qilinadigan aniq mahsulotni yetkazib berish uchun ideal tayyorgarlik va aniq imkoniyatga ega bo‘lishi tushuniladi. Turistik mahsulotga bo‘lgan taklif - ishlab chiqarilgan mahsulot soni, turistik industriyaning rivojlanish darajasiga va turistik resurslar xajmiga bog‘liq (shakllanadi) bo‘ladi.

Turizm bozoriga ta’sir qiluvchi asosiy omillar

  • Aholining yosh strukturasi
  • Yosh
  • Daromad
  • Ta’lim
  • Kasb
  • Irqi
  • Jinsi
  • Bo`sh vaqtning mavjudligi
  • Urbanizatsiya

Aholining yosh strukturasi

  • Aholining yosh strukturasi eng muhim demografik va iqtisodiy ko‘rsatkichlardan biridir. Aholining yoshiga qarab shakllanadigan turli guruhlar o‘rtasidagi nisbat, masalan, iqtisodiy aktiv aholi salmog‘ini aniqlashda yoki muayyan davlatning mehnat resurslarini belgilashda juda ham zarur ko‘rsatkichdir. Aholi sonining umumiy o‘sishi asosan 16-50 yoshlardagi ayollar soniga bog‘liq. Iqtisodiyot va madaniyatning muhim ko‘rsatkichlarini (bolalar, o‘quv muassasalari, mehnat resurslari, kasallik va o‘lim sabablarini o‘rganish aholining kelgusidagi sonini hisoblash) to‘g‘ri rejalashtirish ham aholining yosh strukturasi haqidagi ma’lumotlar, ayniqsa, zarur. Ko‘pgina demografik ko‘rsatmalar faqat muayyan yoshdagi aholiga nisbatan harakat qilishi sababli ayrim demografik qonuniyatlarni faqat ana shu yosh guruhiga kiruvchi aholiga qo‘llash mumkin. Jahon aholisining turli yosh guruhi yuzasidan shakllangan nisbat orasida tabiiy ko‘payishning o‘ziga xos xususiyatlarini harakterlab beruvchi ikkita asosiy holatni alohida ko‘rsatish mumkin: birinchi – tug‘ilish yuksak , o‘lim ham shunga muvofiq bir qadar ko‘p va shu sababli o‘rtacha umr uncha ko‘p bo‘lmagan davlatlar (bunga Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi deyarli barcha rivojlanayotgan mamlakatlar kiradi). Ikkinchi guruhdagi davlatlarda buning aksicha, tug‘ilish va o‘lim kam bo‘lib, uzoq umr ko‘ruvchilar nisbatan ko‘p (bunga Evropa va Shimoliy Amerika davlatlari kiradi), bunday davlatlar barcha aholi tarkibida bolalarning kamligi va yoshi ulg‘ayganlarining ko‘pligi bilan harakterlanadi.

Download 99.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling