Aloqa.
Axborot, masalan ma’lumotlar, bilimlar, dasturiy ta’minotlar. Hozirgi kunda axborot bozorida quyidagi tipdagi axborotlar mavjud:
Ishbilarmonlik axborot , ya’ni birja axborotlari, moliyaviy, siyosat va xo‘jalik axborotlari (qimmatbaho qog‘ozlar narxi, valyutalarning kurslari va boshqalar), statistik axborotlar (ijtimoiy, demografik, ekologik va boshqalar), tijorat axborotlari (korxonalar, mahsulotlar, narxlar va boshqalar bo‘yicha).
Professional axborot – yuristlar, vrachlar va boshqalar uchun mo‘ljallangan maxsus ma’lumotlar, ilmiy-texnik axborotlar.
Iste’mol axborot – yangiliklar, adabiyotlar, kompyuter o‘yinlari, videofilmlar va audio mahsulotlar.
Ta’lim xizmatlari – elektron darsliklar, uslubiy ko‘rsatmalar va boshqalar.
Axborot tizimlari va vositalarini ta’minlovchi – dasturiy mahsu-lotlar, texnik vositalar, axborot tizimlari va texnologiyalari ishlab chiqish va ularga xizmat qilish, ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |