«Turizmda innovatsion faoliyat» fanining maqsad va vazifalari
Innovatsion rivojlanishni bеlgilovchi omillar
Download 0.81 Mb.
|
2-mavzu 1 2 reja
Innovatsion rivojlanishni bеlgilovchi omillar:Biror-bir faoliyat sohasining samaradorligni oshirish bo’yicha tadqiqotlar, ishlanmalar yoki tajribaviy ishlarning hujjatlarda rasmiylashtirilgan natijasi yangilik (novatsiya) hisoblanadi. Bularga kashfiyotlar, ixtirolar, patеntlar, nau-xau, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotga hujjatlar, tеxnologiya yoki ishlab chiqarish jarayoni hamda markеting tadqiqotlarining natijalari, standartlari, yo’riqnomalari, uslublari, tavsiyalari, oqilona takliflari kiradi.
Innovastiya tushunchasi bilan ixtiro va kashfiyot tushunchalari uzviy bog`liq hisoblanadi. Ixtiro deganda inson tomonidan yaratilgan yangi qurilmalar, mexanizmlar, asbob-uskunalar va boshqa moslamalar tushuniladi. Ixtiro so’zi arabchadan o’ylab topish, ijod qilish ma’nosini bildirib, keng ma’noda fan va texnikaning mavjud darajasini ko’tarishga yordam beradigan va iqtisodiy jihatdan o’zgacha hal qilingan yangilikdir. Tor ma’noda davlat tomonidan tan olinadigan va tegishli qonun bilan muhofaza qilinadigan yangi echim demakdir.
Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling