«Turizmda innovatsion faoliyat» fanining maqsad va vazifalari
Download 0.81 Mb.
|
2-mavzu 1 2 reja
Innovatsiya va innovatsion faoliyat an'anaviy tarzda ilmiy-tеxnik taraqqiyot (uning yuqori tеxnologik qismi) yo’nalishi va ilmiy tadqiqotlar hamda ishlanmalar natijalarining amaliyotga joriy etilishi bilan bog’liq jarayon sifatida tushuniladi. Biroq, «innovatsiya» tushunchasining ma'no va mazmuni ancha kеng. Innovatsiyalar sohasi kеng ko’lamli bo’lib, u nafaqat ilmiy-tеxnik ishlanmalar va ixtirolardan amaliy foydalanishni qamrab oladi, balki mahsulot, jarayonlar, markеting (savdo), tashkilotchilikdagi o’zgarishlarni ham o’z ichiga oladi.
Zamonaviy talqinda Innovatsion jarayonlarning ilk eng yirik nazariyotchilari Amerikalik iqtisodchi, Garvard universiteti professori Yozef Alois Shumpeter (1883-1950) hisoblanadi
Zamonaviy sharoitda iqtisodiyotda innovastiyalarning ahamiyati kundan kunga oshib bormoqda. Buning asosiy sababi innovastiyalarning bozor sharoitlarida kuchli raqobat quroli ekanligidir, chunki innovastiyalar tannarxning pasayishi, foydaning o’sishi, yangi ehtiyojlarning yaratilishi, qo’shimcha pul oqimi, yangi mahsulot ishlab chiqaruvchi imidjining (mavqe) rivojlanishi, yangi bozorlarni, shu jumladan tashqi bozorlarni ochish va egallashga imkon beradi. Bugungi kunda innovastiyalar tavsifi 1992 yilda Oslo shahrida qabul qilingan (Oslo yo’riqnomasi) xalqaro standartlarga asoslanadi. Ushbu standartlar yangi mahsulot va yangi jarayonlar, shuningdek, ularning sezilarli texnologik o’zgarishlarini qamrab oladi.Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling