Turizmda innovatsiya
Download 1.95 Mb.
|
Turizmda innovatsiya
Turizmda innovatsiyaMavzu: O’zbekistonda etno turizmYangiboyev Sobirjon O‘zbekistonning sayyohlik kompaniyalari rang-barang etnik turlarni taklif etadi. Bu yerda siz qishloq aholisining hayotida ishtirok etishingiz, olis qishloqda yoki o‘tovlarda yashashingiz, bola tug‘ilishi munosabati bilan mahalliy to‘yda yoki tantanada qatnashishingiz, otlar va tuyalarni minishingiz, chiroyli cho‘llar orqali Safariga borishingiz va ko‘p qirrali O‘zbekistonning noyob ekzotik nabotot olamidan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Turistik qishloqda yashash qishloq hayotini ichidan ko‘rish uchun ajoyib imkoniyatdir. Qushlarning sayrashi bilan uyg‘onish, eng tabiiy nonushta tatib ko‘rish, maysazorga yotish va moviy osmonga tikilish, palov qanday qilib o‘choqda pishirilishini, sigir qanday sog‘ilishini ko‘rish va hosil yig‘ishda ishtirok etish, kulolchilik mahsulotlari qo‘lda qanday yasalishini yoki eski texnologiyalar yordamida dunyodagi eng chiroyli ipak qanday tayyorlanishini ko‘rish – bularning barchasidan turistik qishloqda yashab bahramand bo‘lish mumkin.
Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling