Turizmda marketing xizmatini tashkil etish


Download 23.76 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi23.76 Kb.
#1011529
  1   2   3
Bog'liq
turizmda marketing kurs ishi45


Mavzu: “Turizmda marketing xizmatini
tashkil etish”

Mundarija
Kirish…………………………...…………………4-5
I BOB. Turizm sohasida marketing xizmatini tashkil etishning nazariy asoslari

    1. Turizm sohasida marketingning ahamiyati……………6-12

    2. Turizm sohasida marketing xizmatini tashkil etishning zamonaviy shartlari………………………………..…13-19

    3. Turistik korxonalarda marketing nazorat tizimi……..20-26



II BOB. Turistik korxonalar misolida marketing xizmatini tashkil qilish tahlili

2.1 Turistik korxonalarda marketing faoliyatini rejalashti


rish…………………………………………..…27-37
2.2 Turistik korxonalarda marketingni boshqarish tizimida
vazifalar, huquq va majburiyatlarni taqsimlash amali
yoti……………………………..………………38-47

Xulosa…………………………………………….…48-49


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………..…50
KIRISH

Hozirgi paytda turizm sohasi nafaqat dunyoda, balki mamlakatimizda ham jadallik bilan rivojlanmoqda. Turistlarning yurtimizga kelishi yildan-yilga oshib bormoqda va bu mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Turizm sohasining rivojlanib borayotganligi sababli, yangi ish o’rinlari yaratilib, aholi bandligi ta’minlanmoqda. Yurtimizning qadimiy tarixiga, uning madaniyati, urf-odatlariga bo’lgan qiziqishlari sababli, turistlar asosan shu yerlarga ko’proq kelishadi. Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent turistlarning asosiy tashrif buyuradigan joylaridir.


Yurtimizda turizm sohasidagi qonunchilik ham takomillashtirilib borilmoqda. Qonun, Prezident farmon va qarorlari, hukumat qarorlari ham turizm sohasini jadal rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, unda turizm sohasidagi huquqlar, istiqboldagi rejalar, ajratiladigan moliyaviy resurslar, ularning taqsimlanishi va boshqa jihatlar aks etgan. Turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlariga ham bir qator imtiyozlar berish ko’zda tutilgan. Soliq imtiyozlari, bojxona imtiyozlari, eksport va import qilishda yengilliklar, xalqaro ko’rgazmalarda ishtirok etishda ko’maklashish, yurtimizda har xil xalqaro festivallarni o’tkazish, subsidiyalar, imtiyozli kreditlar va boshqa ko’plab imkoniyatlarni misol qilib keltirish mumkin.
Marketing boshqa iqtisodiy sohalarda bo’lgani kabi turizm sohasida ham juda zarur, chunki bozorni o’rganmasdan turib, turizm sohasida faoliyat yuritish qiyin. Hozirga paytda bozorda har kuni yangi innovatsion texnologiyalar kirib kelmoqda. Ularni o’rganish, o’zlashtirish, qo’llash, turizm sohasida tadbiq qilish uchun marketing faoliyatini, marketing tadqiqotlarini yaxshi o’rganish kerak, tahlil qilish kerak. Har xil marketing tadqiqotlarini olib borish kerak, masalan dala tadqiqotlari, kombinatsiyalashgan tadqiqotlar, kabinet tadqiqotlari va boshqa turdagi tadqiqotlarni. Undan tashqari, har xil ma’lumotlar bilan tanishib chiqish zarur bo’ladi, masalan, statistic ma’lumotlar, birlamchi ma’lumotlar, ikkilamchi ma’lumotlar.
Marketing – bu ehtiyojlarni yaxshiroq qondirish va foyda olish maqsqdida, tovarlarni bozorlarda sotish, talabni shakllantirish va tovarlar savdosini rag’batlantirish, ayirboshlashni rivojlantirish va tezlashtirish maqsadida amalga oshiriladigan tovarlar, xizmatlar keng miqyosli faoliyat turidir. Inson zaruriyatlari, ehtiyoj va talablari tovarlar bilan qondiriladi. Tovar deganda ehtiyoj yoki zaruriyatni qondira oladigan va e’tibor, jalb qilish, foydalanish yoki iste’mol maqsadida bozorga taklif qilinadigan narsa tushuniladi. Tovar ishlab chiqaruvchilar o’z tovarini sotish uchun xaridorlarni izlashi, ularning ehtiyojlarini aniqlashi va ushbu ehtiyojlarni iloji boricha to’laroq qondiradigan tovarlarni ishlab chiqarishlari lozim.
Marketing nafaqat iste’molchilar talabini to’liq va har tomonlama o’rganish muammosi echimini, balki talabini shaklllantirish va savdo hajmini oshirish maqsadida tarqatishni oshirish, bozordagi faoliyatning daromadliligini va tarqatishni oshirish masalasi yechimini ham ko’rsatib beradi. Marketing aloqalari majmui shunga xizmat qilishga qaratilgan. Texnologik, iqtisodiy va raqobat muhitining murakkablashishi turizm korxonalari faoliyatida marketing rolining paydo bo’lishiga va keyinchalik kuchayishiga olib keldi. Marketing bozor munosabatlarining rivojlanishi natijasidir. Ikkinchisining tabiati talab va taklif bilan birgalikda har doim korxonalarning biznes yo’nalishini belgilab berdi.
Hozirgi paytda turistik korxonalar o’z korxonalarining rivojlanishi uchun marketingni, bozorning talabini, xalqaro bozorni yaxshilab o’rganishlari talab etiladi.


Download 23.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling