Turizmning iktisdiy mazmuni va moxiyati


– Chizma. Turizmni rivojlantirish uchun ayrim yoʻnalishlar


Download 403 Kb.
bet10/17
Sana04.04.2023
Hajmi403 Kb.
#1325292
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Usmonov Kurs ishi Turizmning iktisdiy mazmuni va moxiyati

5 – Chizma. Turizmni rivojlantirish uchun ayrim yoʻnalishlar
Oʻzbekistonning turizm salohiyati

Oʻzbekiston, taʼkidlanganidek, katta turistik salohiyatga ega. Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlari, BMT qoshidagi YUNESKOning butun dunyo tarixiy va madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan. Mamlakatimizda faqatgina tarixiy, madaniy, meʼyoriy, arxiologik ahamiyatga ega boʻlgan turistlarni jalb qilish mumkin boʻlgan obyektlar soni 7,0 mingdan ziyodni tashkil qiladi. Ulardan 545 tasi meʼmoriy, 575 tasi tarixiy, 1457 tasi sanʼat, 5500 tasi arxiologik obidalardir. Ulardan turistik obyekt sifatida qamrab olingani atigi 140 ta4. Bu koʻrsatkich bor-yoʻgʻi 2,0 foizni tashkil qiladi, xolos. Qolgan turistik obyektlar, qimmatli obidalar haqida reklama ham, aniq maʼlumotlar ham yetarli emas. Demak, koʻrinib turibdiki, hali bu borada ancha ishlarni amalga oshirish lozimga oʻxshaydi. Bunda tarixchi, arxiolog, qadimshunos kabi olimlarning ham xizmatlari yetarli boʻlishi lozim.


Toʻgʻri, hozirgi kunda mamlakatimizdagi turistik obyektlarning 200 tasida restovratsiya ishlari ketmoqda, 500 tasi esa qayta taʼmirlash va restovratsiyaga muhtoj. Bu ishlar uchun ham davlat byudjetidan milliardlab mablagʻ ajratilmoqda. Lekin bu soha faqat byudjetga koʻz tikib qolishi mumkin emas. U oʻzini-oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash bilan birga, qattiq valyuta va naqd pul tushumini koʻpaytiradigan sohaga ham aylanmogʻi lozim.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, koʻpgina mamlakatlarda restovratsiya (qayta tiklash) jarayoni ham turistik obyekt sifatida foydalaniladi. Bunda ushbu obyektning asl holi loyihasi, bugungi ahvoli, qayta tiklash jarayoni va qanday boʻlish kerakligi koʻrsatiladi. Albatta bu holatlar tarixiy obyektlar uchun muhim hisoblanadi. Bu esa turistlarni oʻzlariga jalb qilishi tabiiy.
Oʻzbekistonning turistik salohiyati katta ekanligi bilan birga, ularning ayrim shaharlari oʻta diqqatga sazovordir. Masalan, turistlarning koʻrishi mumkin boʻlgan obyektlar soni boʻyicha Xiva shahari birinchi oʻrinda turadi. Unda 310 ta obyekt, ikkinchi oʻrinda Buxoro shahri boʻlib, unda 221 ta obyekt, Toshkent shaharida 144 ta va Samarqandda 118 ta obyekt mavjud5.
Ushbu mavjud turistik obyektlardan tashqari yana bir qancha obyektlarni barpo qilish mumkin. Birgina Samarqand viloyatini oladigan boʻlsak, uning Urgut, Omon-qoʻton, Ohalik, Mironqul kabi manzarali togʻ-daralari borki, bu joylarga piyoda marshrutlarni tashkil qilish mumkin. Ammo bunday salohiyatga qoʻl urilgan emas.
Albatta yoz fasllarida shu daralarda odamlar juda gavjum boʻladi. Lekin bular oʻz ixtiyori bilan borgan dam oluvchilardir. Tashkiliy tarzda bu togʻ manzaralariga sayohatlar uyushtirish hamon yoʻlga qoʻyilmagan. Bunday obyektlar Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin, Forish tumanlarida, vodiy viloyatlarida, Toshkent viloyatining koʻplab manzarali tumanlarida ham mavjuddir. Gap ularni ishga solib, aholi va mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun foydalanishda.
Mamlakatimizning oʻziga xos xususiyatlaridan biri unda sharqona bozorning rivojlanganligidadir. Bu obyektlar ham koʻp jihatdan oʻzimizga xos boʻlib, boshqa xududdan kelgan turistlarni qiziqtirishi tabiiy. Bu joylar turistlarning tomoshasi uchun tayyor joylardir, faqat ularni turistik marshrutga kiritib tashkil qilishda. Bozorlarni turistik obyektlarga kiritilishi ikki jihatdan foyda. Birinchidan, turistlarga oʻzimizning boy neʼmatlarimizni koʻrsatish imkoniyati tugʻilsa, ikkinchidan, sharq shirinliklarini sotish imkoniyati ham tugʻiladi va xorijiy valyuta tushumini taʼminlaydi. Bu uchun har bir turistik obyektga kiritilgan bozorning bevosita koʻrinarli joyida pul almashtirish shahobchalarini ham tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Bizda turistlarga koʻrsatiladigan servis xizmati juda past darajada. Birgina misol, ayrim mutaxassislarning tadqiqot natijasi shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekistonga kelgan turistlarning 60 foizi bu yerga faqat servis xizmatining pastligi evaziga qaytib kelmasligini bildirgan6. Bu koʻrsatkich ham hali bizda servis xizmatini yaxshilash uchun juda koʻp ishlarni amalga oshirish lozimligidan dalolat berib turibdi. Bu yoʻnalish boʻyicha birinchi galda kadrlar masalasini hal qilish lozim. Albatta bu boʻyicha ayrim ishlar qilindi. Xususan, Samarqandda turizm kolleji ochildi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tashkil qilinib, unda servis, turizmga oid bakalavr va magistrlar tayyorlashga kirishildi. Ammo bu keng koʻlamli turistik xizmatlari uchun yetarli emas. Bu sohaga kadrlarni turli mulk shakllariga ega boʻlgan oʻquv yurtlari tayyorlashi maqsadga muvofiq. Unda haqiqiy erkin raqobat vujudga keladi va har bir oʻquv muassasi oʻz kadrining raqobatbardoshligini taʼminlashga harakat qiladi. Bu esa, oʻz navtabida, kadrlar tayyorlashning sifat va samaradorligining oshishiga asosiy omil boʻlib xizmat qiladi. Bunday jarayonda tayyorlangan kadrlar, tabiiyki, juda koʻp sifat koʻrsatkichlariga ega boʻladi va turizmda servis xizmatining yuqori darajaga koʻtarilishiga asosiy omil boʻladi.
Mamlakatimizda 300 dan ziyod kurortlar, 40 dan ziyod sihatgohlar, yuzlab dam olish uylari mavjud7. Ammo bu obyektlarning aksariyati turizm sohasiga jalb qilinmagan. Biroq, juda koʻp kurortlarimiz ajoyib xushmanzara joylarda joylashgani bilan birga koʻpgina kasalliklarga davo hamdir. Lekin taʼkidlangandek, reklamaning yaxshi yoʻlga qoʻyilmaganligi, turistlarning ushbu joylarga umuman jalb qilinmaganligi birorta kurort obyektlarini xalqaro maydonga, dam olish zonasiga aylantira olgan emasmiz. Bu ham hali ancha ishlarni amalga oshirish lozimligidan dalolat beradi.
Bizning mamlakatimizga turistik yoʻl bilan kelish istagini bildirgan xorijliklarning soni 10,0 mln. kishini tashkil qiladi. Bu juda katta imkoniyat, endigi vazifa ana shu imkoniyatdan oqilona foydalanishda.
Oʻzbekistonning yana bir muhim xususiyati shundaki, undan “Buyuk ipak yoʻli” oʻtgan boʻlib, uning markazi ham shu hudud hisoblanadi. Agar buni tiklab “Buyuk ipak yoʻli boʻylab” degan bitta marshrut tashkil qilinsa, bu ham turistlarni jalb qiladigan katta imkoniyat hisoblanadi.
Xullas, turizmni rivojlantirshi uchun mamlakatimiz salohiyati beqiyos. Undan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish, turizm industriyasini qaror toptirish mamlakatimizning iqtisodiy oʻsishini taʼminlaydigan asosiy sohalardan biriga aylanishi tabiiy.
Mamlakatimizning turistik salohiyati shu qadar yuksak va rangbarang-ki, undan faqat shu maqsad uchun oqilona foydalanish lozim. Bularning asosiylari ushbu chizmada keltirilgan (6-chizma).


Download 403 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling