Turizmning iktisdiy mazmuni va moxiyati
Turizmni rivojlantirish yoʻllari va omillari
Download 403 Kb.
|
Usmonov Kurs ishi Turizmning iktisdiy mazmuni va moxiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turizmni rivojlantirish yoʻllari va omillari
Turizmni rivojlantirish yoʻllari va omillari
Turizm boshqa sohalarga nisbatan tez taraqqiy etadigan tarmoqdir, chunki bu soha mamlakatimiz uchun unchalik katta investitsiyani talab qilmasdan rivojlanishi mumkin boʻlgan sohadir. Boshqa sohalar, jumladan havo, temiryoʻl, avtomobil transporti, ovqatlanish va savdo shahobchalari, mehmonxonalar rivoj topsa oʻsha joyda turistik obyektlar mavjud boʻlsa bemalol turizmni rivojlantirish mumkin. Turizm sohasidagi mutaxassislarning fikricha, u XXI asrda dunyo miqiyosida eng ustuvor foyda keltiruvchi sohaga aylanadi. Hozir u dunyo boʻyicha avtomobilsozlik va neftni qayta ishlash sohasidan keyin uchinchi oʻrinni egallab turibdi2. Bu soha dunyo sanoati va qishloq xoʻjaligidan oʻzib ketdilar. Turizmning tez rivojlanishiga yana bir sabab, u yuqori darajadagi katta ilmiy tadqiqot xarajatini (naukoyomkiy) va quvvatni koʻp sarf qiladigan (energoyomkiy) texnologiyani talab qilmaydi. Biroq, turizm boshqa sohalarni rivojlantirishni taqozo qiladi. Shu tufayli ushbu soha bilan koʻpgina xizmat koʻrsatuvchi sohalar bir-biri bilan uzviy bogʻliq ravishda rivoj topmogʻi lozim. Turizmning yuqori daromad keltiruvchi soha boʻlganligi tufayli koʻpgina davlatlar va tadbirkorlar uning rivojlanishi uchun katta eʼtibor bermoqdalar. Ular yangi-yangi mehmonxonalarni qurmoqda, eskilarini rekonstruksiya qilib taʼmirlamoqda, qaysiki ularni ham jahon standartlari talablariga moslashtirmoqda. Bunga birgina Samarqand shahrida qurilgan oʻnlab shaxsiy mehmonxonalarni misol keltirish mumkin. Ular hech kimning taʼziqi yoki koʻrsatmasisiz oʻz tashabbuslari bilan qurilgan obyektlardir. Maqsadi shu sohani rivojlantirib katta foyda olish. Bu esa oʻz navbatida, turizmni rivojlantirish uchun eng muhim omillardan biridir. Turistlarni koʻproq jalb qilish maqsadida dunyo tamadduni va tarixiy obidalar namunalarini qayta tiklash va asl holiga keltirish uchun ham katta eʼtibor berilmoqda. Masalan, Samarqandda “Bibixonim” majmuasining qayta tiklanishi, Imom Al-Buxoriy, Motrudiy kabi allomalarimiz majmualarining qaytadan barpo qilinishi kabilar bularga misol boʻla oladi. Bu sohani rivojlantirish uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga ham katta eʼtibor berilmoqda. Mamlakatimizning bir qancha oliy oʻquv yurtlarida (OʻzMU, TDIU, UzDJTU, SamISI kabilar) turizm, xalqaro turizm, turizm menejmenti, turizm xizmatlari operatorligi, turizm marketingi kabi oʻquv yoʻnalishlari boʻyicha bakalavr va magistrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilmoqda. Bularning hammasi kelajakda mamlakatimizda turizmning rivojlanishi uchun asosiy omillardir. Turizmning rivojlanishiga nafaqat daromad keltiruvchi iqtisodiy, balki katta ijtimoiy soha deb ham qarash lozim. Agar xalqaro turizm oʻz rivojini topsa xalqlar oʻrtasidagi madaniy va maʼrifiy aloqalarning mustahkamlanishiga, turli millatlarning doʻstlashishiga, davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarning yaxshilanishiga, oxir-oqibatda dunyoda tinchlikning qaror topishiga ham muhim omil boʻladi. Butun Yevropa birlashdi va birlashmoqda. Bu esa bir tomondan shu jarayonni tezlatsa, ikkinchi tomondan, turizmning rivojlanishiga katta omil boʻlib xizmat qilmoqda. Hozirgi paytda butun dunyo turistlarining 70 foizi faqat shu Yevropa mamlakatlariga toʻgʻri kelsa, butun Osiyo, Afrika va Avstraliya mamlakatlariga esa, uning atigi, 10 foizigina toʻgʻri kelmoqda3. Bu mamlakatlarda turizmning tez rivoj topmaganligining asosiy sabablaridan biri, Yevropa andozalari darajasida xizmatning tashkil qilinmaganligi, ekologik va siyosiy muhitning maʼlum darajada bir qator emasligi, suv va havoning toʻliq talabga javob bermasligidir. Bunday muammolar Oʻzbekistonda ham mavjud. Agar turistlar tarixiy obidalarni tamosha qilish bilan birga yoz paytlarida choʻmilish va sof havoda sayr qilishni maqsad qilib qoʻysa, birinchi yoʻnalish boʻyicha tegishli obidalarni, turistik obyektlarni topishimiz mumkin. Ammo chet mamlakatlardan kelib bemalol choʻmiladigan suv havzalarimiz, miriqib dam oladigan, ekologik jihatdan toʻliq talabga javob beradigan bogʻ, sunʼiy oʻrmonlarimiz yetarli emas. Albatta, toza havosi, ekologik jihatdan barcha talablarga javob beradigan betarkror tabiati va iqlimiga ega boʻlgan togʻlarimiz bor. Ammo ular turistik obyektlar qatoriga kiritilmagan va turistik marshrutda oʻz ifodasini topmagan. Buning ustiga togʻlarda turistlarga servis xizmati deyarli tashkil qilinmagan. Bulardan koʻrinib turibdiki, turizmni rivojlantirish uchun oʻzimizda hali ancha ishlarni amalga oshirishimiz lozim ekan. Turizmni rivojlantirishning yana bir muhim omillardan biri bu sohada reklamani yoʻlga qoʻyishdir. Ammo mamlakatimizda bu soha ham juda oqsoq holatda. Bir tomondan bu reklama maʼlum mablagʻni talab qiladi. Mablagʻ esa, turistik tashkilotlar hali rivojlanib ulgurmaganligi tufayli, kamlik qilmoqda. Oqibatda bu soha, ayniqsa diqqatga sazovor yangi-yangi turistik obyektlar aholining, turistlarning diqqat eʼtiboriga tushmasdan qolib ketmoqda. Oʻzimizda mavjud boʻlgan koʻpgina turistik obyektlarni nafaqat xorijiy, hatto oʻzlarimiz ham toʻliq bilmas ekanmiz. Mustaqillik yillarida birqancha alloma va avliyolarimizning qadamjoylari, qabr-maqbaralari qaytadan kashf etildi. Ammo uni ham aholining aksariyat qismi bilishmaydi. Masalan, Tayloq tumanida Xoʻja Darun, Urgut tumanida Imomi Aʼzam, Baxmal tumanida Mir Said Xalil, Fallaorol tumanida Sadir Vaqqos kabi avliyo va allomalarimizning maqbaralari tiklandi, yirik majmualar qurildi. Bu roʻyxatni yana ham davom ettirish mumkin edi. Bularning hammasi diqqatga sazovar, tarixiy ahamiyatga molik, maʼnaviyatimizning tarixiy ildizlaridan dalolat beruvchi obidalardir. Ammo bu obidalar turistik marshrutga, diqqatga sazovor obyekt sifatida kiritilmagan. Bu joylarga faqat yerlik aholi ziyoratga boradilar, xolos. Oʻsha joylarning tarixini, uning barcha qirralarini aholiga tushuntirib beradigan gitlarning yoʻqligi ham bu joylarning turistlar eʼtiboridan chetda qolib ketishiga asosiy sabablardan biri boʻlib qolmoqda. Demak, turizm kompleksini rivojlantirishda asosiy yoʻnalishlardan biri unga xizmat qiladigan kadrlar salohiyatini ham shakllantirish maqsadga muvofiq. Buning ichida xalqaro andozalar darajasida xizmat koʻrsatadigan servis sohasi, gitlar kabi mutaxassislarga alohida ahamiyat berish lozim, deb oʻylaymiz. Shunday qilib, mamlakatimizda turizmni rivojlantirish uchun turli yoʻllar, vosita va omillar borki, ulardan tadbir bilan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bularning shakli ushbu chizmada keltirilgan (5-chizma).
Download 403 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling