Turizmning vujudga kelishi va rivojlanishi


Download 141.8 Kb.
bet4/12
Sana15.06.2023
Hajmi141.8 Kb.
#1485315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Turizmning rivojlanishida resurslarning o\'rni kurs ishi

1-modda. Ushbu qonunning maqsadi turizm sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, turistlar va turistik faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
3-modda. Asosiy tushunchalar. Turizm–jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog’lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to’lanadigan faoliyat bilan shug’ullanmagan holda uzog’i bilan bir yil muddatga jo’nab ketish (sayohat qilish): turist – O’zbekiston Respublikasi hududi bo’ylab yoki boshqa mamlakatga sayohat qiluvchi (doimiy istiqomat joyidan turizm maqsadida jo’nab ketgan) jismoniy shaxs.
Ekskursiya faoliyati – turistik faoliyatning tarixiy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar va boshqa obyektlar bilan tanishtirish maqsadida oldindan tuzilgan yo’nalishlar bo’yicha ekskursiya yetakchisi hamrohligidagi 24 soatdan oshmaydigan ekskursiyalarni tashkil etishga doir qismi.
11-modda. Turistik sayohat va turistik xizmatlar majmuyi. Turistik sayohat yakka tartibda yoki turistik guruh tarkibida amalga oshiriladi. Turistik xizmatlar majmuyi transport xizmati ko’rsatishni, yashash, ovqatlantirish, ekskursiya xizmati ko’rsatish, madaniy, sport dasturlarini tashkil etish va boshqa xizmatlarni o’z ichiga oladi.
Qonunning boshqa moddalarida turistlar va turistik tashkilotlarning huquqlari, vazifalari, turli xil shartnomalar va ular bilan bog’liq bo’lgan faoliyatlar o’z ifodasini topgan.
Mazkur qarorlar va qonun asosida uyushtiriladigan turizm asosan davlat ahamiyatiga molik bo’lgan tadbirlardir. Bular asosan yo’llanma (ïóòåâêà) va ruxsatnomalar (ëèöåíçèÿ) orqaligina amalga oshiriladi va turli xil ulovlarda (samolyot, poyezd, avtobus, yengil mashinalar va hokazolar) yurish orqali amalga oshiriladi.
E’tirof etish lozimki, jahondagi juda ko’p mamlakatlarda, ayniqsa, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligida (MDH) turizmning bu shakllari bilan bir qatorda havaskorlik turizmi (piyoda yurish, toqqa chiqish, transportlarda yurish, daryo, ko’llar va hokazolarda sayr qilish) ham asosiy hisoblanadi. O’zbekistonda havaskorlik turizmining shakllanishi va uning rivojlanishida kasaba uyushmalari tashkilotlari g’amxo’rlik qilib kelganligi yuqorida bayon etildi. Lekin mustaqillik davrida havaskorlik turizmi shaklan va mazmunan o’z kuchini qisman pasaytirdi. Buning obyektiv va subyektiv sabablari bor, albatta. Ya’ni moddiy ta’minot, transport, jihozlar, xavfsizlikni saqlash, tashkiliy va xo’jalik ishlari hamda boshqa ko’p muammolar vujudga keldi. Shunga qaramasdan aholining salomatligini yaxshilash, o’quvchi-yoshlarning jismoniy kamolotini ta’minlash yo’lida turizmning o’rni va mohiyati yo’qolgan emas. Bular davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan e’tirof etilmoqda. Bunday ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy jarayonlarni amalga oshirish maqsadida “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari majmuyi ishlab chiqilib, u 2000-yil 1 martdan boshlab amalga oshirib kelinmoqda. E’tiborli tomoni shundaki, bunda barcha yoshdagi (6 yoshdan 60 yoshgacha) kishilar uchun mo’ljallangan sinov me’yorlar tarkibida sayr-sayohatlar (piyoda yurish) o’rin egallagan. Ularni namuna qilib ko’rsatish maqsadga muvofiqdir:

  1. Boshlang’ich sinf (I-IV) o’quvchilari uchun dam olish kunlarida 2–5 km masofalarga sayr (ekskursiya) tashkil qilish, piyoda yurish bilan atrof-muhitni kuzatish, tanishish.

  2. V-VII sinf o’quvchilari bilan ta’til paytlarida 10–12 km masofalik joylarga sayohat tashkil qilish yoki o’quv yili davomida kamida 2–3 marotaba 3–5 km masofaga sayohat qilish. Bunda turistik sharoitlar, jihozlar, chodir o’rnatish malakalarini oshirish.

  3. VIII-IX sinflarda dam olish kuni sayohatlarini (yil davomida2–3 marotaba) o’tkazish va 20–25 km uzoq masofalarga piyoda yurish. Chodir o’rnatish, kompas va boshqa vositalar orqali chamalab topish, madaniy dam olish va hokazolarni o’rganish.

  4. Akademik-litseylar (yuqori sinflar), kasb-hunar kollejlario’quvchi-yoshlari hamda Oliy ta’lim muassasalarining talabalari tunab kelish sayohatida qatnashishlari, turistik texnika bo’yicha musobaqalarda ishtirok etish va boshqa talablarni bajarishlari ko’zda tutilgan.

  5. O’rta va katta yoshdagi kishilar ham dam olish kunlari hamdatunab kelish sayohatlarida faol qatnashishlari tavsiya etilgan.

Maxsus testlardagi turistik talablar va sinov me’yorlari shug’ullanuvchi yoki qatnashchilarning yoshi, jismoniy tayyorgarligi, jinsi hamda sayohatlarga qiziqishlarini e’tiborga oladi. O’z navbatida ularning jismoniy jihatdan rivojlanishi, salomatlikni yaxshilash, chiniqish kabi sifatlar hamda o’zaro hamkorlik, do’stlik, o’lkani o’rganish bilan Vatanga mehr-muhabbat, sadoqat, ekologik muhitni saqlashga ko’maklashadigan nazariy bilim hamda amaliy ko’nikmalarni yanada mustahkamlash, ularni boyitish fazilatlari ham mujassamlashtirilgan.
Xulosa qilib aytganda turizm Respublikamiz aholisining ijtimoiyiqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yanada mustahkamlashga ma’lum darajada o’z hissasini qo’shmoqda. Bu yo’lda Respublikamiz Prezidenti va hukumati tomonidan olib borilayotgan turli-tuman tadbirlar, bevosita g’amxo’rliklar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
E’tirof etish kerakki, Islom dini olamida haj safarlari, ziyorat qilish, ulug’ allomalarni eslash kabi jihatlar ancha ustun turadi. Bunday mo’tabar tadbirlarni o’tkazishda yurtimiz fozillari, ulamolari va turli sohadagi kishilar faol ishtirok etmoqda. Samarqanddagi tarixiy yodgorliklar, ayniqsa, Amir Temur maqbarasi, Shohizinda, Bibixonim, Registon, Xo’ja Ahror, Imom al Buxoriy kabi ulug’ zotlarning ziyoratgohlari, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Toshkent kabi shaharlardagi tarixiy-madaniy yodgorliklar faqat O’zbekiston yoki Markaziy Osiyo xalqlarinigina emas, hatto Arab mamlakatlari, AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Angliya va jahondagi juda ko’p davlatlarning diqqatini o’ziga jalb etmoqda.
O’z navbatida yurtimiz aholisi haj qilish maqsadida Saudiya Arabistoni va boshqa arab mamlakatlariga sayohat qilishi yaxshi yo’lga qo’yildi.
Ziyolilar, yirik mulkdorlar, tijoratchilar va o’quvchi-yoshlar, talabalar ham xizmat yuzasidan turli sayohatlarda faol ishtirok etmoqda. Bu jihatdan olib qaraganda sobiq Sovetlar davridagi turizmdan hozirgisi ancha boy, keng qamrovli, buyuk maqsadlar yo’lida yangilanib borayotgan, oldingidan keskin farq qiluvchi sayohatlardir.
Aholining salomatligini yaxshilash, o’quvchi-yoshlarning jismoniy barkamolligini tarbiyalashda turizm o’z mavqeyi va maqomiga erishmoqda. Bu jihatlar “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari majmuyida o’z ifodasini topganligi muhim ahamiyatga egadir.


Download 141.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling