Turizmning vujudga kelishi va rivojlanishi


Ijtimoiy-iqtisodiy turistik resurslar


Download 141.8 Kb.
bet8/12
Sana15.06.2023
Hajmi141.8 Kb.
#1485315
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Turizmning rivojlanishida resurslarning o\'rni kurs ishi

3. Ijtimoiy-iqtisodiy turistik resurslar. Turizm – iqtisodiyotning ko’plab tarmoqlari bilan bog’langan bo’lib, qurilishdan boshlab transport xizmatigacha bo’lgan faoliyatning ixtisoslashgan turi hisoblanadi. Undan tashqari, qishloq xo’jaligi korxonalari, transport vositalari, ishlab chiqaruvchi zavodlar, mebel ishlab chiqaruvchi korxona va boshqalar bilan o’zaro aloqada rivojlanadi.
Mehnat resurslari. Turistik mahsulot ishlab chiqarish jarayonida insonlarning jismoniy va aqliy mehnati ishlatiladi. Bunda insonlarning sog’ligi va jismoniy kuchi, ma’lumoti hamda malakasi asosiy o’rinni egallaydi. Mehnat resurslarining miqdori, malakasi iqtisodiy omil sifatida katta ahamiyatga ega. Hozirgi kunda jahonda tashkil etilgan har 7 ishchi o’rindan biri turistik biznesga to’g’ri keladi. Yaqin o’n yil ichida Yevropa mamlakatlarida va boshqa qator mamlakatlarda ham turizm sohasi yangi ishchi joylarni tashkil qilishning yirik manbai bo’lib qolmoqda.
Turizm jahon xo’jaligi mehnat resurslarini ko’p talab qiluvchi tarmoqlaridan hisoblanadi. Turizm sohasidagi band ishchi kuchining o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ularning 70 foizi malakasiz hisoblanadi. Ularning yarmidan ortig’i ayollarni tashkil qiladi. Undan tashqari, turizm industriyasida yoshlar va chet el ishchi kuchidan keng foydalaniladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida har bir uchinchi 16 yoshdan 21 yoshgacha bo’lgan o’smir turizm sohasida ishlaydi.
Butunjahon mehnat tashkiloti turizmdagi bandlikni uchta asosiy shakllarga bo’ladi:

  1. Mavsumiy ish, bunda asosan sayyohlik mavsumida turistlar soni bir necha barobarga oshib ketadi, shunda qo’shimcha ishchi kuchiga talab oshadi.

  2. To’liqsiz ish kuniga asosan rivojlangan mamlakatlarning mehmonxona va restoran xo’jaligidagi band ishchi kuchlari kiradi.

  3. Turli mamlakatlarda to’liqsiz ishchi kuni bilan ishlayotganlar butun mehmonxona biznesida band ishchi kuchlarining 12 foizidan 52 foizigachani tashkil etadi.

  4. Vaqtinchalik ish bilan bandlik (dam olish kunlari, ko’rgazmalar tashkil etish).


Download 141.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling