Turkiston general-gubernatorligi
legal, medical, social, scientific journal
Download 23.66 Kb. Pdf ko'rish
|
130-132
legal, medical, social, scientific journal
www.pedagoglar.uz Volume 11. Issue 3. NOYABR 2021 Page: 131 qismiga teng edi. Turkiston general-gubernatorligining barcha hududi 1.779.618 chaqirimga teng boʻlgan. Rossiya hukmdor doiralari Turkistonni imperiyaning tarkibiy qismiga aylantirish va xalqlarini ruslashtirish uchun barcha vositalarni ishga soldi. Oʻlkadagi siyosiy, maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy islohotlar ana shu maqsadga qaratilgan edi. Asriy milliy davlatchilikni yoʻqotib ruscha idora usulini qoʻllash uchun Sankt- Peterburgningoliy siyosiy doiralari qonunlar majmuasini ishlab chiqdi. U tarixga "Turkiston oʻlkasini boshqarish haqidagi Nizom" nomi bilan kirgan. Nizomga koʻra, oʻlka hokimiyati "harbiyxalq boshqaruvi" deb nomlandi. Turkiston general-gubernatorligi viloyatlar(oblast), tuman (uyezd), jabhalar (uchastka), boʻlislar (volost) va oqsoqolliklarga boʻlindi. Viloyatlar, tumanlar va jabhalarni rus ofitsergenerallari, boʻlis va oqsoqolliklarni esa mahalliy xalq vakillari boshqargan. Viloyatlarga harbiy gubernatorlar, tuman — uyezd boshliqlari, jabhalarga esa uchastka pristavlari tayinlangan. Mustamlakachilar mahalliy boshqaruv idoralariga maʼsul shaxslar tayinlanishida nihoyat hushyor ish tutib, ilgʻor, taraqqiyparvar va millatparvar kishilar boʻlis boshqaruvchisi, oqsoqol, yuzboshi yoki qozi sifatida saylanib qolsa, ularni lavozimga tasdiqlamaslik uchun turli hiylanayranglarni ishga solganlar. Turkistonda mustamlaka idorasi 1898-yilgacha "harbiyxalq", undan keyin esa "maʼmuriypolitsiya boshqaruvi" deb atalgan boʻlsa ham uning mohiyati mazmunan oʻzgarmagan, barcha vakolatlar rus maʼmuriyati qoʻlida jamlangan. Turkistondagi siyosiy idora tizimi "tub aholi oʻrtasida har qanday norozilikni tagtugi bilan shafqatsiz bostirish, bironbir dushmanlik holati sezilsa, darhol uning kuchayishiga yoʻl qoʻymay boʻgʻib tashlash, tartibbuzarlar va ularning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling