Turkiston jadidchilik harakati tarixi Reja: Jadidchilik harakatining vujudga kelishi


Download 46.79 Kb.
bet4/4
Sana11.05.2023
Hajmi46.79 Kb.
#1450992
1   2   3   4
Bog'liq
jadidlik hafakati durdona

5. Jadid matbuoti
O‘zbek matbuoti tarixi jadidchilik harakati va jadid ziyolilari nomi bilan tabiiy ravishda bog‘lanadi. Jadidchilik – ancha chuqur, murakkab, ziddiyatli, ayni damda yangiliklarga, ezgu orzu-niyatlarga, amaliy faoliyatlarga to‘la bir ijtimoiy-siyosiy, adabiy-ma’rifiy harakatdir.
Jadid ziyolilari uchun eski usuldagi maktablarni isloh etish, badiiy adabiyotni yangi o‘zanga solish, teatr sahnasini ibratxonaga aylantirish naqadar muhim bo‘lsa, milliy matubot tashkili va taraqqiysi ham shu darajada ahamiyatli edi.
Jadidlar zamonida matbuotdagi haq so‘zning kundalik hayotga, odamlarga, jamiyatga ta’siri kuchli bo‘ldi. Vaqtli matbuot odamlarning ijtimoiy hayotiga faol aralashmog‘i va dunyodan boxabar bo‘lmog‘i uchun zaruratga aylandi. Boshlab gazetalar oyda bir bora bazo‘r chiqdi; asta-asta haftalik va kunlik nashrlar shiddat bilan odamlar orasiga kirib bordi; sahifalaridagi maqola va ma’lumotlar ma’naviy ehtiyoj tusini oldi.
Darhaqiqat, millat ma’naviyatini isloh etish, odamlarni ma’rifatli qilish, olamga ochiq nazar bilan boqishga o‘rgatish va mudroq tafakkurni uyg‘otishning eng asosiy omili sifatida jadidlar matbuotning qadrini baland ko‘tardi. Ular nazdida matbuot – fikrlar tilmochi, millat va el-yurt rivoji yo‘lida xizmatchi, odamlar ong-u shuurining quyoshi, har kimning vijdoniga tutilgan ko‘zgu bo‘lmog‘i lozim edi. «Ulfat» ko‘ngillar birligidan so‘z ochishi, «sado»lar ma’rifat va ma’naviyat, odobiyot va adabiyotning ovozi bo‘lishi kerak edi. Gazeta va jurnallar nomi shu ezgu niyatlarga moslab tanlandi.
Turkistonlik ziyolilar o‘zlari gazeta chiqargunga qadar bir muddat Qrimga – Baxchasaroyga ko‘z tikishdi. Ismoilbek Gasprinskiyning «Tilda, fikrda, ishda birlik» degan g‘oyalariga havaslanib qarashdi. Jadidlar shu allomaning «Tarjimon» (1883-1914) gazetasini o‘qib, uning muxlisi va muhibiga aylanishdi. Birinchi jadidlar nashri – “Taraqqiy” gazetasi Toshkent shahrida Ismoil Obidov muharrirligida, 1906 yil 27 iyundan e’tiboran chop etila boshlangan. Aynan shu sababdan ham hozirgi kunda O‘zbekistonda 27 iyun – “Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni” sifatida nishonlanadi. Albatta, bu davrga kelib Turkistonda o‘ziga xos milliy matbuot paydo bo‘lishining siyosiy-ijtimoiy omillari ko‘p edi.
1905 yil 17 oktyabr manifesti. Unda Rossiya fuqarolariga va’da qilingan so‘z, matbuot va jamiyatlar (ya’ni firqalar) tuzish erkinligi. Bu erkinliklardan foydalanish uchun bo‘lgan soha vakillari ilk marotaba harakat qilishgan. Ayni paytda mustabid hukumatning mahalliy aholini aldashga bo‘lgan urinishlari ijtimoiy muhitni bir muncha murakkablashtirgan.
Jadidshunos olim Begali Qosimov “Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik” kitobida qayd etganidek, “jadidchilikning mohiyatini Millat va Vatanni anglashdan ular manfaati uchun kurashigacha bo‘lgan qizg‘in va hayajonli jarayon tashkil qiladi”.
Jadidlar (ya’ni mahalliy ma’rifatparvar kuchlar) milliy gazeta chiqarish uchun harakat qiladilar. Natijada “Taraqqiy” gazetasi paydo bo‘ladi. Dastlabki vaqtda ziyolilar mazkur gazetaga alohida qiziqish bilan qaraydilar. Afsuski, ularning mazkur gazetadan kutgan narsalari yuzaga chiqmaydi va tez orada u chiqishdan to‘xtatiladi.
Ammo ana shu qisqa vaqt ichida mazkur gazeta dadil turib, mahalliy xalqlar manfaatlarini himoya qilishga urinadi. Hukumatga bo‘lgan munosabatini bildiradi. Gazeta sahifalarida erkinlik va ozodlik g‘oyalari tug‘iladi. Shu sababdan mustabid hukumat nashrni to‘xtatadi.
“Taraqqiy”ning muharriri Ismoil Obidiy qamoqqa olinadi. Shu singari “Xurshid”, “Shuhrat”, “Tujjor”, “Osiyo” gazetalarining faoliyati ham uzoqqa bormaydi.
Bu davrda Buxoroda jadidlar matbuoti yuzaga keladi. “Buxoroi sharif” va “Turon” gazetalari nashr qilina boshlaydi. Toshkentda “Sadoi Turkiston”, Qo‘qonda “Sadoi Farg‘ona” gazetalari ish boshlaydi. Samarqandda “Samarqand” gazetasi va “Oyina” jurnali chop etiladi. Jadidlar matbuoti bilan birga, Turkistonda diniy ulamolar nashrlari ham paydo bo‘ladi (“Al-Isloh” jurnali).
1914 yil iyul oyida boshlangan birinchi jahon urushiga tortilgan Rossiya imperiyasining bora-bora tinkasi qurib, iqtisodiy krizisga duchor bo‘ladi”, deb yozgan edi B.Do‘stqoraev va bu holat, tabiiyki, matbuotda ham o‘z aksini topadi. 1917 yil Fevral to‘ntarishidan keyin Turkistonda yuzaga kelgan siyosiy-ijtimoiy vaziyat milliy jurnalistikaga jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Bu davrda “Sho‘roi islomiya” jamiyati yuzaga keldi. Vaqtli hukumatning Turkiston komiteti tashkil etildi. Hokimiyatni egallash uchun zimdan ichki kurash boshlandi.
“Turkiston viloyatining gazeti” va “Turkestanskie vedomosti” gazetalari o‘z faoliyatlarini to‘xtatdi. “Najot” va “Kengash” gazetalari paydo bo‘ldi. “Turon” va “Sho‘roi islomiya” gazetalari qisqa muddatda faoliyat olib bordi. Turkistonda jadidlar va ulamolar firqalari tuzildi. “Hurriyat” gazetasi chiqa boshladi. Shuningdek, “Al-Izoh”, “Kengash” va “Yurt” jurnallari faoliyat yuritadigan bo‘ldi.
1917 yil Oktyabr to‘ntarishigacha bo‘lgan davrdagi yirik publitsistlar – Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori, Abdulla Avloniy, Ubaydulla Asadullaxo‘jaevlar ijodiga alohida to‘xtalib o‘tish mumkin.
Ta’kidlash joizki, M.Behbudiy ilk publitsist sifatida shakllandi. Adib publitsistikasining mavzu doirasi keng bo‘lib, u siyosiy publitsistika, maorif va madaniyatga bag‘ishlangan publitsistik chiqishlarga mualliflik qildi. Shuningdek, M.Behbudiy publitsistikasida Turkistonning istiqboli mavzuiga alohida o‘rin ajratiladi. Uning sayohatnomasi va uning muharrirlik faoliyati haqida ham batafsil ma’lumotlar saqlanib qolgan.
O‘zbek jurnalistikasi tarixini o‘rgangan yetakchi olim Boybo‘ta Do‘stqoraevning qayd etishicha “M.Behbudiyning ijtimoiy-siyosiy, adabiy-ijodiy, publitsistik, tashkilotchilik faoliyati rang-barang va sermazmun bo‘lib, u ma’rifatparvarlik g‘oyalarini tashviq etuvchidan istiqlolning nazariy va amaliy masalalarini hal etib berolgan lider darajasiga ko‘tarilgan shaxsdir”, deya e’tirof etadi professor B.Do‘stqoraev.
Munavvar qori ham o‘zbek milliy jurnalistikasiga dadil kirib kelgan ijodkorlardan hisoblanadi. Uning jurnalistik taqdirida “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Sadoi Turkiston”, “Najot” gazetalarinnig ahamiyati kattadir. Munavvar qorining maktab va madrasalar islohiga bag‘ishlangan publitsistikasi juda katta ahamiyatga molikdir. Publitsist ayrim holatlarda eskirgan, nojoyiz urf-odatlarni tanqid qiladi.
Foydalanilga adabiyotlar ro’yxati:


  1. Begali Qosimov,Sharif Yusupov,Ulug’bek Dolimov,Shuhrat

Rizayev,Sunnat Ahmedov “Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti”

Toshkent.Ma’naviyat 2009 y.


  1. Begali Qosimov “O’zbek adabiyoti va adabiy aloqalari tarixi” Toshkent

2008 y.


3.”Turkiston matbuoti tarixi” (1870-1917 yillar). Tuzuvchi:Nazira

Abdumajidovna Abduazizova.”Akademiya”nashriyoti.Toshkent 2010 y.



4.Begali Qosimov “Milliy uyg’onish” Toshkent.Ma’naviyat. 2002 y
Download 46.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling