Turkiston jadidchilik harakati tarixi Reja: Jadidchilik harakatining vujudga kelishi


Jadidchilik harakatining Turkiston oʻlkasiga yoyilishi


Download 96.5 Kb.
bet2/4
Sana24.01.2023
Hajmi96.5 Kb.
#1116716
1   2   3   4
Bog'liq
9-mavzu Turkiston jadidchilik harakati tarixi

2. Jadidchilik harakatining Turkiston oʻlkasiga yoyilishi.
Turkiston o‘lkasida rivojlanib borayotgan jadidchilik harakati o‘zida mazlum xalqning ozodlik g’oyalarini aks ettirdi. Uning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tasodifiy va favquloddagi voqea bo‘lmay siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy zaminiga ega edi. Birinchidan. Chor hukumati davrida siyosiy-ma’muriy tizim mustamlakachilik va milliy zulmga asoslangan bo‘lib siyosiy va insoniy huquqlar berilmadi. Jamiyatda adolatsizlik, zo‘ravonlik, haqsizlik, nazorat va ta’qib hukm surdi. Bunday ozodlikni barbod etgan boshqaruv tizimi jadidlarning siyosiy qarashi va faoliyatini shakllantirdi. Ikkinchidan Turkiston zaminining Rossiyani xom ashyo manbai va tayyor mahsulotlar bozoriga aylantirilishi jadidlarning iqtisodiy mustaqillikni tiklashga qaratilgan g’oyasini yuzaga keltirdi.
Jadidchilik shakllanish va magʻlubiyatga uchrash davrlari boʻlib, ularni shartli ravishda toʻrtga 1895-1905; 1906-16; 1917-20; 1921-29 yillarga bo‘lish mymkin.
Turkiston mintaqasidagi Jadidchilik harakati, tarqalish joyi va yoʻnalishiga koʻra, uchga boʻlinadi: Turkiston, Buxoro va Xiva jadidchiligi. Turkiston jadidlari bilan Buxoro va Xiva jadidlari oʻrtasida bir muncha tafovut bor. Turkiston oʻlkasidagi Jadidchilikning ijtimoiy asosini ziyolilar tashkil qildi. Ular chor Rossiyasi mustamlakachiligiga qarshi kurashning oldingi saflarida turib, chorizmning xom ashyo manbaiga aylantirilgan Turkistonning dastlab muxtor, soʻng mustaqil davlat boʻlishini yoqlab chiqdilar.
3. Jadidchilik harakatining ma’rifatparvarlik bosqichi – ta’lim va maorif masalari
Jadid namoyandalaridan biri Hoji Mu’in Shukrulloning “Millatning taraqqiysi aning avvali muntazam maktablaridan boshlanur. Agarda biz dinimizni, millatimizni yaxshi ko‘rub, muhofaza qilmoqchi bo‘lsak, avval saodat eshigi bo‘lgan maktabimizni zamong‘a muvofiq isloh qilish kerak” degan fikrini qayd etar ekan N.Mustafayeva jadidlarning ta’lim va maorif masalalariga e’tibor qaratadi.
Dastlabki jadid maktablari 1898 yilda Qo’qonda Salohiddin domla, 1899 yilda Toshkentda Mannon Qori va shu yili Andijonda Shamsiddin domlalar tomonidan ochilgan.
1911 yilga kelib, Turkistondagi yangi usuldagi maktablar soni 63 ta bo’lib, unda o’qiydiganlar soni 4106 tani tashkil etgan. Shundan, 36 ta maktab Farg’ona viloyatida, 12 tasi – Yettisuv va 5 tasi – Samarqand viloyatida joylashgan. Toshkentda 24 ta anna shunday maktablardan bo’lib, ular ta’lim berish sifati bilan ham ajralib turgan.
Mazkur o’quv muassasalarini, to’liq g’arb tipidagi maktablar deya olmasakda, lekin darslarni tanlash va tashkil etish, eng asosiysi, o’qitish uslubi bilan yaqin hioblangan. Eski maktablardan farqli o’laroq, bu maktablarda bolalar 40 kunda savodlarini chiqargan. Shuning uchun, bunday maktablar tezlikda aholini ishonchini qozonib borgan. Shuningdek, o’qituvchilarning yoshi 25 yoshdan oshmagan bo’lib, «tayoq uslubi» o’qitish haqida gap ham bo’lishi mumkin emasdi. O’qituvchilar orasida dastlab, tatar millat kishilar ko’p edi. Keyinchalik chor hukumati «panturkizm» va «panislomizm» g’oyalarini tarqalishidan qo’rqib, ularni o’qituvchilik faoliyati bilan shug’ullanishni ta’qiqlab qo’ydi. Ushbu masalani batafsil o’rgangan A.Xudoyqulovning fikricha, namunali yangi usuldagi maktablardan – Samarqandda Jo’raboyev va A. Shakuriy, Farg’onada – Abdul Vaxob va Farg’ona viloyatining Beshqovoq qishlog’ida – Mazitov maktabini, Toshkentda – Eshonxo’ja Xonxo’jayev, Sobirjon Raximov va Munavvar qori Abdurashidxonovlarning maktablari bo’lgan. Ayniqsa, hatto, chor hukumati ham Munavvar qori maktabini eng yaxshi maktab deb tan olgan. O’z vaqtida bu maktabni M. Uyg’un, Hamza, K. Ramazon va Oybeklar bitirib chiqqan.
Ta’kidlash joiz, yangi usuldagi maktablarni xususiyati shundaki, ular arab – fors yo’nalishidan voz kechib, asosan, o’zbek va tojik tillarida ta’lim olib borgan. Ba’zilarida rus tili ham o’qitilgan. Ularning tashabbuskorlari esa A.Shakuri va Munavvar qori bo’lgan. Aytish lozim, nihoyatda murakkablik bilan, ba’zi maktablarda o’g’il va qiz bolalarning birgalikda o’qishi kiritilgan, ayniqsa, Toshkent maktablarida. Agar aholini diniy darajasini e’tiborga olganda, bu haqiqatan ham inqilobiy qadam bo’ldi.
Jadid maktablarida ta’lim dastlab rus, xususan, tatar darsliklarida olib borilgan. Ammo, tezda ona tilida o’qitishning muhimligini anglagan o’qituvchilar, o’zlari ularni yarata bordilar. Masalan, M.Behbudiy va Munavvar qori Abdurashidxonovlar 15 dan ortiq o’quv qo’llanma va darsliklar yaratganlar. Jadidlarning yangi usul maktablarini ochishdagi ishtiyoqlarikuchayib borgan. Natijada, 1917 yilga kelib, Turkistonda ularning soni 100 taga yetgan.
Ma’orif tizimidagi yangilanish jarayonlari Buxoro amirligi va Xiva xonligida ham quloch yozdi. 1908 yilda Buxoroda Abdulvohid Munzim tomonidan dastlabki tojik tilidagi yangi usul maktabi ochildi. Lekin bu yerdagi muttassiblik tarafdorlari bo’lgan ruhoniylarning qarshiligi shu qadar kuchli va ta’sirli ediki, ba’zida bu bir to’da mullolarning bunday maktablarni yo’q qilishga chog’langan holatlar bo’lib turgan. A. Munzimning maktabi ham shunday holga uchragan. Uning o’zi esa, xavotirlanib Qarshi ketib qoladi.
Jadid maktablarining xavaskor tashabbuskorlaridan bo’lgan, S.Ayni ham do’stlarinikida uch hafta mobaynida yashirinib yurgan.
Natijada, 1909 yilda A.Munzimning maktabi yopildi, buxoroliklarga esa hatto tatar yangiusul maktablariga bolalarni o’qishga borish ta’qiqlangan. Biroq, yangi maktablar «shov – shuvga sabab bo’lgan» edilar va aholi o’z bolalarini bu maktablarga olib kelishni davom ettirganlar. Bolalar soni 50 taga yetgach, S.Ayni so’zlariga ko’ra Gavkushon madrasasi yaqinidagi tatar maktabiga berildi.
1910 yil dekabr oyining boshlarida Buxoro jadidlari «Tarbiyai atfol» nomli yashirin jamiyat tuzdilar, bu jamiyat boshlang’ich maxfiy usuldagi maktablarning ochilishi bilan shug’ullangan. 1911-1912 yillarda Buxoro amirligida bunday maktablardan 57 tasi faoliyat yuritgan. Ularning orasida eng yaxshilari Mukomil Burxonov, Usmonxoji Po’latxojiyev, Xolidxoji Mehri (1913) larniki bo’lgan. Buxorodagi Mulla Vafoning maktabida asosiy e’tibor rus tiliga qaratilgan.
Yangi usuldagi ta’lim amirlikning – Qarshi, Shahrisabz, Qorako’l, G’ijduvon kabi shaharlarida ham keng tarqaldi. 1914 yilda bu maktablar Buxoroning yuqori ruhoniy vakillari tazyiqi va amir Olimxonning buyrug’i bilan yopilgan. Aholi ayniqsa, ziyolilar yangiusul maktablarini yaxshi natijalarga olib kelganligini bildilar shu bois, turli ta’qiqlarga qaramay, ularning soni oshib boraverda.
Xiva xonligida ma’orif sohasidagi islohatlar ancha yengil kechdi. Bunga sabab, Xiva xoni Muhammad Raxim II (Feruz) madaniyat yangi texnologiyalar tarafdori edi. 1874 yilda uning tashabbusi bilan Rossiyadan Xivaga litografiya stanogi keltirildi. Aytish joiz, xonlikda yangi maktablarning ochilishi Buxorodagiga nisbatan hukumat qarshiligiga uchramadi. Feruzning o’zi maktablar tashkil etishni qo’llab quvvatladi, shu bois yuqori tabaqa amaldorlari ham shu yo’ldan bordilar.
1906 yilda uning ruxsati bilan Urganchda qizlar maktabi ochiladi. Shuningdek, ma’orif sohasida islohatlarda xonlik bosh vaziri hisoblangan Islom Xo’ja ham faol harakat olib bordi. U o’zining taraqqiyparvarlik qarashlari bilan, Xivada to’liq jadidchilik harakatini qo’llab-quvvatladi. Xiva xonligi ma’rifatparvarlari va rahbarlari, jumladan, Bobooxun Salimov, P.Yusupovlar tashabbusi bilan yangi Urganch, Qo’ng’irot, Gurlan, Shovotlarda yangi maktablar ochildi. Shuningdek bu boradi, «Jamiyati xayriya» tashkilotining ham o’rni muhim bo’lib, u mablag’ yig’ib yangi maktablar tashkil etishdi. B.Salimov va B.Raximovlar boshlang’ich maktablar uchun yangi darsliklar yaratdilar.
Jadidlarning halqaro aloqalari juda keng qamrovli bo’lgan. Ular Rossiya, Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlardagi jadidchilik oqimlari dasturlaridan xabardor bo’lganlar, o’zaro safarlar, muloqatlar orqali tajriba almashganlar. 1905-1906 yilgi Rossiyadagi inqilobiy harakatlar Turkistonga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Taraqqiyparvar kuchlar jipslasha boshladilar va jadidlar ma’rifatchilik faoliyatini jadallashtirdilar. Bu faqatgina maktablarda emas, balki jonli matbuotchilik faoliyati, jumladan, ro’znomalarning ko’plab vujudga kelishida ham ko’rindi. Chunonchi, 1906 yilda Ismoil Obidovning muharrirligida «Taraqqiy», shu yili Munavvarqori muharrirligida «Xurshid», 1907-1908 yillarda Abdulla Avloniy muharrirligida «Shuhrat», Ahmadjon Bektemirov muharrirligida «Osiyo» ro’znomalari chop etildi.
Lekin tez orada chor ma’muriyati o’zinig eksperti N.P.Ostroumov bildirishnomasiga asoslanib, bu ro’znomalarni man etdi. Ma’rifatchilikning yangi to’lqinida 1913-1915 yillarda «Samarqand», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg’ona», «El bayrog’i», «Kengash», «Ulug’ Turkiston», «Turon» ro’znomalari, «Oyina» oynomasi, 1917 yilda esa «Xurriyat», «Farg’ona sohasi» «Najot», ommaviy axborot vositalari ham paydo bo’ldi. Demak, yuqoridagi bildirilgan harakatlardan ko’rinib turibdiki, jadidlar taraqqiyotga erishishning bosh asosi milliy matbuot va halq ta’limini rivojlantirish deb hisoblaganlar.

Download 96.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling