Turkiston jadidchilik harakati tarixi Reja: Jadidchilik harakatining vujudga kelishi


Download 96.5 Kb.
bet1/4
Sana24.01.2023
Hajmi96.5 Kb.
#1116716
  1   2   3   4
Bog'liq
9-mavzu Turkiston jadidchilik harakati tarixi


Turkiston jadidchilik harakati tarixi
Reja:
1. Jadidchilik harakatining vujudga kelishi.
2. Jadidchilik harakatining Turkiston oʻlkasiga yoyilishi.
3. Jadidchilik harakatining ma’rifatparvarlik bosqichi – ta’lim va maorif masalari.
4. Turkiston o‘lkasida jadid teatrlarining yuzaga kelishi.
5. Jadid matbuoti.
6. Jadid namoyandalari tomonidan asos solingan kutubxonalar


Jadidchilik – XIX- asr oxiri XX- asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy harakat. Jadidchilik dastlab XIX-asrning 80-yillarida Qrimda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida qrim tatarlari oʻrtasida vujudga keldi. Jadidchilik harakati namoyandalari koʻpincha oʻzlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgan. “Jadidchilik” so‘zining asosida “jadid” so‘zi yotadi. “Jadid”ning ma’nosi “yangi” demakdir. U shunchaki “yangi” yoki “yangilik tarafdori” degani emas, balki “yangi tafakkur”, “yangi inson”, “yangi avlod” singari keng ma’nolarni o‘zida mujassam etgan.
Ismoil Gasprinskiy oilada ikkinchi o‘g‘il bo‘lib, 1851-yilning 21-martida Ovchiko‘y qishlog‘ida tug‘ildi. U to‘rt yoshga to‘lganida oilasi Bog‘chasaroy shahriga ko‘chib o‘tadi va u yerda joylashib qoladi. Yosh Ismoil ilk savodini Bog‘chasaroyda, Zinjirli madrasasida Hoji Ismoil degan muallim qo‘lida chiqaradi. Uning bu tahsili 10 yoshga to‘lguniga qadar davom etadi. Ayrim tadqiqotlarda uning tahsili madrasada 7 yil davom etganligi ta’kidlansa, ba’zilarida esa Ismoilbeyning madrasadagi tahsili juda oz bo‘lib, hatto ona tilidan ham yaxshi savod olmagan, degan fikrlar aytiladi. Ismoilbey 10 yoshga to‘lganida otasi Mustafobey o‘g‘lini Simferopoldagi harbiy maktabga beradi. Bu maktabda ikki yil tahsildan keyin u Voronej harbiy maktabiga va u yerdan Moskva harbiy bilim yurtiga o‘qishini ko‘chirtiradi. 1868-yili 17 yoshga to‘lgan Gasprinskiy Moskvadagi o‘qishini tashlaydi va Bog‘chasaroyga qaytib keladi. U Bog‘chasaroydagi mashhur Zinjirli madrasasida rus tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlay boshladi. Ismoilbey 1869-yili Yaltaning Dereko‘y qishlog‘idagi maktabga muallim etib tayinlanadi va Zinjirli madrasasidagi faoliyati uchun maorif mudirligining maxsus yorlig‘i bilan taqdirlanadi. Dereko‘ydan 1871-yili yana Bog‘chasaroyga qaytadi va Zinjirli madrasasidagi faoliyatini davom ettiradi.
Ismoil Gasprinskiy 1879-yildan boshlab gazeta tashkil qilish harakatiga tushdi. Gasprinskiy uzoq urinishlar va harakatlar natijasida 1881-yili “To‘ng‘ich” va “Shafaq” nomida ikki kichik varaqa chiqarishga muvaffaq bo‘ldi.
1882-yilning o‘rtalaridan boshlab Gasprinskiy doimiy ravishda nashr qilinadigan gazeta uchun ruxsat olishga qattiq kirishadi. Ayni vaqtning o‘zida u ikki yozma asar – “Solnomai Turkiy” va “Mir’oti Jadid”ni nashrdan chiqardi.
Ismoil Gasprinskiy 1883-yil 10-aprelda “Tarjimon” gazetasining birinchi sonini bosmadan chiqardi. Gasprinskiy “Tarjimon”ning birinchi uch yili davomida uning mundarijasi va ruknlarini kengaytirish va to‘ldirish maqsadida hukumat idoralariga 7 marta murojaat qiladi va har safar ijobiy javob oladi. “Tarjimon” gazetasi chiqa boshlaganidan boshlab 20 yil davomida Rossiya imperiyasidagi yagona musulmon matbuoti bo‘lib qoldi. Gasprinskiy Turkistonga birinchi sayohatini 1893-yil may oyida boshlaydi. Bu safardan ko‘zlangan maqsad, Gasprinskiyning yozishicha, Turkistonning haqiqiy tarixi va o‘sha davrdagi ahvoli bilan yaqindan tanishish bo‘lgan.
Buxoroda Gasprinskiy maktab va madrasalarga borib, u yerdagi hayot bilan tanishadi. O‘quvchi va talabalar bilan suhbat qiladi. Buxoroda 4 kun bo‘lgach, Gasprinskiy Samarqandga qarab yo‘l oladi. Samarqandda ham u birinchi navbatda rus ma’muriyatiga uchraydi. Uni Samarqand harbiy gubernatori graf Rostovsev qabul qiladi. Gasprinskiy gubernator bilan bo‘lgan yarim soatlik uchrashuv davomida u bilan o‘zini qiziqtirgan barcha masalalar: gazetadan maktabgacha suhbatlashib ulguradi. Suhbatdan ta’sirlangan gubernator “Tarjimon”ga obuna bo‘lish istagini bildiradi va Gasprinskiyga maktablar borasida batafsil ma’lumot olish uchun shahardagi rus-tuzem maktabi o‘qituvchisi bilan uchrashishni maslahat beradi. Afsuski, maktablarda yozgi ta’til bo‘lganligi sababli Gasprinskiy gubernator aytgan muallimni topa olmaydi. Samarqandda ham 4 kun bo‘lish davomida Gasprinskiy shaharning rus va mahalliy qismlari bilan batafsil tanishib chiqadi. Ismoilbey Samarqandda safardan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri – yangi maktab ochishga muvaffaq bo‘ladi. Maktab norasmiy tarzda ochilishiga qaramay xalq orasida tez shuhrat qozondi. Gasprinskiyning Turkistonga ikkinchi sayohati 1908-yilga to‘g‘ri keldi. Bu galgi safar oldingisidan maqsad jihatdan butunlay farq qiladi. Gasprinskiyning birinchi sayohatidan, yuqorida aytilganidek, ko‘proq tanishishni maqsad qilgan bo‘lsa, ikkinchi sayohat esa aniq, rejalashtirilgan maqsadga ega edi. Gasprinskiyning 1908-yilgi Turkiston sayohati qisqa bo‘ldi. Chunki u Rossiya bo‘ylab rejalashtirgan ikki oylik ish sayohatini vaqtida tugallashga shoshilar edi. Gasprinskiy Turkistonga 15 yil oralig‘ida qilgan ikki sayohatidan ko‘zlagan maqsadlariga yetdi. Bu sayohat unga ham, turkistonlik izdoshlariga ham foydadan xoli bo‘lmadi.

Download 96.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling