Turkiston muxtoriyati
Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi
Download 91.94 Kb.
|
Turkiston muxtoriyati
Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi (TASSR) — Turkiston oʻlkasida sovet tuzumi oʻrnatilgandan keyin bolsheviklar tomonidan tuzilgan va RSFSR ga kirgan avtonom respublika (1918—24). Maydoni 1.324.994 kv. versta. Aholisi 5 mln.dan ziyod kishi (1922). Poytaxti — Toshkent sh.
Turkiston oʻlka sovetlarining 5sʼyezdi (1918 y. 20 aprel—1 may)da 30 aprel kuni Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi (qisqachaTCP) degan nom bilan tashkil topdi. Sʼyezdsa oliy organlar: Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Koʻmitasi (Turkiston MI K) va Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti (Turkiston XKS) tuzilgan. TCP maʼmuriy jixatdan Fargʻona, Samarkand, Sirdaryo, Yettisuv, Zakaspiy, keyinchalik Amudaryo (Turkman) viloyatlariga boʻlingan. Respublika hududi BXSR, XXSR, Kozogʻiston ASSR, Afgʻoniston, Eron, Xitoy davlatlari bilan chegaradosh boʻlgan. Turkiston Respublikasi Sovetlarining favqulodda 6sʼyezdida RSFSR Konstitutsiyasi andozasida TCP Konstitutsiyasi qabul qilingan. 9sʼyezdda yangi Konstitutsiya qabul qilinib, TSRning nomi Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasi (TSSR) deb oʻzgartirildi. Respublika siyosiy hayotida Turkiston Kommunistik partiyasi — TKP (1918 y. iyunda Toshkentda tuzilgan) mugʻim rol oʻynagan. Hokimiyatning oliy qonun chiqaruvchi organi TSSR MIK hisoblangan. Ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organ TSSR XKS sanalgan. Birok, amalda hokimiyat RSFSR ning Toshkentdagi favqulodda organlari: Turkiston Komissiyasi, RKP(b) MK Turkiston byurosi (Turkbyuro), keyinchalik RKP (b) MK Oʻrta Osiyo byurosi (Sredazbyuro), Turkiston fronti qoʻlida boʻlgan. Soʻngra mahalliy hokimiyat RSFSRning turli komissarliklariga boʻysundirilgan. 1920 yilgacha mahalliy millat vakillari respublika oliy rahbariyati tarkibiga kiritilmagan. Keyinchalik T.Risqulov, N.Toʻraqulov, Q.Otaboyev, A.Rahimboyev, I.Xidiraliyev, R.Islomov, N.Aytoqov TSSR rahbarlari boʻlishgan. 1918 y. bahorda sovet hokimiyati tomonidan TSSRda sanoatning yetakchi tarmoqlari (paxta tozalash, yogʻmoy i. ch., koʻnchilik va boshqalar) hamda banklar musodara qilindi. Transport yoʻli davlat tasarrufiga oʻtkazildi. Oziq-ovqat taqsimoti (prodrazvyorstka) natijasida dehqonlar qoʻlidagi oziq-ovqat mahsulotlari tortib olindi. 1921 yildan oziq-ovqat soligʻi (prodnalog) joriy qilinib, yetishtirilgan hosilning katta qismi sovet organlariga majburiy topshirtirilgan. Hunarmandlar, savdogarlar va tadbirkorlardan ham katta miqsorda soliq olingan. Sovet rejimining xalqqa qarshi siyosatidan norozi boʻlgan milliy kuchlar qoʻlga qurol olib, qizil armiyaga qarshi kurashganlar. .TSSR iqtisodiyotiga harbiy xarakatlar katta zarar keltirgan. Kx izdan chiqib, ogʻir ahvolga tushib qolgan. Ekin maydonlari qisqarib, 1915 yildagi 3 mln. desyatinadan 1921 yilda 1,7 mln. desyatinaga tushib qolgan. Chorva mollarining soni 24 mln. boshdan 8 mln. boshgacha kamaygan. Respublika sanoati ham vayron boʻlgan edi. 1921 yilda yangi iqtisodiy siyosat (NEP)ga oʻtilgan, mavjud korxonalarni qayta tiklash bilan bir qatorda yangi korxonalar gʻam qurilgan. Biroq Turkiston sanoatida davlat sektori asosiy oʻrinni egallagan. TSSRda madaniyat ziddiyatli tarzda rivojlangan. Bir tomondan, yangi hokimiyat sovet maktablari, gaz. va jurnallar, madaniymaʼrifiy shoxobchalari (klublar, madaniyat uylari, qizil choyxonalar) tashkil qilishga alohida eʼtibor qaratib, mahalliy aholi ongiga kommunizm gʻoyalarini singdirishga harakat qilgan. Ikkinchi tomondan, milliy ziyolilar (Fitrat, Choʻlpon, Abdulla Qodiriy, Munavvarkori va boshqalar) milliy manfaatlarni qimoya qilib, sovet hokimiyati bilan murosa qilgan holda xalqqa maʼrifat tarqatish bilan ham shugʻullanganlar. 1918 y. 12 mayda Oʻrta Osiyodagi dastlabki oliy oʻquv yurti — Musulmon xalq dorilfununi (qarang Oʻzbekiston milliy universiteti)ga asos solingan. 1920 y. avgustda TSSRning Yettisuv viloyati, Sirdaryo va Zakaspiy viloyatlarining bir qismi yangi tashkil qilingan Kozogʻiston ASSR (RSFSR tarkibida; 1936 yildan Kozogʻiston SSR) tarkibiga kiritilgan. 1924 y. noyabr oyining oxirida Oʻrta Osiyoda oʻtkazilgan milliyhududiy chegaralanish natijasida TSSR tugatilib, uning hududi yangi tuzilgan Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (Oʻzbekiston SSR tarkibida; 1929 yildan Tojikiston SSR), shuningdek, K°raqirgʻiz (Qirgʻiziston) muxtor viloyati (RSFSR tarkibida; Kirgʻiziston SSR), Qoraqalpoq muxtor viloyati (Qozogʻiston ASSR tarkibida; keyinchalik Qoraqalpogʻiston ASSR, 1936 yildan Oʻzbekiston SSR tarkibida) tarkibiga kiritildi. Turkistonda hokimiyatning faqat ishchilar va yevropalik millat vakillari qo‘lida bo‘lib qolishi o‘lkadagi barcha demokratik kuchlarning hukumatga bo‘lgan ishonchsizligini kuchaytirib yubordi. Bunga qarshi Markazdagi bolsheviklar hukumati chekka o‘lkalar, shu jumladan Turkistonda ham “sovetcha asosdagi avtonomiya” o‘rnatishga qattiq kirishdi. Bu vazifani amalga oshirish uchun Moskvadan ko‘plab partiya va sovet xodimlari Turkistonga jo‘natildi. Jumladan, P.A. Kobozev O‘rta Osiyoning favqulodda komissari qilib yuborildi. 1918 yil 20 aprel – 1 may kunlari Toshkentda Turkiston o‘lkasi Sovetlarining V s’yezdi bo‘lib o‘tdi. Unda “proletar demokratiyasi”ga tegishli tamoyillari bo‘yicha tanlab olingan 251 deputat (shundan 120 tasi tub millat vakillari) ishtirok etdi. S’yezd kun tartibidagi asosiy masala Turkistonda Sovet mafkurasiga asoslangan bolshevikcha avtonomiya yaratish bo‘ldi. Sovetlarning V o‘lka s’yezdi o‘zining markaziy hokimiyatga tobeligini ochiq namoyon etib, Moskvaga sovet Rossiyasi siyosiy rahbariyatining “barcha inqilobiy shiorlari hayotga qat’iy tadbiq etilishi” ta’kidlanib telegramma jo‘natdi. Bunga javoban V.I.Lenin va I.Stalin zudlik bilan javob telegrammasi yo‘lladilar. Unda quyidagi so‘zlar bor edi: “…sovnarkom sizning sovetlar asosidagi o‘lkangiz avtonomiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz siz boshlagan ishlarni yoqlaymiz va butun o‘lkani sovetlar tarmog‘i bilan qoplaysiz, mavjud sovetlar bilan to‘liq aloqada bo‘lasiz deb to‘liq ishonamiz”. S’yezd delegatlari Lenin va Stalinning ko‘rsatmalari asosida 1918 yil 30 aprelda “Rossiya Sovet Federatsiyasi Download 91.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling