Turkiston o‘lkasi 1917-yil fevral-oktyabr oralig‘ida


Download 9.4 Kb.
bet2/4
Sana22.10.2023
Hajmi9.4 Kb.
#1715959
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu; taqdimot

O‘zbek xalqining boshqa bir fidoyi farzandi Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan o‘rtaga tashlangan “Haq olinur, berilmas!” shiori butun millatning jangovar chaqirig‘iga aylandi.
Mustaqillik va ozodlik uchun, Turkistonda muxtoriyat o‘rnatish uchun parlament yo‘li orqali kurashgan Turkiston taraqqiyparvarlari va jadidlarining faoliyati oradan 100 yildan ortiq vaqt o‘tgan bugungi kunda ham diqqatga sazovor hodisa sanaladi.
Abdurauf Fitrat

Fevral inqilobi va uning Turkiston o‘lkasiga ta’siri.


Insoniyat tarixida shunday voqealar bo‘ladiki, ular butun-butun davlatlar va mamlakatlarda yashovchi yuzlab xalqlarning keyingi taqdirini butunlay o‘zgartirib yuboradi.
Ana shunday voqealardan biri 1917-yil 27-fevralda (yangi hisob bilan 12-martda) bo‘lgan Rossiyadagi Fevral inqilobidir.

Fevral inqilobi Rossiya imperiyasi hududida samoderjaviyega barham berdi, imperator (podsho) ning cheksiz hukmronligi tugadi. Rossiya imperatori Nikolay II o‘z ixtiyori bilan 2-mart kuni taxtdan voz kechdi.


Rossiya imperiyasi poytaxti Petrogradda bu paytda mitinglar va qo‘zg‘olonlar boshlanib, u Fevral inqilobi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Rossiya imperatori Nikolay II

Petrogradda Davlat dumasining Muvaqqat komiteti tuzildi. Ishchi va soldat deputatlari Soveti saylandi.


1-mart kuni Moskvada, mart oyida butun mamlakatda yangi hokimiyat o‘rnatildi. Rossiyadagi Muvaqqat hukumatga Georgiy Lvov (1917-yil mart – iyul) va Aleksandr Kerenskiy (1917-yil iyul – oktyabr) boshchilik qilishdi.

Fevral inqilobi Turkiston o‘lkasi musulmon aholisini siyosiy jihatdan uyg‘otishda, demokratik o‘zgarishlarga boshchilik qilmoqchi bo‘lgan yangi kuchlarning siyosat maydoniga chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi.


Jadidlar vujudga kelayotgan milliy demokratik kuchlarning o‘zagi bo‘lishdi. Ular mintaqa tub xalqlarining taraqqiyot va mustaqillik to‘g‘risidagi o‘z g‘oyalarini Fevral inqilobi g‘oyalari bilan bog‘lab, o‘zlari e’lon qilgan tamoyillarni amalga oshirishga faol kirishdilar.

Download 9.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling