Turkiston o’lkasi mustamlaka davri arxivi
Download 0.93 Mb.
|
Turkiston o’lkasi mustamlaka davri arxivi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shoralar davrida O‘zbekistonda arxiv ishi (1917-1991)
- Turkiston muxtoriyati tashkil topganligi haqidagi hujjat
- E’tiboringiz uchun rahmat!
Turkiston o’lkasi mustamlaka davri arxiviReja:
Bizning kunimizga kelib, Rossiya tomonidan Xiva va Qo‘qon xonliklari va Buxoro amirligi bosib olinishidan avval, ularning arxivlari to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar bor. Chor Rossiyasi Xivani bosib olib xon saroyidagi moddiy va ma’naviy boyliklar musodara qilingan. Xon saroyini musodora qilishda ishtirok etgan sharqshunos A.L.Kunga uch yuzga yaqin qo‘lyozma kitoblarni to‘plagan, har xil hujjatlarni Osiyo muzeyiga ajratdi, qolgan materiallarni general Kaufman Peterburgdagi imperator jamoat kutubxonasiga sovg‘a qilganUshbu kutubxona va arxivning keyingi taqdiri noma’lum bo‘lib ketgan edi, lekin 1936-yilda sharqshunos P.I.Ivanov Leningraddagi Saltikov-Shedrin nomidagi Davlat jamoat kutubxonasining qo‘lyozmalar bo‘limida qo‘lyozmalar bilan ishlayotganida ro‘yxatga olinmagan hujjatlar ichida o‘zbek tilidagi hujjatlarni ko‘rib qoladi, hujjatlar Xiva xonligi arxivi ekanligi aniqlangan. Keyinchalik hujjatlarning ma’lum bir qismi Qo‘qon xoni arxiviga tegishli ekanligi aniqlandi. P.P.Ivanov tomonidan jami bo‘lib 120 dona daftar topilgan, bu hujjatlar 1822-1872-yillarga taalluqli edi. 1931-yilda Buxoro arkining yerto‘lasidan tartibsiz yotgan 77764 dona o‘ram topilgan, bu o‘ramlar arab grafikasida tojik tilida yozilgan. Bu materiallar keyinchalik O‘zbekiston Markaziy davlat tarixi arxiviga topshirilgan. Buxoro Amirining Qushbegi arxivi hujjatlari XIX-XX asrning boshlariga tegishli bo‘lib, Rossiya siyosiy agentligi bilan ichki va tashqi siyosiy masalalar bo‘yicha xat almashuvlari, amirlik mansabdor shaxslar ustidan shikoyatlar, yer solig‘i hujjatlari, jinoyatlarni tergov qilish hujjatlari va boshqalardan iborat edi.Graf K.K.Palen Turkiston o‘lkasida 1908-1909-yillarda taftish o‘tkazib, devonxonalar uchun qurilgan binolarda arxivlarga ajratilgan xonalar kichik ekanligini ta’kidlab o‘tadi, shuningdek ko‘p hujjatlar muassasa rahbarlarining buyrug‘iga asosan yo‘q qilinganligi ko‘rsatiladi.Rossiya o‘lkalarida arxiv hujjatlariga bee’tibor bo‘lishgan. Oqibatda hujjatlarning kerakligigi muddati o‘tgandan so‘ng yo‘q qilingan. Rossiya guberniyalarida arxiv hujjatlarini ommaviy ravishda yo‘q qilinishiga qarshi kurash maqsadida N.V.Kalachev loyihasi asosida 1884-yil guberniya rahbarligida arxiv komissiyasi tuziladi.Turkistonda arxiv ishini tashkil qilish va tartibga keltirish uchun faqatgina bir marotaba K.P.Kaufman uringan, u Turkiston general-gubernatorligi devonxonasi boshlig‘iga Toshkentda Markaziy arxiv uchun bino qurish haqida 1873-yil oktyabrda farmoyish bergan. Ma’lumki, Turkiston general-gubernatorligining siyosiy markazi hisoblangan Toshkentda barcha asosiy ma’muriy va harbiy idoralar joylashgan edi. Bu markaziy arxivga barcha muassasa va idoralarning tugatilgan ishlari kelib tushishi kerak edi. Kaufman arxivga Toshkent jamoat kutubxonasini ham qo‘shishini istar edi. Markaziy arxivni 4 bo‘limga bo‘lish ko‘zda tutilgan: 1).Turkiston general-gubernatorligi bo‘limi hujjatlari; 2).Viloyat boshqaruvi, sud va Toshkent yarmarka komitetining hujjatlari; 3). Turk harbiy okrugining shtabi, Okrug harbiy soveti, topografiya bo‘limi va barcha harbiy bo‘limlar hujjatlari; 4).Sirdaryo viloyat shtati, komendant boshqaruvi, gospital ishlari kelib tushishi kerak edi. Lekin joydagi rahbarlarning bu ishga sovuqqonligi natijasida Kaufmanning bu harakatlari 18-avgust 1876-yilda to‘xtatilgan.Shoralar davrida O‘zbekistonda arxiv ishi (1917-1991)
YaDAFni boshqarish uchun Turkiston Respublikasi Arxiv ishi bosh boshqarmasi tashkil qilindi. YaDAFga 1917-yil 25-oktyabrgacha bo‘lgan barcha hujjatlar topshirilishi kerak edi.“Arxiv ishini qayta qurish va markazlashtirish to‘g‘risida”gi qarorda arxiv hujjatlarini yo‘q qilish tartibi o‘rnatildi. Davlat idoralari Arxiv ishi bosh boshqarmasi ruxsatisiz o‘z hujjatlarini yo‘q qilish huquqiga ega emas, deb ko‘rsatilgan.RSFSR Arxiv ishi bosh boshqarmasi (Bosharxiv)dan Toshkentga vakil qilib D.I.Nechkin yuborildi. Turkkomissiya uni Turkiston Respublikasi Arxiv ishi markaziy boshqarmasi boshlig‘i qilib tayinladi. D.I.Nechkin MIKning arxiv to‘g‘risidagi qaroriga o‘zgarishlar kiritdi.Turkiston muxtoriyati tashkil topganligi haqidagi hujjatArxiv hujjatlarini tartibga solish ulardan ilmiy va amaliy maqsadda foydalanish imkonini berdi. Arxivning ilmiy xodimlari bir necha ilmiy ishlar tayyorlashdi. Masalan;, A.A.Galperin “1918-yil martda Kolesovning Buxoroga yurishi” asarini yozgan edi.E’tiboringiz uchun rahmat!Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling