Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining órnatilishi va uning ayanchli oqibatlari. Reja
Download 35.8 Kb.
|
Sovet
Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining órnatilishi va uning ayanchli oqibatlari. Reja: Kirish Oktyabr to`ntarilishi. Turkistonda mustabid sovet rejimining o`rnatilishi Turkiston Muxtoriyati hukumati va uning faoliyati Turkiston mintaqasida sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat va uning oqibatlari Xulosa Adabiyotlar Kirish XX asr O`zbekiston tarixida, o`zbek xalqi hayotida ham chuqur iz qoldirdi. Xalqimiz bu asrda bir-biridan farqli bo`lgan uch xil tuzumni boshdan kechirdi. Rossiya imperiyasi va mustabid sovet totalitar tartiboti asoratlari ortda qoldi. 1991-yil 31-avgustda O`zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining e`lon qilinishi esa o`zbek xalqi tarixidagi unutilmas voqealardan biri bo`ldi. 5220200-bakalavriat tarix mutaxassisligi kunduzgi bo`limi talabalari uchun mo`ljallangan Istiqlolchilik harakati tarixi fani Vatanimiz xalqlarining 1917-1935- yillarda mustabid sovet tuzumiga qarshi olib borgan erk va ozodlik kurashlari tarixini o`rganadi. Fanni o`rganish jarayonida o`zbek xalqining doimo erkinlik, ozodlik va mustaqillik uchun mustamlakachilarga qarshi kurash olib borganliklari haqidagi tarixiy haqiqatni yetkazish bilan birgalikda, talaba yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uslublarini tadqiq etishga asosiy e`tibor qaratiladi. Istiqlolchilik harakatining mohiyati, sabablari va harakatlantiruvchi kuchlari. Petrograddagi 1917-yil oktyabr davlat to`ntarishi. Qo`qonda Turkiston muxtoriyatining tuzilishi. Turkiston muxtoriyatining qonga botirib tor-mor keltirilishi. Qizil armiya qismlari va arman dashnoqlarining Farg’ona vodiysidagi xunrezliklari. «Bosmachilik» atamasi va uning sovet tarixchilari tomonidan tomonidan talqini. Istiqlol uchun kurashning boshlanishi, Katta va Kichik ergashlar faoliyati. Qo`rboshilar qurultoylari va ularning istiqlolchilik harakati tarixida tutgan o`rni. Turkiston qo`rboshilari: jangovar faoliyati va qismati, harakatning g’oyaviy mafkurachilari. Istiqlolchilarni yagona bayroq ostiga birlashtirishda qo`rboshilarni tutgan o`rni. Farg’ona, Samarqand, Buxoro va Xorazm qo`rboshilari. Qo`rboshilar siyosiy qiyofasiga chizgilar. Jadid ziyolilari va islom ulamolari istiqlolchilarning g’oyaviy rahnamolari va mafkurachilari. «Turkiston milliy birligi» tashkiloti va uning faoliyati. Download 35.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling