87
obyektiv vaziyatni hisobga olmaslik va ko’r-ko’rona
faqat qurolli kurashga
tayanish ayanchli oqibatlarga olib kelardi. Ikkinchidan bolsheviklar va sovetlar
ilgari surayotgan dastur va shiorlar (og’izda bo’lsada) jadidlarning “Ozodlik,
Tenglik va Adolat”dan iborat dasturiy shiorlariga hamohang edi. Bu hol jadidlarga
davr
bilan hisoblashish, bolshevistik sovetlar hukumatiga yaqinlashish,
ular bilan
hamkorlik qilish asosida strategik dasturiy maqsad uchun kurash olib borish
kerakligi to’g’risida hayotiy saboq berdi..
“Birlik” jamiyati 2-3-yil faoliyat ko’rsatdi.
Chunki Munavvarqori
Abdurashidxonovning ta’kid etgani singari “Yoshlarning ko’pchiligi firqaga
(Kompartiya nazarda tutilmoqda - mualliflar) kirgandan keyin u o’z-o’zidan tugab
ketdi”
111
.
Do'stlaringiz bilan baham: