Turkistonda sovet hokimiyatining o`rnatilishi
Download 183.62 Kb.
|
Turkiston
Aloqa vositalari Respublikada aloqa vositalari tarmog‘i kengaydi. Urushdan keyingi yillarda shaharlararo telefon, telegraf aloqalarining keng tarmoqlari vujudga keldi. Kabel va radiorele liniyalari qurildi. 1965-yilda Toshkent — Moskva va Ittifoqning boshqa shaharlari bilan koaksial kabeli orqali bog‘landi. 1971-yilda Toshkentda shaharlararo kuchli avtomatik telefon stansiyasi ishga tushirildi. 1972-yilda Samarqand, Buxoro, Termiz, keyinroq Namangan, Qarshi, Farg‘onada AMTS-IM tipidagi shaharlararo avtomotik stansiyalar ishga tushirildi. Natijada shahar telefon tarmoqlarining 160 ming abonenti o‘z telefonlaridan kod yordamida shaharlararo avtomatik telefon aloqasi bilan bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 1985-yilda shaharlardagi telefon stansiyalarining abonent telefonlari soni 953,9 mingtaga yetdi. Kolxoz va sovxozlar telefonlashtirildi.
1985-yilda respublikada 4166 ta pochta, telegraf va telefon aloqasi kprxonalari ishladi. Radio eshittirish tarmpqlari kengaydi. 1956-yil 5-noyabrda O‘zbekistonda birinchi marta Toshkent tele-vizion markazi ishlay boshladi. 60-yillarning oxirlari-gacha Farg‘ona vodiysi, Samarqand viloyati ham televizion ko‘rsatuvlar bilan ta'minlandi. 1977-yilda Samarqand va Andijonga Toshkent televideniesining ikki programmasini rangli tasvirda uzatishga erishildi. 1978—1979-yillarda Toshkentda balandligi 350 metrli televizion minora qurildi. Urganch va Nukusda telemarkaz qurilib ishga tushirildi. O‘zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi yetakchi o‘rinni egallaydi. 50—80-yillarda yerning meliorativ holatini yaxshilash, yangi yerlarni o‘zlashtirish, sug‘orish inshootlari qurish ishlari avj oldirildi. KPSS MQ va SSSR Ministrlar Sovetining 1956-yilgi «Paxta yetishtirishni ko‘paytirish uchun O‘zbekiston SSR va Qozog‘iston SSRdagi Mirzacho'1 qo‘riq yerlarini sug‘orish to'g'risida»gi, 1958-yilgi «O'zbekiston SSR, Qozog‘iston SSR va Tojikiston SSR dagi Mirzacho‘lni sug‘orish va o‘zlashtirish ishlarini yanada kengaytirish va jadallashtirish to'g'risida»gi qarorlariga asosan irrigatsiya tarixida birinchi bo‘lib Mirzacho‘lda katta maydonlarda qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish ishlari olib borildi. Yirik ishlab chiqarish bazasi barpo etilib, qurilish ishlari industrial aspsda olib borildi. 1956-yilda qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish bosh bpshqarmasi «Glavgolodnostepstroy», 1963-yilda irrigatsiya va sovxozlar qurilishi bo‘yicha o‘rta Osiyo bosh boshqarmasi («Glavsredazsovxozstroy»), ularning hududiy boshqarmalari, joylarda trest va qurilish boshqarmalari tizimi tashkil etildi. Yangi yerlarni o‘zlashtirish jarayoni yangi sovxozlar, ularning xo‘jalik binplari, aholi yashaydigan pasyolkalar bunyod etish bilan birga olib borildi. 1956— 1965-yillar-da Mirzacho‘lda 84 ming gektar yangi yer o‘zlashtirildi, 16 ta paxtachilikka ixtisoslashgan, bitta bog‘dorchilik uzumchilik sovxozlari tashkil etildi. Shu yillarda o‘zlashtirilgan joylarda 456 ming kv metr turar joy binolari, o‘nlab maktablar, bolalar bog‘chalari, kasalxonalar, oshxonalar, madaniy-maishiy muassasalar barpo etildi. 170 km temir va 759 km avtomobil yo‘llari qurildi, 637 km elektr liniyalari o‘tkazildi, xo‘jaliklar turar joy binolari gazlashtirildi. 1957-yilda Yangier va 1961-yilda Guliston shaharlari vujudga keldi. 1963-yil 16-fevralda markazi Guliston shahri bo‘lgan Sirdaryo viloyati tashkil etildi. Viloyatda paxta ekiladigan yer maydonlari 1956-yildagi 120 ming gektardan 1965-yilda 211 ming gektarga, paxta xom ashyosi yetishtirish esa 243 ming tonnadan 441 ming tonnaga ko‘paydi. Mirzacho'1 yerlarini sug‘orish, meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari amalga oshirildi. Janubiy Mirzacho'1 kanali qurildi. Markaziy Farg‘ona, Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasida, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida ham sug‘oriladigan dehqonchilikni kengaytirish, irrigatsiya-qurilish ishlari keng kp'lamda olib borildi. Qoraqalpog‘istonda yangi sholikorlik sovxozlari ishga tushirildi. Buxoro viloyatida 1963-yilda Amu-Qorako'1 mashinakanali, 1965-yilda Amu-Buxoro mashina-kanali qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada Buxoro viloyatida 90 ming gektar yer, jumladan, 26 ming gektar yangi yer maydonlari sug‘oriladigan, Qizilqum sahrosida maydoni 300 ming gektardan ortiq yaylovlarga suv boradigan bo‘ldi. 1953—1963-yillarda Markaziy Farg‘ona cho‘llarida 72,4 ming gektar yer o‘zlashtirildi, 16 ta yangi kolxoz va 2 ta yangi sovxoz vujudga keldi. 50—60-yillarda Kosonsoy, Qamashi, Farg‘ona, Pachkamar, Chorvoq, Quyimozor, Janubiy Surxon, Chimqo‘rg‘on, Toshkent, Ohangaron suv omborlari qurildi. 1959-1965-yillarda respublika bo‘yicha 381,8 ming gektar yangi sug‘oriladigan yerlar o‘zlashtirilib xo‘jalik ishlariga kiritildi. Suvdan tejab foydalanish maqsadida 545 km beton ariqlar qurildi, 1965-yilda 900 ta sug‘orish sistemasida 22 mingdan ortiqroq gidrotexnik inshootlar ishlab turdi, bu 800 ming gektar sug‘oriladigan yerlarni suv bilan ta'minlashni yaxshilashga imkon berdi. Jizzax va Qarshi cho‘li, Mirzacho'1, Surxon-Sherobod va Markaziy Farg‘ona hamda Quyi Amudaryo yerlarini o‘zlashtirish, suv chiqarish ishlari avj oldi. Jizzax cho‘lida 70 ming gektardan ko‘proq yangi yerlar o‘zlashtirildi. O‘zlashtirilgan yerlarda Mirzacho'1 (1967), Do‘stlik (1970), Zafarobod (1973), Arnasoy (1977) tumanlari tashkil etildi. Sanoat korxonalari barpo etilgan, aholi zichroq yashaydigan posyolkalar bazasida Paxtakor (1974), Do‘stlik (1974), Gagarin (1974) shaharlari vujudga keldi. Jizzax cho‘lida 1454 ming kv metr turar joy binolari, 21,9 ming o‘rinli maktablar, 6800 o‘rinli bolalar bog‘chalari, klublar, shifoxonalar, oshxonalar qurildi. 1973-yilda Jizzax viloyati tashkil etildi. Sirdaryo viloyatida yangi yerlarni o‘zlashtirish ishlari davom ettirildi. 1966—1975-yillarda 181 ming gektar yangi yerlar o‘zlashtirildi. 50-yillarning ikkinchi yarmidan 70-yillarning o‘rtalarigacha qishloq xo‘jalik ishlariga kiritilgan yangi yerlar maydoni 280 ming gektarni tashkil etdi. Bu yerlarda 55 ta sovxozlar vujudga keldi. Mirzacho'1 va Jizzax cho‘llarini o‘z ichiga olgan yangi paxtachilik iqtisodiy rayoni vujudga keldi, sanoat komplekslari qurildi. 1985-yilda Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida 731 ming tonna paxta xom ashyosi yetishtirildi. Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Xorazm viloyatlarida, Qoraqalpog'iston ASSRda ham suv xo‘jaligi, yangi yerlar o‘zlashtirish ishlari keng miqyosda olib borildi. 70-yillarda Amudaryo suvi hisobiga eng yirik Tuyamo‘yin, Kampirrovot daryosi bo‘yida Andijon, Namangan viloyatida Chortoq va Eskar, Samarqand viloyatida Qoratepa, Surxondaryo viloyatlarida Surxon suv omborlari bunyod etildi. Katta Namangan, Parkent va boshqa kanallar qurildi. Shunday qilib, O‘zbekiston hududida 1946—1965-yillarda qariyb 600 ming gektar yangi sug‘oriladigan yerlar ishga tushirilgan bo‘lsa, 1966—1985-yillarda 1,6 million gektar yangi yerlar o‘zlashtirilib foydalanishga topshirildi. 1985-yilda 10 milliard kubometr suvni to‘plovchi 23 ta suv ombori, 197 ming km uzunlikdagi kanallar, 900 ta sug‘orish sistemasi, 92 ming gidro uzellar ishlab turdi. o‘zlashtirilgan qo‘riq yerlarda 160 ta sovxoz tashkil etildi, 7,7 mln. kv m. turarjoy, 37 ming o‘rinli maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, 102 ming o‘rinli umumta'lim maktablari barpo etildi. Qishloq xo‘jaligining moddiy texnik bazasi mustahkamlandi. Xo‘jaliklarni elektr energiyasi bilan ta'minlash, ularga traktorlar va boshqa qishloq xo‘jalik mashinalari, mineral o‘g‘itlar yetkazib berish ishlari ancha yaxshilandi. Masalan, 1985-yilda kolxoz va sovxozlarda 189 ming traktor, 37 ming paxta terish mashinalari va boshqa turdagi texnika vositalari bor edi. Download 183.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling