Turkistonda sovet hokimiyatining o`rnatilishi
Download 183.62 Kb.
|
Turkiston
Oziq ovqat sanoat,
O‘zbekistonda mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga asoslangan ko‘p tarmoqli oziq-ovqat sanoati kompleksi barpo etildi. Uning yog‘-moy, konserva, non, un yormasi, qandolat, go‘sht, sut, baliq, choy, tamaki, vino yetishtiruchi tarmoqlari ishladi. 1985-yilda oziq-ovqat sanoati kompleksida 271-korxona faoliyat ko‘rsatdi. Tarmoqning respublika sanoat mahsulotlari umumiy hajmidagi salmog'i 14 foizni tashkil etdi. Bu tarmoqda yog‘-moy sanoati yetakchi o‘rinda turardi. 1970-yillarda respublikada ishlaydigan 17 ta yirik yog‘-moy korxonasi 2,2 million tonna paxta chigitini qayta ishlab 294 ming tonna paxta yog‘i ishlab chiqargan bo‘lsa, 1985-yilda O‘zbekistonda 451 ming tonna paxta yog‘i ishlab chiqa-rilgan. Respublikada go‘sht kombinatlari 1960-yilda 97,4 ming tonna go‘sht, 18 ming tonna kolbasa mahsulotlari ishlab chiqargan bo‘lsa, 1985-yilda 232,3 ming tonna go‘sht, 54 ming tonna kolbasa mahsulotlari yetishtirilgan. 24 ta sut zavodida 1985-yilda 554 ming tonna sut mahsulotlari, 1167 tonna sir, 10,9 ming tonna mol yog‘i yetishtirilgan. Respublikada qandolat sanoati ham birmuncha o‘sdi. 50-yillarda Namangan va Buxoro shaharlarida konditermakaron fabrikalari, 1964-yilda Yangiyo'1 konditer fabrikasi ishga tushirildi. Yigirmanchi yillarda qurilgan Toshkent «O'rtoq» konditer fabrikasi 1965-yilda tubdan rekonstruksiya qilindi. 1968-yilda Yangiyo'1 drojji (achitqi) zavodi qurildi. 1985-yilda qandolat sanoati tarmog‘iga qarashli 60 ga yaqin zavod va sexlarda 165 ming tonna qandolat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Respublika sanoati bir tomonlama rivojlantirildi, boshqa mintaqalardagi korxonalar uchun xom ashyo bazasiga aylantirildi. Oltin, mis, qo‘rg‘oshin rux, volfram, molibden kabi nodir metallar xom ashyo sifatida boshqa mintaqalarga olib ketilardi. Paxta, kanop mahsu-lotlarining mo'1-ko'lligi yengil sanoatni ustun darajada rivojlantirish va katta daromad olish imkoniyatini berardi, ammo bunday imkoniyatlarga amalda nazarpisand qilinmadi. Respublika aholisi boy tabiiy resurslardan, og‘ir mehnat evaziga yetishtirilayotgan qimmatbaho paxta xom ashyosidan bahramand bo‘lolmadi. Respublikada anchagina yirik sanoat korxonalari qurildi, biroq ular mustaqil ravishda tayyor mahsulot ishlab chiqaraolmas edi. Bu korxonalarda tayyorlanadigan mashinalar, asbob-uskunalar uchun zarur bo‘lgan butlash buyumlari boshqa mintaqalardan keltirilar edi, respublika korxonalari Rossiya va Ittifoqning g‘arbiy respublikalaridagi korxonalarga qaram edi. Download 183.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling