Turkistonda sovet hokimiyatining o`rnatilishi


Download 183.62 Kb.
bet32/45
Sana30.01.2023
Hajmi183.62 Kb.
#1140629
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45
Bog'liq
Turkiston

Paxta monokultura
Respublika qishloq xo‘jaligida paxta monokultura sifatida rivojlantirildi. 1950-yilda 1,1 mln. gektar yerga g‘o‘za ekilgan bo‘lsa, 1985-yilda qariyb 2 mln. gektar yerga g‘o‘za ekildi. Paxta xom ashyosi shu yillarda 2,3 mln. tonnadan 5,4 mln. tonnaga yetdi. Hosildorlik har gektar hisobiga 20,1 sentnerdan 27,0 sentnerga ko‘tarildi.
Markaziy hokimiyat Ittifoq mehnat taqsimotida, yagona xalq xo‘jaligi kompleksida O‘zbekistonning asosiy o‘rni paxtachilik ekanligini qafiy belgilab qo‘ygan edi. O‘zbekistonga og‘ir vazifa — SSSRning xalqaro maydonda paxta mustaqilligini ta'minlash vazifasi yuklatilgan edi. Mana shu boisdan paxta O‘zbekistonda monokulturaga, ya'ni hukmron tarmoqqa aylandi. 1985 yilda respublika paxta maydonlari barcha ekin maydonlarining uchdan ikki qismini egallar edi. Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo, Jizzax, Buxoro viloyatlarida esa uning salmog‘i 70—75 foizga yetardi. Bu holat ekinlarni ilmiy asoslangan mezonlarga binoan almashlab ekish va tuproq unumdorligini qayta tiklash imkonini bermasdi. Paxtachilikda juda zaharli ximikatlar (butifos, merkaptofos) haddan tashqari ko'p miqyosda qo‘llanilardi, ularni saqlash va ishlatish qoidalari buzilardi. Bunday bedodlikdan odamlar zaharlanardi, atrof-muhit ifloslanardi, suv, havo va tuproq ham minerallashib zaharlanib bordi. Kasalliklar soni ortdi, o‘lim, nosog‘lom bola tug‘ish hollari ko‘paydi.
Paxta og‘ir va mashaqqatli mehnat evaziga yetishtirilardi, dehqonlar ter to‘kib ishlardi, biroq mehnatiga yarasha haq olmasdilar. Negaki, birinchidan, paxta xom ashyosiga kam xaq to‘lanar edi, ikkinchidan, paxta xom ashyosidan tayyor mahsulotlar tayyorlash asosan boshqa mintaqalarda amalga oshirilardi, daromadning ko‘p qismini tayyor mahsulotlar tayyorlovchilar olardi, xomashyo yetishtiruvchilar nochor ahvolda qolaverdi.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida makkajo‘xori, bug‘doy ham yetishtirilardi. 1970-yil-larda barcha viloyatlarda 18 ta ixtisoslashgan makkajo‘xorichilik sovxozlari tashkil etildi va makkajo‘xori yetishtirish sezilarli darajada ko‘paydi.
Biroq 80-yillarning o‘rtalarida bu tarmoqqa e'tibor kamaydi, makkajo‘xori ekishga ajratilgan ekin maydonlari keskin kamaytirildi. Natijada, makkajo‘xori yetishtirish pasayib, 1985-yilda atigi 443,1 ming tonnaga tushib qoldi. Sersuv va jazirama issiq bo‘ladigan joylarda sholi yetishtirilar edi. Sholi asosan Chirchiq, Ohangaron, Sirdaryo bo‘ylarida ekilardi. O‘zbekiston Kompartiyasi MQ va Ministrlar Kengashi 1978-yil noyabrida sholi yetishtirishni yanada ko‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qarorga muvofiq Amudaryoning quyi qismida— Qoraqalpog‘iston ASSR va Xorazm viloyatida ancha yerlar o‘zlashtirildi va ixtisoslashtirilgan maxsus sholikorlik sovxozlari tashkil etildi. Birgina Qoraqalpog‘istonda sholikorlikka ixtisoslashtirilgan sovxozlar soni 19 taga yetdi. 1960-yilda Qoraqalpog‘istonda 3,6 ming tonna sholi tayyorlangan bo‘lsa, 1983 yilda 332,3 ming tonna sholi tayyorlandi. Sholi yetishtiriladigan asosiy hududlardan ikkinchisi Xorazm viloyatidir. 1960-yilda Xorazm viloyatida 13,6 ming tonna sholi yetishtirilgan bo‘lsa, 1985-yilda 117,9 ming tonna sholi tayyorlandi. Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida ham sholi yetishtirish ancha ko‘paydi. 1985-yilda respublika bo‘yicha 482,9 ming tonna sholi tayyorlandi, bu 1970-yilga nisbatan 2,6 marta ko‘p edi.
Respublikada bug‘doy, arpa yetishtirish imkoniyatlari katta, ammo bu imkoniyatdan foydalanilmadi, bug‘doy ekish uchun sug‘oriladigan yer ajratilmadi. Bug‘doy va arpa bahorikor (lalmikor) yerlarga ekilardi. Hosildorlik gektariga 5—8 sentnerdan oshmasdi. 1985-yilda atigi 387,9 ming tonna bug‘doy yetishtirildi, aholining bug‘doyga bo‘lgan talabi mutlaqo qondirilmasdi, respublikaga boshqa mintaqalardan bug‘doy keltirilar edi. Respublika dalalarida shirin-shakar mevalar va uzum, qovun va tarvuzlar, sabzavotchilik mahsulotlari yetishtirildi. Respublikada 49 ta sovxoz meva va uzum yetishtirishga ixtisoslashtirilgan edi.
Keyingi yillarda sitrus mevalar yetishtirish rivojlandi. Xalq seleksioneri Zayniddin Faxriddinov Toshkent viloyatida katta limonariya yaratdi. Termiz tumanida barpo etilgan «Navro'z» limonariyasining maydoni 50 gektarga yetdi. Aholining limonga bo‘lgan ehtiyojining katta qismi respublikada yetishtirilgan limon bilan qoplanadigan bo‘ldi.
1961-yilda respublikada 116,5 ming gektar mevazor, 46,4 ming gektar uzumzorlar bo‘lgan bo‘lsa, 1985-yilda ularning maydoni ancha kengayib mevazor bog‘lar 206,1 ming gektarni, uzumzorlar 133,4 ming gektarni tashkil etdi. Shu yillarda meva yetishtirish 152,2 ming tonnadan 633,0 ming tonnaga, uzum tayyorlash 223,6 ming tonnadan 635,6 tonnaga ko‘tarildi.
Barcha viloyatlarda, ayniqsa yirik shaharlar atrofida kartoshka sabzavot yetishtirish yo‘lga qo‘yMi. 50—80-yillarda respublikada 45 ta sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan kolxoz, 35 ta sabzavot, sutchilik sovxozlari tashkil etildi. Sabzavot, kartoshka yetishtirish va poliz ekinlari maydoni 1960-yildagi 108,9 ming gektardan 1985-yilda 196,3 ming gektarga kengaydi. Shu yillarda kartoshka yetishtirish 162,7 ming tonnadan 240,7 ming tonnaga sabzavot tayyorlash 377,3 ming tonnadan 2,4 mln. tonnaga, poliz mahsulotlari 263,7 ming ton-nadan 790,0 ming tonnaga ko‘paydi. Xorazm, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ko‘p miqdorda qovun tarvuz yetishtirildi.
Chorvachilik ham o‘sdi. 60-yillarda qoramolchilikka ixtisoslashtirilgan 30 ta sovxoz tashkil etildi. 70-yillarning ikkinchi yarmida davlat va kolxozlar mablag‘lari hisobiga 45 ming sigir boqiladigan sutchilik komplekslari, 65 ming buzoq boqiladigan go‘shtchilik komplekslari va ochiq maydonda 190 ming bosh qoramol boqiladigan 13 ta ixtisoslashtirilgan komplekslar qurildi. 1985-yilda xo‘jaliklar 4,1 mln. bosh qoramol, shu jumladan, 1,6 million sigirlarni boqib mahsulotlar yetishtirdi. 1982-yilda chorvachilik, cho‘chqachilik va sutchilik komplekslari soni 82 taga yetdi.
Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlari, Qoraqalpog‘iston ASSRda 90 taga yaqin ixtisoslashtirilgan qorako‘lchilik sovxozlarida 5 mln dan ortiqroq qorako'1 qo‘ylari boqilib, qimmatbaho qorako'1 terilar yetishtirildi. Shuningdek, 3 mln. boshdan ortiqroq xisori va jaydari qo‘ylar boqildi.
60—70-yillarda parhez parranda go‘shti, tuxum ishlab chiqaradigan 20 dan ortiq yirik parrandachilik kpm-plekslari barpo etildi, parrandalarni oziqlantirish, ko‘paytirish, tuxum va go‘sht yetishtirish ishlari mexanizatsiyalashtirildi. 1985-yilda respublikada 33,5 mln. tovuqlardan qariyb ikki mlrd. dona tuxum olindi, bu 1960-yildagiga nisbatan to‘rt marta ortiq edi.
O‘zbekistonda sobiq Ittifoq bo‘yicha yetishtirilgan pillaning uchdan ikki qismi yetishtirilardi. 1985-yilda xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilib davlatga sotilgan pilla 32,2 ming tonnaga yetdi. Shuningdek, yiliga o‘rta hisobda 4 ming tonnaga yaqin asal tayyorlandi. Amudaryo, Sirdaryo va Orol dengizi qirg‘oqlarida andatra, nutriya, norka va boshqa hayvonlar urchitildi va mo‘ynalar tayyorlandi. Baliqchilik xo‘jaliklari 1985-yilda 26 ming tonna mahsulotlar yetishtirdilar.

Download 183.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling