Turkistonda sovet hokimiyatining o`rnatilishi


Turkistonda sovetlar boshqaruv tizimining mustaxkamlanishi. TASSRning tishkil topishi


Download 183.62 Kb.
bet5/45
Sana30.01.2023
Hajmi183.62 Kb.
#1140629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Turkiston

3. Turkistonda sovetlar boshqaruv tizimining mustaxkamlanishi. TASSRning tishkil topishi.

1918 yil yanvar oyidayoq bolsheviklar Turkiston Muxtoriyatiga qarshi Turkiston avtonomiyasini tuzish masalasini ko‘tarishgan edi. Bu muammo faqat Turkiston sovetlarining V-s’ezdida (1918 yil 20 aprel-1 may) hal qilindi. S’ezd Rossiya Sovet Sosialistik Federasiyasi tarkibida Trukiston respublikasi (tarixiy adabiyotlarda Turkiston avtonom respublikasi)ni tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Turkiston respublikasining Markaziy Ijroiya Komiteti (MIK) va XKS saylandi. Ular tarkibiga ilk marta tub millatlarning vakillari kiritildi. SHuningdek, s’ezda sanoat korxonalarini musodara (nasionalizasiya) qilish va boshqa ayrim masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi. SHunday qilib, sovet Rossiyasi tarkibida qo‘g‘irchoq markazga tobe Turkiston avtonom respublikasi tashkil qilindi.


Turkiston respublikasi XKS va MIK ichida hokimiyat uchun o‘zaro kurashlar, mojarolar va janjallar avjiga chiqdi. Oktyabr oyida Turkiston XKS raisi F.Kolesov va boshqa ayrim amaldorlar egallagan lavozimidan bo‘shatildi.
1919 yil 19 yanvarda harbiy komissar K.Osipov boshchiligida Toshkentda isyon ko‘tarildi. K.Osipovning buyrug‘i bilan 14 komissar otib tashlandi. Isyonchilar tomonidan sovet hokimiyati ag‘darildi, hokimiyat masalasi Ta’sis Majlisida hal qilinadi, deb e’lon qilindi. Biroq isyon Toshkent temir yo‘l ustaxonalari ishchilari va boshqa harbiy qismlar tomonidan tezda bostirildi. K. Osipov avval Farg‘ona vodiysiga, so‘ngra Buxoro amirligiga qochib ketdi. Bu isyon bahonasida bolsheviklar 1919 yil mart oyi boshida so‘l eserlarni hukumatdan siqib chiqarib, yakka o‘zlari hukmron bo‘lib oldilar.
1919 yil 8 oktyabrda Moskvada Turkkomissiya (Rossiyaning Turkiston ishlari bo‘yicha komissiyasi) tashkil qilinib, u Toshkentga jo‘natildi. Turkkomissiya, keyinchalik Turkbyuro va O‘rta Osiyo byurosi kabi turli xil komissiya va byurolar muntazam ravishda Rossiya Markazidan Turkistonga jo‘natib turildi. Markaz o‘zining bu favqulodda organlari orqali Turkiston  mintaqasini boshqarishga, mahalliy xalqlarni mustamlakachilik asoratida ushlab turishga intildi.
Bu paytda butun Rossiyada bo‘lgani singari Turkiston respublikasida ham “harbiy kommunizm” siyosati joriy qilindi. Bu siyosat o‘z mohiyatiga ko‘ra xalqqa qarshi qaratilgan edi. U xususan boyliklarni harbiy yo‘l bilan dehqonlarga katta zarba berdi Turkistonda ham sovet tuzumi bir qator dekretlar chiqarib, oziq-ovqat razvyorstkasi (taqsimoti)ni joriy qildi. Aslini olganda, dehqondan u etishtirgan mahsulotning deyarli hammasi tortib olindi. Bozorlar yopildi, savdo-sotiq ta’qiqlandi. 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan barcha erkak va ayollar uchun majburiy mehnat majburiyati joriy qilindi. Sovet tuzumining bunday mustamlakachilik siyosati  oqibatida milliy-ozodlik harakati mintaqada kuchayib, avj olib ketdi.
Takrorlash savollari
1. Nima sababdan Turkistonning tub aholisi oktabr g`oyalarini qabul etmadi?
2. Turkiston Muxtoriyatini tashkil qilish g`oyasi qanday kelib chiqdi??
3.  Turkiston Muxtoriyatini holokatga olib kelgan asosiy sabablarni ko`rsatib bera olasizmi?.
4. Turkistonda sovet avtonomiyasini tuzishdan maqsad nima edi?



Download 183.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling