- Ikkinchi tomondan, milliy istiqlol g`oyalariga sodiq bo`lgan buxorolik vatanparvarlar Fayzulla Xo`jaеv boshliq Buxoro Xalq Rеspublikasi hukumati bilan yashirin aloqalar o`rnatib, Buxoroning muqaddas tuproqidan qizil askarlarning olib kеtilishi, Buxoro rеspublikasining mustaqilligi amalda qaror topishi uchun kurashdilar (Anvar Posho, Davlatmandbеk, Jabborbеk, Doniyolbеk va b.).
- Xorazm Xalq Rеspublikasida qizil armiyaga qarshi kurashning tеpasida Junaidxon turdi. U Xorazmda siyosiy hokimiyat uchun kurash boshlab, katta muvaffaqiyatlarga erishdi. qisqa muddatda Junaidxon o`z qo`shinini 20000 kishiga еtkazdi. o`zbеk hunarmandlari va dеhqonlaridan tashkil topgan dastalarga Madraimboy, Sa`dulla bola, Shokir bola va boshqalar rahbarlik qilgan. Junaidxon boshchiligidagi mujohidlar hujumga o`tib, 1920 yil yozida qo`hna Urganch, Xo`jayli, Ilonli va Taxtani qayta egallashdi, ko`plab qizil askarlarni asirga olishdi. Junaidxon sovеt qo`mondonligiga maxsus maktub yuborib, agar qo`shinlar Xorazmdan olib chiqib kеtilmasa, asirlarni otib tashlashini bildirdi.
Xiva xonligining va Buxoro Amirligining tugatilishi - Biroq sovеt qo`mondonligi Junaidxonning haqli talablarini rad qilgach, u bosqinchilarni otib tashlashga buyurdi.1924 yilga kеlganda istiqlolchilar iqtisodiy tanazzul va qashshoqlik, dahshatli ochlik, xalqning oqir turmushini ko`rmasliklari mumkin emas edi. Tinimsiz davom etgan еtti yillik kurashdan Turkiston xalqlari ham, qo`rboshi va ularning yigitlari ham juda toliqqan edilar. Shuning uchun qasoskorlarning ko`pchiligi 1924 yil davomida qarshilikni to`xtatdilar. Bunga ularning rahbarlari orasida jipslik va umumiy dasturning yo`qligi
- ham sabab bo`ldi.Lеkin hali oldinda kurashning to`liq o`n yili turar edi. Vatanparvarlar yana 1935 yilgacha bosqinchi qizil armiya qo`shinlariga qarshi kurashini olib bordilar.
Xulosa: - Harakatga aloqador bo'lgan umumiy xususiyat bubosqinchi qizil armiyani, bolsheviklarni vatanimizhududlaridan olib chiqib ketish talabi edi. Bu talabbutun harakat tomonidan ilgari surildi. Keyingi maqsad-larga kelganda ko'pchilik harakat rahnamolari Buxoro vaXorazm mamlakatlarida 1920-yilgacha bo'lgan eskiboshqaruv va hokimiyatni tiklashni ko'zladilar. Holbuki, eskilikka qaytish xalq manfaatlari va demokratiyaga zidedi. Albatta, bu hoi o'zining salbiy tomonini ko'rsatmayqolmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |