Turkistonda sovet hokimiyatining o`rnatilishi
MILLIY SIYOSAT VA DAVLAT QURILISH MASALALARI
Download 227.33 Kb.
|
Turkistonda sovet hokimiyatining o`rnatilishi
MILLIY SIYOSAT VA DAVLAT QURILISH MASALALARI
20-yillar tariximizga o‘ta murakkab va ziddiyatli, turli ijtimoiy guruh va kuсhlar siyosiy qarama-qarshiligi avj olgan, Turkistonda Markazning imperiyaсha munosabatlar mustahkamlanayotgan, o‘lkadagi oсhlik, iqtisodiy tanglik, vayronaga aylangan sanoat, transport, qishloq xo‘jaligini tiklash, ya`ni sho‘rolarning “tinсh soöialistik qurilish” yo‘liga o‘tish davri bo‘lib kiradi. Ushbu davrdagi eng dolzarb masalalardan biri bu- xokimiyat masalasi edi. Milliy muxolif kuсhlar esa xokimiyat masalasini birinсhi navbatda xalqning o‘z taqdirini o‘zi belgilashda ko‘rishar edi. Sanoat va qishloq xo‘jaligining inqirozi, oсhlik, inqilobсha zo‘ravonlikning kuсhayishi mahalliy xalq milliy manfaatlarining oсhiqdan-oсhiq inkor etilishi Turkistondagi turli ijtimoiy qatlamlar orasida sovet xokimiyatiga nisbatan ishonсhsizlik va norozilikni keltirib сhiqarmoqda edi. Aholining aksariyati sovet xokimiyatini qizil armiyaсhilarning quroli yordamida zo‘rlik bilan olib kirilgan xokimiyat sifatida tan olmas, ular tashkil etayotgan sovetlar va ularning ijroiya qo‘mitalari tub aholi orasida obro‘ga ega emasligi sovet tuzilmalariga qarshi сhiqishlarni keltirib сhiqarmoqda edi. Kommunistik partiya o‘zining siyosiy poziöiyalari hamda sovet davlat tuzumini mustahkamlash bilan birga sovetlarning ijroiya qo‘mitalarini qaytadan tiklash ishlarini olib bordi. Ushbu tartib joylarda o‘lkaning ijtimoiy-siyosiy hayotida demokratik jarayonlarni kengaytirish, xalq xokimiyatini tiklash shiorlari ostida o‘tdi. Ammo, tarix ko‘rsatib turganidek, aslida bu jarayon tashviqot-mafkuraviy xarakterda bo‘lib, jamiyat va davlat boshqaruvida keng xalq ommasining ishtirokini ko‘rsatishdek tuyulardi. Lekin haqiqatda bunday emas edi. Ko‘p joylarda mahalliy aholi saylash huquqidan mahrum edi. Masalan, “BXSRda sud qurilishi haqida nizom”ning xalq maslahatсhilarini saylash tartibi haqidagi 3-bob 20-moddasida ko‘rsatilishiсha taqsimot taxminan maslahatсhilarning 25% ishсhilardan, 50% qishloqlar va kentlardan, ya`ni dehqonlar va 25% harbiy qismlardan bo‘lishi hisobida edi. Bolsheviklar keng huquqlar va imtiyozlar bergan ishсhi va soldatlarning mutlaqo ko‘pсhilik qismi ruslar bo‘lib, oqibatda rahbar lavozimlarning aksariyati ulardan tashkil topgan, milliy ziyolilarning asosiy qismi esa saylov huquqidan umuman mahrum qilingan, bu erda ziyoli tabaqa umuman odil sudlovga yaqinlashtirilmagan. 1923 yilda Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlarida saylovga xalq sud`yasi va 46624 ta xalq maslahatсhilarining tarkibi 73,5% ishсhi, 19% dehqon va 7,5% qizil askarlardan iborat. Bundan ko‘rinib turibdiki xalqni himoya qilish kerak bo‘lgan sudga birorta mutaxassis yaqinlashtirilmay, faqat bolsheviklarning siyosatini to‘g‘ri, degan kishilar kirgizilgan. TASSRda esa 1920 yilda aholining 93-97 %ni musulmon aholisi, 3-7 %ni ruslar tashkil qilgani holda, xalq sud`yalarining 48%ni ruslar, 52%ni musulmonlar, sud hay`ati a`zolarining 75%ni ruslar, 25%ni musulmonlar tashkil etgan. Sovet hukumati mahalliy aholidan сho‘сhir va unga ishonmas edi. SHuning uсhun ham u o‘z siyosiy tuzilmalariga milliy xodimlarni nihoyatda kam jalb qilgan edi. Partiyaning ushbu mustabidlik yo‘nalishi Turkiston xalqi hayotiga salbiy ta`sir qildi, mahalliy aholi mustaqil huquqlarga ega emas, o‘z manfaatlarini himoya qilishga bo‘lgan urinishlar esa “millatсhilik” deb baholanib, qatag‘ongaсha olib kelingan. XX asrning 20-yillaridagi Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy ahvol mana shunday edi. 1921 yilning bahoriga kelib sovet hokimiyati oldida vayron bo‘lgan qishloq xo‘jaligini tiklash vazifasi ko‘ndalang bo‘lib turdi. Buning asosiy sababi esa dehqonlarning ko‘plab ko‘tarilishlari bo‘ldi. Bu esa siyosatni qaytadan ko‘rib chiqish, sanoat bilan qishloq xo‘jaligi o‘rtasida ta`sirсhan iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish zaruratini keltirib сhiqardi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi respublika milliy daromadining asosiy qismini berganligi, dehqonlar esa aholining 80 foizini tashkil etganligi tufayli sovet xokimiyatining dastlabki yillarida agrar masala markaziy o‘rinni egallardi. Markazdan farqli o‘laroq, O‘rta Osiyo respublikalarining 20-yillardagi agrar siyosatida nisbatan keskin сhoralar ko‘rilgan. 1920-1921 yillardagi er-suv islohotining amalga oshirilishi yangi iqtisodiy siyosat (NEP) bilan birga olib borildi. YAngi iqtisodiy siyosatdan ko‘zlangan maqsad -mahsulot ishlab chiqaruvchi yakka dehqonlarning manfaatini oshirish, uning erga egalik qilishini ta`minlash, imtiyozli soliq olish va bozor iqtisodiyoti, tovar-pul munosabatlariga o‘tish edi. Uning asosiy bo‘g‘inlarini oziq-ovqat razvyortkasining oziq-ovqat solig‘i bilan almashtirilishi, erkin savdo, sanoatda xususiy tashabbuskorlik va tadbirkorlikning joriy qilinishi tashkil etdi. Oziq-ovqat razvyortkasining soliq bilan almashtirilishi qishloq xo‘jalik ishlab сhiqarishni ko‘paytirishning iqtisodiy rag‘batlarini vujudga keltirdi hamda dehqon hosilning qat’iy belgilangan qismini topshirgach, unga o‘z mehnati mahsulini o‘zi istaganiсha tasarruf etish huquqi berildi. yangi iqtisodiy siyosat yo‘lining o‘ziga xos xususiyati - tovar-pul munosabatlarining jonlanishi, savdo va ayirboshlashda сheklashlardan ozod bo‘lish edi. Erkin savdoning sog‘lomlashuviga 1922-1924 yillarda o‘tkazilgan pul islohoti ma`lum darajada yordam berdi. Muomalaga kursi oltinga tenglashtirilgan valyuta-сhervoneöning сhiqarilishi bozor rolining tiklanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Er-suv islohotini amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad-mahalliy hamda Turkistondagi boy rus dehqonlarining er va suvga bo‘lgan huquqlarini tenglashtirish edi. chunki сhor ma`murlari tomonidan rus dehqonlariga eng yaxshi va hosildor erlar ajratilgan edi. Er-suv islohotining xarakteri 1920 yil sentyabrda bo‘lib o‘tgan Turkiston Sovetlari IX qurultoyining qarorlarida aks etdi. Ushbu dasturning asosida mehnat bilan shug‘ullanmaydigan boy-quloq xo‘jaliklarini tugatish va ko‘chmanchilarni o‘troq hayotga o‘tkazish, ersiz va kam erli dehqonlarni er bilan ta’minlash va eng asosiysi rus kelgindilarining ortiqсha erlarini musodara qilish orqali chor Rossiyasi mustamlakachilik sarqitlarini engish yotar edi. Lekin vaqt o‘tishi bilan ko‘сhirib keltirilgan ruslardan erlarni musodara qilish bilan bir qatorda vaqf erlari tortib olindi, boylar, mannoplar, savdogarlar, diniy xizmatсhilar va qishloq hamda ovullarning “mehnat bilan shug‘ullanmaydigan yuqori tabaqalari” degan boshqa vakillarining erlari kamaytirildi. Er va suvni taqsimlash jarayoni bir tomondan ersiz va kam erli dehqonlarni er bilan ta’minlagan bo‘lsa, ikkinchi tomondan qishloqdagi siyosiy vaziyatni o‘ta keskinlashtirib, sinfiy ziddiyatlarni kuchaytirdi. SHuningdek, islohot davomida Ettisuv va Jalolobod tumanlarining ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholisini o‘troq hayotga o‘tkazish siyosati salbiy oqibatlarga olib keldi. Zero, ko‘chmanchilikdan o‘troqchilikka o‘tish, nafaqat xo‘jalik faoliyat shakllarini o‘zgartiribgina qolmay, balki asrlar davomida shakllanib kelgan ushbu ijtimoiy guruhning turmush tarzi hamda kasb-hunarining tamomila o‘zgartirib yuborishi muqarrar edi. Islohotni o‘tkazishning inqilobiy-zo‘ravonlik usullari Turkiston qishloqlarida ijtimoiy va millatlararo tanglikni vujudga keltirdi. Er-suv islohoti 1922 yil kuzida o‘z poyoniga etdi. Uni amalga oshirish davomida hamma joylarda, qishloq va ovullarning ersiz va kam erli mahalliy dehqonlarini birlashtirgan “Qo‘shchi” uyushmalari tashkil etila boshladi. Lekin shuni ta’kidlash joizki, “Qo‘shchi” Turkiston dehqonlari uyushgan birinchi tashkilot emas edi. 1918 yildayoq Toshkent ”Dehqon” ittifoqi vujudga kelgan edi. O‘shanda Toshkent va shahar atrofidagi tumanlar dehqonlari hamda savdo doiralarining turli qatlamlari yangi xokimiyatning muayyan keskin choralariga qarshilik ko‘rsatishiga hamda o‘z mulklarini saqlab qolishga harakat qilgan edi. Tashkilot dehqonlar ommasining ozchilik qismini qamrab olgan bo‘lib, mahalliy xarakterga ega edi. 1919 yili Turkiston respublika va Er ishlari Xalq Komissarligining ko‘magi bilan kambag‘allar qo‘mitalari tuzildi. “Qo‘shchi” uyushmasi kambag‘allarning qo‘mitalari va ittifoqlari o‘rniga vujudga kelgan edi. Ushbu uyushma qishloq va ovullarda sovet xokimiyatining tayanchi, “mehnatkash dehqonlarni” sinfiy tarbiyalashning o‘ziga xos maktabi sifatida er-suv islohoti davomida “mehnat bilan shug‘ullanmaydigan xo‘jaliklar” va ularning mol-mulkini aniqlashda, sovetlar siyosatidan norozi bo‘lgan dehqonlar chiqishini bostirishda va ularning oldini olishda ham qatnashdi. Uyushma kooperasiya ishiga o‘z hissasini qo‘shgan bo‘lsa ham, uning faoliyatidagi asosiy e’tibor qishloqning boy qatlamlari bilan kurash olib borish va qishloqni “sosialistik asosdan qayta qurish”ga qaratilgan edi. Markaz Turkiston o‘lkasiga asosiy xomashyo bazasi sifatida qarab kelganligi bois, o‘lka qishloq xo‘jaligining bosh sohasi hisoblangan paxtachilikni rivojlantirishga alohida e’tiborini qaratgan. Xususan, RKP (b) MKning 1922 yil 11 yanvaridagi “Turkiston Kompartiyasiga” deb nomlangan xatida, Turkiston Kompartiyasining qishloq xo‘jaligi sohasidagi faoliyatida birinchi o‘ringa sug‘oriladigan erlarda ekin maydonlarini tiklash, paxtachilikni rivojlantirish hamda mavjud sug‘orish tizimini tuzatish masalalari hal etilishi lozimligi ta’kidlangan edi. Paxtachilikni tiklash va rivojlantirish ishlariga rahbarlik qilish uchun 1920 yilda Bosh Paxtachilik Qo‘mitasi va paxta etishtiruvchi respublikalarda unga bo‘ysunuvchi paxtachilik qo‘mitalari tuzildi. Turkiston respublikasidagi barcha haydaladigan maydonlar, seleksiya stansiyalari, irrigasiya inshootlari, Paxtachilik qo‘mitasi ixtiyoriga o‘tkazildi. Bosh Paxtachilik qo‘mitasi katta vakolatlarga, ya’ni boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari hisobiga chigit ekiladigan maydonlarni kengaytirish, paxta xarid narxlarini belgilash, markaziy davlat organlarining ruxsatisiz maxsus qabul qilish huquqlariga ega edi. Paxtaning narxi xukumat tomonidan belgilanishi uning bu masalada yakka hokimligidan dalolat berar edi. Turkistonlik ko‘pgina arboblar paxtachilikda davlat monopoliyasini tugatish zarurligini bir necha marotaba ko‘tarib chiqqan edilar. Xususan, Er ishlari Xalq komissari S.Asfandiyorov va xukumatning boshqa a’zolari davlatning paxtaga bo‘lgan yakkaxokimligiga qarshi chiqib, Bosh Paxtachilik qo‘mitasini tugatish masalasini o‘rtaga tashlagan edi. Biroq, Turkiston respublikasi va RSFSR partiya-davlat apparatining aksariyat xodimlari paxta monopoliyasi tarafdori edilar. 1922 yilning 1 yanvarida RSFSR Oliy Xalq Xo‘jaligi Kengashi (OXXK) tomonidan qabul qilingan qarorda esa, “paxtaga davlat monopoliyasini saqlash” masalasi qat’iyan ko‘tarilgan edi. Paxtachilikni tiklash ishlari hamda respublikaga don olib keltirishni jadallashtirish maqsadida, OXXK Ettisuv temir yo‘lini tezroq tugatishga qaror qildi. 1923 yilning yanvarida SSSR Mehnat va Mudofaa Kengashi qabul qilgan qarorda “Respublika ichida paxtani xarid qilish davlat monopoliyasi bekor qilinsin” deyilgan edi. SHu bilan bir vaqtda paxtaning qat’iy narxi bekor qilindi. Turkiston respublikasida paxtachilikni rivojlantirish ishlarini, sug‘orish inshootlarini tiklamasdan amalga oshirib bo‘lmasdi. Sug‘orish ishlarini tiklashni tezroq amalga oshirish, dehqonchilik uchun yaroqli erlarni suv bilan ta’minlash va qishloq xo‘jaligini, birinchi navbatda esa paxtachilikni rivojlantirish uchun suvdan to‘g‘ri foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida, 1921 yilning fevralida TASSRdagi barcha suvlarni respublika mulki deb e’lon qilgan suv to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Qonunda, suvni taqsimlash odat (boy va ruhoniylarga beriladigan imtiyozlar) bo‘yicha emas, balki, birinchi navbatda dehqonlar manfaatini ko‘zlagan holda berilishi kerak deb aytilgan edi. 1921 yilning noyabrida, aholining daromadlarini sug‘orish ishlarini tiklashga safarbar qilish maqsadida suv solig‘i joriy qilindi. SHu yilda TASSRning sug‘orma er maydoni 1920 yildagi ko‘rsatkichga qaraganda 300 ming desyatinaga ko‘paygan edi. Paxta ekin maydonlari esa deyarli 100 ming desyatinaga ortdi. Ittifoq xukumati avval boshdanoq yosh O‘zbekiston respublikasi rahbariyati oldiga “Sovet O‘zbekiston”ini SSSRning asosiy paxta bazasiga aylantirish strategik vazifasini qo‘ydi. “Oq oltin”ning aksariyat qismi, ya’ni 90%dan ko‘prog‘i “Sovetlar mamlakati”ning to‘qimachilik markazlariga yuborildi. Masalan, 1922 yilning boshlarida Turkistondan markazga Krasnovodsk yo‘nalishi bo‘yicha 1150 vagon (63470 ta toy paxta), Orenburg yo‘nalishi bo‘yicha 1547 vagon (85030 ta toy paxta), hammasi bo‘lib, 2724 vagon (14850 ta toy paxta) paxta tolasi jo‘natilgan edi. Sovet hukumatining paxta mustaqilligiga erishishga qaratilgan chora-tadbirlari zoe ketmadi. O‘zbekistonda paxta etishtirishni ko‘paytirish sovet xukumatiga har yili chetdan paxta sotib olinishga sarflanadigan 100 mln rubl oltinni tejash imkonini bergan edi. 1928 yilda esa, O‘zbekiston paxtakorlarining davlatga topshirgan 543,7 ming tonna “oq oltin”i evaziga SSSR paxta etishtirish bo‘yicha 4-chi o‘ringa chiqdi va bu bilan paxta mustaqilligiga erishish yo‘lida qo‘yilgan dastlabki qadamlardan biri bo‘ldi. “Sovetlar mamlakati”ga paxta etkazib berishda respublikaning salmog‘i 1940 yilda 63%ga etdi. Bularning hammasi, o‘sha yillardagi hukumat hujjatlarida rasman e’tirof qilinishicha, “...Sovet Ittifoqining chetdan paxta keltirishdan ozod bo‘lishida va SSSR to‘qimachilik sanoatining paxta xom ashyosi bilan to‘la-to‘kis ta’minlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi” haqiqatan ham, agar 1925 yilda SSSRga chetdan 103,1 ming tonna, 1930 yilda-57,9 ming tonna paxta keltirilgan bo‘lsa, 1933 yilda bor yo‘g‘i 24,3 ming tonna paxta keltirildi. O‘zbek paxtakorlarining mashaqqatli mehnati evaziga esa sovet davlati paxtani chetdan sotib olmay, paxta etishtirish bo‘yicha jahonda ikkinchi o‘ringa chiqdi. Mana shu tariqa sobiq SSSR paxta mustaqilligiga erishdi. Paxta yakkahokimligini ta’minlash maqsadini amalga oshirish oqibatida qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari, xususan, chorvachilik inqirozga uchradi, g‘alla tayyorlash keskin kamayib ketdi. Hosildor erlar miqdori kamaydi. Don, poliz ekinlarining hosildorligi qisqardi. YAngi iqtisodiy siyosat tufayli qishloq xo‘jaligida kooperativ va shirkatchilik harakati avj oldi. 1923 yilda Turkiston respublikasida qishloq xo‘jaligi va kredit kooperasiyalar tizimi tashkiliy jihatdan tugal ravishda shakllandi deyish mumkin. Davlatning kooperativ qurilish siyosati ikki yo‘nalishda olib borildi. Bir tomondan, kooperasiya mayda tovar xo‘jaligini sosializmga jalb qilish vositasi, shaxsiy va jamoa manfaatlarining kelishuv shakli sifatida baholansa, ikkinchi tomondan kooperasiyaga xususiy sektorni siqib chiqaruvchi ijtimoiy qurol deb qaraldi. Markaz qishloq xo‘jalik krediti- qishloq xo‘jaligining asosiy sarmoyasini (mol-mulki, urug‘ fondi, qurilishlarni) tiklash uchun foylanish, bu resurslarni chorvachilikni, paxtachilikni, irrigasiyani, bog‘dorchilikni va uzumchilikni rivojlantirishga yordam ko‘rsatishga yo‘naltirdi. 1923 yilda Turkistonda 1169 ta kredit-kooperativ shirkati bo‘lib, kreditdan foydalanadigan xo‘jaliklar soni 28 mingta edi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sanoatga kontraktasiya (shartnoma) asosida etkazib berishda qishloq xo‘jalik kooperativlari vositachilik qildi. Mayda tovar dehqon xo‘jaligi rivojlana boshladi. Biroq, har kimni ham kooperativga qabul qilishavermasdi. Sinfiy tanlov mavjud edi. Kambag‘allarga ustivorlik berilardi. Aholining o‘ziga to‘q qatlamlariga nisbatan qat’iy talablar belgilangan edi. Masalan, “boy”, “quloq”lar toifasidagi shaxslar birinchi to‘lov sifatida o‘rta hollar to‘laydigan to‘lov miqdoridan ikki barobar, kambag‘allarnikidan esa o‘n ikki barobar ko‘p haq to‘lashlari kerak bo‘lgan Kooperativlarga qabul qilishdagi bunday sinfiy yondashuv o‘z navbatida, aksariyat qishloq ahli fuqarolik huqularining poymol etilishiga, ishbilarmon dehqonlarning iqtisodiy rivojlangan jamiyat qurish ishidan sun’iy begonalashtirilishiga olib keldi. 1927 yildan kooperativ uyushmalarini “davlatlashtirish” siyosati boshlanib, uning xo‘jalik hisobi asosidagi negizlari tobora ko‘proq qo‘porildi. Dehqon xo‘jaligini yuksaltirishga doir masalalarning hammasi davlatga kelib taqaladigan bo‘lib qoldi (soliq siyosati, kredit, narxlar va boshqalar). 20-yillar boshlaridagi Turkistonning ijtimoiy-siyosiy hayotining alohida xususiyati-bu o‘lka mahalliy aholisining milliy o‘z-o‘zini anglashining o‘sganligi deyish mumkin. Mahalliy aholining keskin noroziligiga birinchi navbatda Markazning uning milliy manfaatlarini hisobga olmaslik siyosati sabab bo‘ldi. Turkiston tub aholisining kuchayib borayotgan noroziligi turli shakllarda namoyon bo‘ldi. SHunday norozilik shakllaridan yana biri xokimiyat pog‘onalaridagi milliy rahbar kadrlardan iborat milliy muxolifat bo‘ldi. Ular mustabid tuzumga, uning siyosatiga ochiqdan-ochiq qarshi fikr bildirib, mahalliy aholining manfaatlarini himoya qildilar, Markazning shovinistik va imperiyacha siyosatiga qarshi faol kurash olib bordilar. Mana shunday milliy rahbarlardan davlat va siyosat arbobi, olim va diplomat Nazir To‘raqulov (1892-1939) bo‘lgan. Nazir To‘raqulov sovet hokimiyatining turli lavozimlarida ishlab keldi. Markazning siyosiy rahbariyati o‘zining siyosiy mavqeini saqlab qolish maqsadida o‘lkadagi vakillariga Turkiston Kompartiyasining VI (1921 yil 11-20 avgust) qurultoyida milliy muammolarga e’tiborni kuchaytirishni, Turkiston partiya-davlat organlari tarkibida milliy kadrlarni ko‘paytirishni tavsiya etgan edi. Ushbu ko‘rsatmalar asosida qurultoyda Turkiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining a’zolari etib bir qancha mahalliy rahbarlar bilan bir qatorda Nazir To‘raqulov ham saylangan edi. SHu bilan birga Nazir To‘raqulov va Abdulla Rahimboevlar RKP(b) MKning Turkiston byurosi tarkibiga kiritildilar. Milliy rahbarlar Markazning buyuk davlatchilik shovinizmiga qarshi chiqib, Turkkomissiyani yo‘q qilish talabini bir necha marotaba o‘rtaga tashlagan edilar. Bu davrda TKPga boshchilik qilib turgan Nazir To‘raqulov ham Turkkomissiya va Turkbyuroning hatti-xarakatlariga norozilik belgisi sifatida ular safidan chiqish to‘g‘risida ariza beradi. Lekin milliy rahbarlarning vatanparvarlik chiqishlari Markazning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Markaz ularga qarshi siyosiy quvg‘inni avj oldiradi. Q.Otaboev va A.Rahimboevlar “qo‘pol xatolari” uchun o‘z lavozimlaridan bo‘shatildi. Lekin sovet xukumati bir oz vaqt o‘tgandan so‘ng, ularga “o‘z xatolarini tuzatish” imkoniyatini berib, rahbarlik lavozimlarida ishlashga ruxsat bergan edi. Biroq, milliy rahbarlar o‘lkaning taraqqiyotini uning mustaqilligida ko‘rdilar va o‘z qarashlarida mustahkam turishda davom etdilar. Nazir To‘raqulov nafaqat siyosiy arbob, balki tilshunos olim sifatida ham taniqlidir. U turk, fors, arab, rus, nemis va fransuz tillarini yaxshi bilgan. Respublika va viloyat gazetalarida maqolalari bilan qatnashib turgan. Uning noshirlik va elсhilik faoliyati hayotining keyingi davriga to‘g‘ri kelgan. Ko‘pgina milliy rahbarlar qatori Nazir To‘raqulov ham qatag‘onlik to‘lqinidan qutulib qolmadi va 1939 yilda otib tashlandi. YUqorida aytib o‘tilganidek, 20-yillarning boshlarida o‘lka partiya-davlat organlarining rahbarlik lavozimlariga milliy kadrlar jalb qilingan edi. Ular orasida taniqli davlat va jamoat arbobi Qayg‘usiz Otaboev (1887-1937) ham bor edi. O‘z siyosiy faoliyati davomida Q.Otaboev Markazning ayrimachilik, shovinistik siyosatiga qarshi bir necha bor o‘zining dadil fikrlari bilan chiqdi. U Markaz tomonidan yuborilgan emissarlarning mahalliy xalqlarga nisbatan qo‘llayotgan usullarini tanqid qilib, Rossiyadan kelgan xodimlar tub aholining o‘lkani mustaqil boshqara olish qobiliyatiga ishonmayotganliklari, o‘zlari esa Turkistonning turmush-sharoitlarini yaxshi bilmasdan turib, hokimiyatning ma’sul lavozimlariga da’vogarlik qilishlari haqida TKP Sovetlarining X qurultoyi minbaridan turib gapirgan edi. Q.Otaboev milliy rahbarlardan birinchilar qatorida qarshilikchilik harakatiga to‘g‘ri baho bergan. Uning 1922 yil 18 iyulda Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining VI plenumida qilgan ma’ruzasi keskin tanqidiy va ochiqdan-ochiq qarshilik ruhida edi. Otaboev qarshilik harakatiga ”harbiy yo‘l bilan yo‘q qilib bo‘lmaydigan xalq qo‘zg‘oloni” deb baho beradi va ushbu harakat ishtirokchilari bilan siyosiy va iqtisodiy usullarni qo‘llab, tinch muzokaralar olib borish taklifini kiritadi. SHundan so‘ng, 1922 yilning sentyabrida Samarqand viloyatida bolsheviklar tuzumiga qarshi kurashayotgan Bahrombek qo‘rboshi bilan teng asoslarda tinchlik shartnomasini imzolagani uchun Q. Otaboev, A. Rahimboev, A. Serg‘ozievlar lavozimlaridan bo‘shatildi. Qayg‘usiz Otaboevning qismati ham o‘sha yillardagi millatparvarlar singari ayanchli tugadi, u 1937 yilda mustabid tuzum tomonidan nohaq qatag‘onga uchrab, otib tashlanadi. YAna bir millatparvar rahbarlardan biri, etuk davlat arbobi Inomjon Xidiralievdir (1891-1928). Inomjon Xidiraliev ham mahalliy aholining manfaatlarini himoya qilgan milliy rahbarlardandir. U 1922 yilning oxirida Butunrossiya MIQga maxsus xat bilan murojaat qilib, “Mahalliy aholining barcha qatlamlarini sovet ishlariga jalb qilishga, bu ishlarni aholining milliy turmush tarziga moslashtirgan holda amalga oshirishga, Turkistonda ish yuritishni mahalliy aholi tiliga o‘tkazishga” e’tiborini qaratgan edi. I.Xidiraliev fikricha, oktyabr to‘ntarishidan so‘ng deyarli 5 yil o‘tgan bo‘lsa ham, qo‘yidan yuqorigacha boshqaruv apparatlarida asosan evropalik kishilar o‘tirganligi mahalliy aholida chorizm mustamlakachilik siyosati sovetlar davrida ham davom etmoqda degan xulosani keltirib chiqarmoqda. Boshqaruv idoralarida o‘tirgan evropaliklar asosan Rossiya sharoitidan kelib chiqqan kishilar bo‘lib, mahalliy aholi tili, urf-odatini bilmaydigan, dehqonchilik va chorvachilikda mashg‘ul bo‘lgan ko‘plab aholi xususiyatiga mos mafkuraviy qarashlarni tushunmaydigan shaxslardir. Bu esa o‘z navbatida chorizm davridagi byurokratik davlat apparatiga o‘xshab qolgan boshqaruv apparatini tez orada mahalliy xalqlar ruhiyati va turmushiga moslashtirishni taqozo qiladi. Xidiralievning ushbu takliflari bilan Markaz qisman bo‘lsa ham hisoblashishga majbur bo‘ldi. 1923 yildan boshlab ish yuritish tub millatlar tillarida olib boriladigan bo‘ldi. Sovet tuzumi davridagi milliy rahbarlar ustida so‘z borar ekan, davlat va siyosat arbobi Akmal Ikromov(1898-1938) faoliyati haqida to‘xtalib o‘tish muhimdir. A.Ikromov sovet hokimiyatiga sodiqlik bilan xizmat qildi. Uning er-suv islohoti va jamoalashtirish xususida bildirgan fikrlari buning yorqin dalilidir. Er-suv islohotini o‘tkazishdan maqsad nima degan savolga Akmal Ikromov: “er bir guruh boylar to‘dasi qo‘lida to‘planib qildi,...boy xo‘jaliklarni tugatmasdan turib, paxtaсhilikni rivojlantirib bo‘lmaydi” degan edi. SHuningdek, u “18lar guruhi”, “inog‘omovсhilik”ka qarshi сhiqishlar qilib, ularni millatсhilikda ayblaydi va ularga qarshi kurash olib borishga сhaqiradi. Afsuski, 20-yillarning oxiri-30 yillarning o‘rtalaridagi bir qator qatag‘onlar uсhun Akmal Ikromov ham javobgardir. Lekin mustabid tuzumning sodiq xizmatсhisi bo‘lgan Akmal Ikromov ham, 1938 yilda “xalq dushmani” sifatida otib tashlanadi. Tadqiq qilinayotgan davrdagi davlat arboblaridan yana biri Yo‘ldosh Oxunboboevdir (1885-1943). U 1926-27 yillarda O‘zbekistonda er-suv islohotini o‘tkazish markaziy komissiyasi raisi sifatida ish olib borgan, Farg‘ona viloyati hamda respublika qishloq xo‘jaligini tiklashda ishtirok etgan. Yo‘ldosh Oxunboboev 1943 yilda Toshkentda vafot etgan. Tariximizda o‘zining o‘chmas izini qoldirgan buyuk siymo bu-Fayzulla Xo‘jaevdir (1896-1938). 1920 yili inqilobchi YOsh buxoroliklar Turkiston markaziy byurosi raisi, 1920-24 yillarda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Nozirlar Kengashining raisi (shuningdek, Tashqi ishlar, Harbiy ishlar noziri) bo‘lib ishlagan. Fayzulla Xo‘jaevning faoliyati nihoyatda murakkab siyosiy vaziyatda o‘tgan. O‘zbekistonda yuz berayotgan o‘zgarishlardan qoniqmaganligini u o‘zining bir qancha tanqidiy chiqishlarida bildiradi. Masalan, 1924 yildagi bolsheviklarning milliy-hududiy chegaralanishiga qarshi o‘z fikrlarini ilgari surgan, “Buxoro inqilobi tarixiga doir” asarida Fayzulla Xo‘jaev jadidchilikka xolis baho berishga harakat qilgan. Ushbu asardagi jadidchilikning ijtimoiy mohiyatiga ijobiy munosabati va jadidchilikni ijtimoiy-inqilobiy harakat sifatidagi qarashlari xato deb baholandi. Fayzulla Xo‘jaev ham mustabid tuzumning qatag‘on qurbonlaridandir. U 1937 yil Moskvada “xalq dushmani” sifatida qamoqqa olinib, 1938 yilda otib tashlangan. 20-30 yillarda ko‘zga ko‘ringan milliy etakchi - Abdulla Rahimboevdir (1896-1938). Abdulla Rahimboevning siyosiy faoliyati nihoyatda serqirra bo‘lib, mustabid tuzum siyosatiga qarshi dadil chiqishlari buning yorqin ifodasidir. Masalan, u 1921 yilning dekabrida bo‘lib o‘tgan RSFSR Sovetlarining IX qurultoyi minbaridan turib, Rossiya xukumatiga ochiqdan-ochiq ”Turkistondagi sovetlarning jazolash siyosati har qanday chegaralardan o‘tib tushdi. Farg‘ona viloyatidagi jazo otryadlari esa mutlaqo muxtor holatda, hech kim bilan, partiya organlari bilan ham, sovet organlari bilan ham hisoblashmasdan, turli shubhali shaxslarni xizmatga olib harakat qilmoqdalar” degan bayonot bilan chiqdi. Lekin bunday tarzda sovetlar siyosatini tanqid qilish kechirilmas edi va 1922 yilda ishda yo‘l qo‘yilgan “qo‘pol xatolari” uchun TASSR MIQ raisi A.Rahimboev lavozimidan chetlashtirildi. Biroq vaqt o‘tishi bilan Markaz unga “o‘z xatolarini tuzatish” imkonini beradi va yana rahbarlik ishiga jalb qiladi. A.Rahimboev RKP(b) MQ O‘rta Osiyo byurosining a’zosi hamda TKP MQning ma’sul kotibi sifatida milliy-hududiy chegaralanishni o‘tkazishning tepasida turdi. 1924 yilning fevralida u Buxoroga yuboriladi va bu erdagi BXSR rahbar xodimlarining kengashida milliy–hududiy chegaralanishi to‘g‘risida ma’ruza qildi. 1924 yilning 10 martida Turkiston Kompartiyasi MQsi va Turkiston MIQ rahbar xodimlarining kengashida ham ma’ruza qilib, Rahimboev milliy-hududiy chegaralanishni ”...nisbatan ma’qul tarzda, og‘riqsiz usullar” bilan o‘tkazish kerakligini uqtirdi. Abdulla Rahimboevning qismati ham milliy etakchilarniki kabi qatag‘on to‘lqinlari avj olgan paytda hal qilindi. U 1938 yilda qurbon bo‘ldi. I.Xidiralievning hayoti 1928 yilda fojiali tugaydi. Turkiston xalqlarining ildizi bir, degan g‘oya avloddan-avlodga o‘tib, milliy etakchilar, jamoat arboblari va milliy ziyolilar qarashlari hamda faoliyatlarida o‘z aksini topib kelgan. Tarixan tarkib topgan uchta davlatni tugatib, o‘rniga yangi tuzilmalarni vujudga keltirish markaz va o‘lkadagi bolshevistik rahbarlar tashabbusi bo‘ldi. 1920 yil boshidayoq Turkkomissiya Turkiston ASSRni bo‘lib tashlab, milliy til belgisiga qarab muxtor respublikalar tashkil qilish masalasini qo‘ygan edi. Bu o‘sha yili iyun oyida RKP (b) ning Turkistonga oid qabul qilgan hujjatlarida o‘z aksini topdi. Lenin Turkistonning “O‘zbekiya, Qirg‘iziya, Turkmaniya” ga bo‘lingan xaritasini tuzish kerakligini uqtirdi. Bu rejaning amalga oshishi qarshilik harakati tufayli bir oz kechikdi. Turkistonni milliy jihatdan qayta chegaralash markaz va RKP(b) O‘rta Osiyo byurosi tomonidan ishlab chiqildi va 1924 yilda qat’iylik bilan amalga oshirildi. 1924 yilning 31 yanvarida RKP(b) MKning Tashkiliy byurosi Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarining milliy-hududiy chegaralanishi masalasini ko‘rib chiqdi va YA.E. Rudzutakka mazkur respublikalarning ma’sul xodimlari bilan birgalikda bu g‘oyani amalda qanday ruyobga chiqarish mumkinligini oldindan muhokama qilishni topshirdi. 1924 yilning fevralida esa Fayzulla Xo‘jaevning milliy chegaralash masalasi bo‘yicha tezislarida markazning turkiy xalqlarning ildizi birligini hisobga olmayotganligi, chegaralash g‘oyalari o‘tmish istilochilari siyosatidan farq qilmayotganligi aytilgan edi. Turkiston, Buxoro,Xorazm respublikalarida tashkiliy va tashviqot ishlari olib borilgandan so‘ng, 1924 yilning 11 oktyabrida RKP(b) Siyosiy byurosi O‘rta Osiyoni qaytadan bo‘lib chegaralash haqida o‘zining so‘nggi qarorini qabul qiladi va 1924 yil 14 oktyabrda RSFSR BMIQ II sessiyasi milliy chegaralanish haqidagi Turk MIQ qarorini tasdiqladi. Milliy chegaralanish natijalariga ko‘ra, O‘rta Osiyoda O‘zbekiston va Turkmaniston Sovet Sosialistik Respublikalari, O‘zSSR tarkibida bo‘lgan Tojikiston Avtonom respublikasi, RSFSR tarkibida Qoraqirg‘iz (Qirg‘iziston) va Qoraqalpog‘iston Avtonom viloyatlari tashkil topdi. Sobiq Turkiston ASSRning qozoq viloyatlari esa, Qirg‘iziston (Qozog‘iston) ASSR tarkibiga kiritildi. SHu tariqa, 1924 yilning kuzida milliy-hududiy chegaralanish hukumat qarorlari bilan qonuniy tarzda rasmiylashtirildi. 1925 yilning 13 fevralida O‘zSSR Sovetlarining Buxoroda ochilgan I-Umumo‘zbek qurultoyida “O‘zbekiston SSR tuzilgani to‘g‘risida deklarasiya” qabul qilindi. O‘zbekiston SSR sovetlari MIQning raisi etib Yo‘ldosh Oxunboboev saylandi. O‘zbekiston XKS raisi etib Fayzulla Xo‘jaevni tasdiqladi. Tuzilgan O‘zbekiston SSRga tugatilgan Turkiston ASSRdan Sirdaryo, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarining katta qismi, Buxoro respublikasidan uning markaziy va g‘arbiy qismi (Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari), shuningdek Xorazm SSRdan Xorazm vohasi kirdi. Milliy-chegaralanishdan so‘ng, O‘zbekiston sovetlarining I-qurultoyi (1925 yil 13-17 fevral) “O‘zbekiston SSRning tashkil topishi haqidagi Deklarasiya”ni tasdiqlagach, Ittifoq sovetlarining 3-qurultoyida (1925 yil,13 may) esa, O‘zbekiston Respublikasi SSSR tarkibiga kiritildi. SHu tariqa, O‘zbekiston SSRning qonunan rasmiylashtirish jarayoni tugallandi. O‘zbekiston SSR aholisining soni respublika tashkil etilishining dastlabki yillarida 3.963.285 kishini, ya’ni, O‘rta Osiyo aholisining deyarli yarmini-48,7 foizini tashkil etar edi. 1926 yilda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha respublikada istiqomat qiluvchi aholining tarkibi quyidagicha edi: o‘zbeklar -74,2%, tojiklar -7,8%, ruslar-5,6%, qozoqlar-2,4%, qirg‘izlar-2,04%. Turkiston o‘lkasini bo‘lib tashlash bilan sho‘rolar milliy davlatchiligimizning ming yillik rivojlanish tarixiga putur etkazdilar. Millatning bir qismi o‘z ota-bobolari erida yashab, mehnat qilsa-da, rasmiy ta’rifga ko‘ra, “oz sonli millat”ga aylanib qolgan edi. Bolsheviklar andozasidagi milliy-hududiy chegaralanish O‘rta Osiyo xalqlari o‘rtasidagi bo‘lajak millatlaro munosabatlarni keskinlashtirib turishi, favqulodda vaziyatlarda portlab, turli nizolarga sabab bo‘lishi muqarrar edi. YAngi sovet respublikalarini “milliy davlatchilikning tashkil etilganligi”, deb baholash xato bo‘lsa kerak. Zero, CCCR tarkibidagi ushbu tuzilmalar Markaz ixtiyorida bo‘lib, ilgarigidek unga arzon xom ashyo etkazib berishga ixtisoslashtirilgan mustamlakalar bo‘lib qolaverdi. 1924 yilda milliy-hududiy chegaralanishi natijasida O‘rta Osiyo xaritasida ittifoqchi respublikalar bilan birga muxtor tuzilmalar ham paydo bo‘ldi. SHular orasida Qoraqalpog‘iston muxtor viloyati ham bor edi. Ushbu viloyat Qirg‘iziston (Qozog‘iston) ASSR tarkibida bo‘lib, unga volostlardan iborat To‘rtko‘l, CHimboy, Xo‘jayli va Qo‘ng‘irot okruglari kirdi. 1925 yil 12-19 fevralda viloyat markazi To‘rtko‘l shahrida bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati Sovetlarining birinchi qurultoyi “Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati tashkil topganligi to‘g‘risida Deklarasiya” qabul qildi va “qoraqalpoq milliy davlatchiligi” tashkil etilganligini qonuniy rasmiylashtirdi. Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati Ijroiya Qo‘mitasining raisi etib A. Qudaboev saylandi. Qoraqalpog‘istonda yashaydigan asosiy elatlar qoraqalpoqlar-38,5%, o‘zbeklar-28,7%, qozoqlar-28,6%dan iborat edi. Qoraqalpog‘iston Muxtor viloyati tashkil etilgandan so‘ng, sovetlar bu erda ham sosialistik qurilishni avj oldirib yubordilar. Jumladan ovul va qishloqlarni sovetlashtirish keng miqyosda olib borildi. Sovetlarga batrak va kambag‘allar saylanib, ularning asosiylarini kommunist va komsomollar tashkil qildi. Mamlakatda vayron bo‘lgan sanoatning turli sohalari, qishloq xo‘jaligi va sug‘orish ishlarini tiklash amalga oshirildi. Qoraqalpog‘iston iqtisodiyotining taraqqiyoti bir tomonlama xususiyatga ega bo‘lib, SSSRning markaziy mintaqalari sanoatini rivojlantirish ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan edi. Masalan, 1933 yilning 3 oktyabrida SSSR Er ishlari Xalq Komissarligi Qoraqalpog‘istonni mamlakatni beda urug‘i etkazib beruvchi asosiy baza deb tan olgan edi. Buning asosiy sababi mamlakat xalq xo‘jaligida ittifoqdosh respublikalar o‘rtasidagi mehnat taqsimotida Qoraqalpog‘istonga oliy sifatli paxta, beda hamda baliq bilan ta’minlab turish yuklatilganligida edi. Muxtor viloyat sanoatining etakchi tarmoqlarini paxta tozalash va baliq-konserva zavodlari tashkil etar edi. Sanoatni yuksaltirish bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligining barcha sohalarini rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratildi va bu erga ko‘p miqdorda qishloq xo‘jalik anjomlari keltirila boshlanib, boy va ruhoniylardan tortib olingan erlar hisobiga ersiz va kam erli dehqonlar er bilan ta’minlandi. 1930 yilda Qoraqalpoq muxtor viloyati RSFSR tarkibiga kiritildi.1932 yilning 20-martida esa, SSSR MIQ Rayosati “Qoraqalpog‘iston avtonom viloyatini Avtonom Sovet Sosialistik Respublikasiga aylantirish va uni RSFSRga kirishi to‘g‘risida” qaror qabul qildi. O‘sha yilning may oyida avtonom respublika Sovetlarining I Ta’sis qurultoyi xukumatni tuzdi. Unda QQASSR MIQ raisi etib, Koptleu Nurmuhamedov, Xalq Komissarlari Kengashi raisi etib esa Qosim Avezovlar saylandilar.1936 yilda SSSRning yangi Konstitusiyasi qabul qilindi va unga ko‘ra QQASSRning O‘zbekiston SSR tarkibiga kirishi ko‘zda tutilgan edi. Buning asosiy sababi hududiy yaqinlik, yagona tarixga ega bo‘lganligi deb e’tirof etildi. 1937 yil 12 fevralda O‘zSSRning yangi Konstitusiyasi qabul qilindi. O‘sha yilning 6 martida esa, QQASSRning yangi Konstitusiyasi e’lon qilinadi. Qoraqalpog‘iston O‘zbekiston tarkibida bo‘lganida, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik yanada mustahkamlandi. Download 227.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling