Тurkistonda sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat. Reja: Xorazm va Buxoroda demokratik harakatlarning o’sib borishi
Download 217.31 Kb. Pdf ko'rish
|
Xorazm va Buxoroda xonligi va amirligini yemirilishi
Buxoro amirligining ag’darilishi. Buxoro amirligida ham ijtimoiy-siyosiy
vaziyat Xiva xonligidagiga o’xshash tarzda kechdi. Amirlik ham Rossiyaga tobe, vassal davlat edi. Ichki siyosatda mustaqil bo’lgan amirning mutlaq hokimiyati hukm surib, bundan oddiy xalq ommasi behad zulm tortib kelardi. XX asr boshlarida bu yerda ham amirlik tuzumiga qarshi demokratik harakatlar yuzaga kela bordi. Mamlakatning ilg’or, taraqiyparvar ziyoli yoshlaridan tashkil topgan Yosh buxoroliklar tashkiloti bu harakatlarga yetakchilik qildilar. O’z saflarida Abduvohid Burhonov, Fayzulla Xo’jayev, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Muhitdin Mansurov, Po’latxo’ja Usmonxo’jayev kabi yurt fidoyilarini birlashtirgan Yosh buxoroliklar harakati keng xalq manfaatlari foydasiga muhim siyosiy o’zgarishlarni ro’yobga chiqarishga intilganlar. Ular ishlab chiqqan islohotlar loyihasida mamlakatda konstitutsion monarxiya tuzumi o’rnatish, ijtimoiy-siyosiy erkinliklar joriy qilish, maorif ishini yaxshilash masalalariga alohida urg’u berilgandi. Keng xalq ommasi tazyiqi va Yosh buxoroliklar islohiy talablari asosida amir 1917-yil 7-aprelida ba’zi yon berishlarga borib manifest chiqarishga majbur bo’ladi. Manifestda soliqlarni tartibga solish, turli ijtimoiy tabaqalar vakillaridan iborat Majlis qilish, maorif, tibbiyot, sud tizimlarini yaxshilash, ma’muriy boshqarish ishlarini takomillashtirish kabi qator va’dalar berildi. Biroq amirlikning mutaassib, hukmron doiralari tish-tirnoqlari bilan bunga qarshilik ko’rsatdilar. Ular islohot tarafdorlariga nisbatan ochiqdan-ochiq shahar ko’chalarida qirg’in uyushtirdilar. Ko’plab islohotchilar Buxoroni tark etishga majbur bo’ldilar. Bu gal amir tarafdorlarining qo’li baland keldi. Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi Buxoro amirligi uchun ham jiddiy siyosiy vaziyatni vujudga keltirdi. Negaki, sotsialistik inqilob g’oyasini boshqalarga yoyishga intilgan bolsheviklar chegaradosh Buxoroni o’z mo’ljaliga olgandilar. Xususan 1918-yil martida “Kolesov voqeasi” nomi bilan tarixga kirgan qonli voqea bunga aniq misol bo’la oladi. Turkiston sovet respublikasi hukumati raisi F. I. Kolesov Buxoroga ochiq tazyiq o’tkazib, 1918-yil 2-martida Kogon temir yo’li yoqalab qizil qo’shinlar interventsiyasini uyushtirdi. Bunga javoban Buxoro amiri xalqni g’azovotga Chorlab, o’z qo’shinlari va g’azabga kelgan aholini urushga safarbar etdi. Oqibatida Kolesov xuruji sharmandalarcha mag’lub bo’ldi. Bu esa amir va uning arkoni davlatiga barcha demokratik kuchlardan qonli o’ch olishi uchun bahona bo’ldi. Ayniqsa Yosh buxoroliklar ayovsiz qirg’in qilindi. Bolsheviklarinipg bu avantyurasi Yosh buxoroliklar uchun g’oyatda qimmatga tushdi. F.Xo’jayevning guvohlik berishicha, bu qirg’inda Yosh buxoroliklar, ularning tarafdorlaridan 1,5 ming kishi qurbon bo’ladi. Biroq shunga qaramay sovet mutasaddilari Buxoroda sun’iy inqilob tayyorlash, buning uchun Turkistondan panoh topgan ko’p sonli buxorolik muhojirlarni ishga solish, ulardan ko’plab inqilobchi kuchlar etishtirish va ularni tashkillashtirish harakatida bo’ldilar. 1918-yil-sentabrida Toshkentda Buxoro muhojirlari tomonidan Buxoro kompartiyasi va uning Markaziy Qo’mitasi tuziladi (uning raisi A. Yoqubov, o’rinbosari M. Qulmuhammedov). 1920-yil yanvarida Toshkentda F. Xo’jayev boshchiligida “Yosh buxorolik inqilobchilar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi” tashkil etiladi va Turkkomissiya, RSFSR hukumati tomonidan e’tirof etiladi. Yosh buxoroliklar partiyasi ishlab chiqqan dasturda tez vaqt ichida despotik tuzumni tugatish, mamlakatda demokratik respublika tuzish va keng xalq ommasining tub manfaatlarini ko’zlab ko’plab ijtimoiy-demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish vazifalari bayon etilgan edi. Yosh buxoroliklar tashabbusi bilan 1920-yil-iyundan Toshkentda chiqa boshlagan «Uchqun» gazetasida ham ilg’or demokratik g’oyalar ilgari surildi. Buxoro xalqi amirning hokimi mutlaq tuzumini ag’darib tashlash uchun faol kurashga da’vat etib borildi. Amir Olimxon 1920-yil 2-sentabrda Buxoroni tark etishga majbur bo’ldi. Poytaxt sovet qo’shinlari tomonidan egallangach, hokimiyat Muvaqqat Butunbuxoro Inqilobiy qo’mitasi qo’liga o’tdi 2 . 1920-yil 14-sentabrda BKP MQ va Muvaqqat Butunbuxoro Inqilobiy qo’mitasining birlashgan majlisi bo’ldi. Majlisda A.Muhitdinov boshchiligida qonun chiqaruvchi oliy organ - Butunbuxoro Inqilobiy qo’mitasi va Fayzulla Xo’jayev raisligida Xalq Nozirlar Kengashi (hukumat) tuzildi. O’sha yilning 6-8-oktabr kunlarida I Butunbuxoro qurultoyi bo’lib o’tdi. Unda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi. A.Fitrat, M.Aminov, Otaxo’jayev, Yoqubzoda va boshqalar Moskva vakillarining talabi bilan respublika hukumati tarkibidan chetlatildi. Buxoro XSRning 1921-yil sentabrida qabul qilingan Konstitutsiyasi ham RSFSR Konstituttsiyasi andozasida tuzilgan edi. Hukmron Markaz tashabbusi bilan 1923-yil martida O’rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining tuziliish va uning tarkibiga Buxoro XSRning ham jalb qilinishi bu uning iqtisodiy mustaqilligining asta-sekin qo’ldan boy berib borilishiga sabab bo’ldi. Moskva tazyiqi ostida bu hududda sotsialistik o’zgarishlar izchil amalga oshirilib borildi. 1924-yil 18-20-sentabrda bo’lib o’tgan V Butunbuxoro qurultoyi BXSRni Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi deb e’lon qildi. Nihoyat, 1924- yilda o’tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi natijasida uning hududlari O`zbekiston va Turkmaniston Sovet sotsialistik respublikalari tarkibiga qo’shib yuborildi, Buxoro davlat sifatida tugatildi. Download 217.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling