Turkiy-run yozuvi


Qadimgi turkiyyozuvi (Urxun-yenisey yozuvi)


Download 36.5 Kb.
bet2/2
Sana04.04.2023
Hajmi36.5 Kb.
#1323295
1   2
Bog'liq
Turkiy

Qadimgi turkiyyozuvi (Urxun-yenisey yozuvi) yoki Qadimgi turk runik yozuvi - tosh, metall, yog'och va boshqa ga o’yib bitilgan qad. turkiy yozuvlar. 5—8-asr (ba'zi manbalarda 8-1 Oasr)larga mansub. Urxun va Yenisey daryolari havzalaridan topilganligi sababli shu nom bilan yuritiladi. Tashqi ko’rinishidan got (qad. german) yozuviga o’xshash bo’lganligi uchun runik yozuv deb ham atalgan. Urxun-Yenisey yozuviyo. haqida dastlab 18-asrning boshlarida rus olimi S. Remezov, keyinroq shved olimi F. Stralenberg xamda nemis olimi D.G. Messershmidtlar xabar bergan. Bu yozuv (lar)ning turkiy xalklarga mansubligini birinchi marta fransuz olimi J.P. AbelRemyuza (1820), so’ngra rus olimi N.M. Yadrinsev (1889) isbotlagan. 1890 i. N.M. Yadrinsev va 1 891-yil V.V. Radlov rahbarligida Urxun daryosi bo’yiga uyushtirilgan arxeologik ekspeditsiyalar natijasi sifatida 1892-yil 2 ta atlas e'lon qilindi. Bu atlaslarda bosilgan Urxun-Yenisey yozuviyo. matnlarini birinchi bo’lib daniyaliktilshunos V. Tomsen o’qishga muvaffaq bo’ldi (1893-yil noyab). V. Tomsendan so’ng V. V. Radfov turk shahzodasi Kultegin (8-asr) xotirasiga bitilgan ulkan toshdagi matnning transliteratsiya va transkripsiyasink tuzib, nemis tiliga tarjima qildi. Bu material qad. turkiy til qurilishi, fonetikasi, morfologiyasi va leksikasi
Urxun-Yenisey yozuviycning kelib chiqishi haqida mutaxassislar o’rtasida tan olingan yagona fikr yo’q. Bu haqsagi nisbatan keng tarqalgan mulohazaga qaraganda, mazkur yozuv o’z kelib chiqishiga ko’ra sug'd va paxlaviy yozuvlari orqali oromiy yozuviga borib taqaladi. Urxun-Yenisey yozuviyo. ning paydo bo’lish joyi va vaqti ham hozircha uzilkesil hal qilingan masala emas. Bu yozuv paydo bo’lish o’rni va vaqti bilan bog'liq bo’lgan ayrim grafik xususiyatlari tufayli urxun, talas, yenisey variantlariga ega. Bularning eng qadimiysi urxun variantidir. Bu yozuvlar turkiy tillarga uyg'un, moye, ancha mukammal, arab yozuvidan ko’ra yozilishi va o’qilishi birmuncha qulay bo’lgan. o’rta Osiyo, Qozog'iston va turkiy xalqlar yashagan boshqa ko’p joylar arablar tomonidan bosib olingach, bu mamlakatlarda arab yozuvi keng tarqaladi.
Mazkur yozuv, arab yozuvi singari, o’ngdan chapga qarab yozilgan va o’qilgan. Urxun-Yenisey yozuviyo. 38 belgi (harf)dan iborat bo’lib, fonetik yozuv tizimiga kiradi. Har bir tovush yoki tovushtar birikmasi maxsus harflar bilan ifodalanib, birbiriga ulanmay, yakkayakka yozilgan. Ko’p hollarda {asosan, so’z boshida va o’rtasida) unli harflar yozilmagan. Urxun-Yenisey yozuviyo. da tinish belgilari ishlatilmagan. So’zlar, ba'zan morfema yoki so’z birikmalarini birbiridan ajratish uchun ular o’rtasiga ikki nuqta (:) qo’yilgan, shartli ravishda u "ayirg'ich" deb nomlangan. Urxun-Yenisey yozuviyo. ning LenaBaykalbo’yi, Yenisey, Mo’g'ul, Oltoy, Sharqiy Turkiston, o’rta Osiyo, Sharqiy
Yevropa kabi guruhlari aniklan. UrxunYenisey yozuvidan namunalar. gan. Urxun-Yenisey yozuvi yo. ni tekshirish va o’rganishda V. Tomsen, V.V. Radlov, RM. Melioranskiy, A.A. Polovsev, G. Geykel, SE. Malov, L.N. Gumilyov, D. Nemet kabi rus va yevropalik olimlarning xizmatlari katta. o’zbek olimlaridan akademik G’. Abdurahmonov va A. Rustamov, professor N. Rahmonovlar ham Urxun-Yenisey yozuviyo. ni o’rganib, muayyan tadqiqotlarni amalga oshirganlar. Ushbu yodgorliklarni tadqiq etish hozirgi kunda ham davom etmokda. Urxun-Yenisey yozuviyoga xos ayrim leksik birlik va grammatik shakllar hozirgi uzbek, uyg'ur, ozarbayjon, qirg'iz, qozoq, turkman, qoraqalpoq, tatar, boshqird, qorachoy, bolqor va boshqa turkiy tillarda uchraydi. Urxun-Yenisey yozuviyo. turkiy tillar tarixi, madaniyati, etnografiyasi, til va yozuvlari tarixini o’rganishda qimmatli manba bo’lib xizmat qiladi.
Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling