Turkiy-run yozuvi


Download 36.5 Kb.
bet1/2
Sana04.04.2023
Hajmi36.5 Kb.
#1323295
  1   2
Bog'liq
Turkiy


Turkiy-run yozuvi

Turkiy-run yozuvlariga tegishli fikr-mulohazalar «Issiq yozuvi»dan oldinroq, 1954 yilda fransuz arxeologi A.Marik tomonidan bir idish parchasida bitilgan yozuv asosida qilgan tadqiqotidan boshlandi. Bu bitik ilk bor «noma’lum yozuv» nomini olgan. 1966 yilda G.A.Pugachenkova ham Xolchayondan noma’lum yozuv lavhasini topadi. Bu yozuv ham ancha vaqtgacha o‘qilmay, noma’lumligicha qoldi. 1967 yilda fransiyalik geolog A.Butner Afg‘oniston hududidagi (Qobuldan 70 kilometr shimoliy-g‘arbda) Dashti Navur qoyasiga o‘yib bitilgan katta hajmdagi noma’lum yozuv namunasini topgan.


1969 yilda J.Fyusman bu bitikni o‘qishga kirishadi. Uning fikricha, bu bitik milodiy birinchi asrga tegishli bo‘lib, u uch tilda, ya’ni yuxaroshta, yunoncha grafika asosidagi baqtarcha va noma’lum tilda yozilgan edi.
Baqtar yozuvi esa 279 yilda bitilganligi ko‘rsatilgan ekan. Sankt-peterburglik olim «noma’lum yozuv» haqida fikr bildirib, uni miloddan avvalgi V-IV asrlarga xos bo‘lgan «Issiq yozuvi»ni o‘zida gavdalantiradi, deb hisoblaydi.
Mashhur tilshunos olim J.Fyusman bu xat o‘ngdan chap tomonga qarab yozilishini, Surx-Kotal va Xolchayon yozuvlari bilan bir ekanligini isbotlaydi. 1972 yilda arxeolog K.Akishev mashhur «Issiq» qo‘rg‘onidan topilgan miloddan avvalgi IV-III asrlarga tegishli kumush kosaga bitilgan yozuvni aniqlaydi. Tilshunoslar esa uni ham «noma’lum yozuv» sirasiga qo‘shadilar. Bu yozuvning bitilgan davri va o‘qilishida mutaxassislar orasida har xil fikrlar bo‘lsa-da, «Issiq» qo‘rg‘oni tarixi miloddan avvalgi III asrdan kam emasligi masalasida ikkilanish bo‘lmadi. «Issiq yozuvi» “noma’lum yozuv” tarqalgan tarixiy-madaniy mintaqalar geografiyasiga ham aniqlik kiritdi. Bu yozuv namunalari janubiy O‘zbekistonning Xotinrabot, Qoratepa, Fayoztepa, To‘qqiztepa, Kampirtepa, Shimoliy Afg‘onistonning Oyxonum bitik yodgorliklarida aks etgan.
«Issiq yozuvi» («noma’lum yozuv») yodgorliklarini akademik E.V.Rtveladze yuechji qabilalari bilan bog‘laydi. V.A.Livhits esa saklarga tegishli, deydi. Shu bilan birga, «Issiq» yozuvi Kushon imperiyasi yozuv tizimining rasmiy shakllaridan biri, degan xulosaga keladi. Keyingi yillarda tadqiqotchilar bu yozuv eng qadimgi turkiy yozuv bo‘lishi kerak, degan farazlarni o‘rtaga tashladi. Masalan, A.S.Osmonjo‘lov «Issiq yozuvi” turkiy yozuv ekanligiga shubha qilmaydi.
E.V.Rtveladze «noma’lum yozuv» tilini aniqlash atributikasiga tuzatishlar kiritadi. Har holda «noma’lum yozuv»ning tarqalish geografiyasi ham uning yuechji nomli turkiy qabilalarga mansubligiga shubha uyg‘otmaydi, deydi. Chunki yuechji qabilalari turkiy bo‘lib, aslida Markaziy Osiyoda (Turkiston va Qang‘, Davan davlatlarida ham) yashaganligi, ularning qarindoshlari xunnlarning siquvi ostida avval Yettisuvga, so‘ng Baqtriyaga kelib qolganligi tarixiy manbalardan ma’lum. E.V.Rtveladzening yozishicha, «noma’lum yozuv»ning asosiy vatani Tohariston bo‘lib, davr jihatidan miloddan avvalgi V-IV asrdan milodiy VII-VIII asrlarni qamrab oladi.
Ajdodlarimiz yaratgan fonologik yozuvga asoslangan alifbolar taraqqiyoti uzoq tarixga ega. So’nggi yillarda turkiy yozuv va uning tarixiga doir yangi ma'lumotlar va yangicha qarashlar yuzaga kelishi turkiy-run yozuvi haqidagi an'analarga o’zgarishlar kiritmoqda.
Bunga XX asrning 60-70 yillarida turli tadqiqotlar asosida, xususan, arxeologik izlanishlar tufayli yuzaga kelgan yangi maMumotlar sabab bo’lmoqda. Xususan bunday tarixiy ashyo Olmaotadan 50 kilometr sharqda, Issiq daryosi sohilida, 1970 yilda olib borilgan arxeotogik izlanishlar natijasida topilgan. Bitik tepalikdagi qabrdan chiqqan kumush ko’zachada yozilgan. Olimlar ushbu bitikni qadimgi turkiy-run yozuviga o’xshatib, Markaziy Osiyo turkiy-run yozuvi deb qarashgan. Bu yozuvni miloddan awalgi V-IV asrlarga xos deb, «lssiq yozuvi» yoki «lssiq qo’rg’oni yozuvi» nomi bilan atashgan va ilnvfanda shu nomlar bilan mashhur bo’ldi.
«Ozbekistonning ko’hna turkiy-run yozuvlari»
nomli ilmiy-ommabop risolasida
Ozbekistondan 20 dan ortiq turkiy-run yozuvidagi matn parchalarining topilishi bilan ularning jahon ilm-faniga ma'lum bo’lishi, mashhur sharqshunos, yozuvshunos olimlarning diqqatini jalb etishi va ilmiy jihatdan talqin qilinishi haqida muhim maMumotlar keltirilgan.
Bunday bitiklarning o’rxun-Yenisey yozuviga o’xshashligi, til xususiyatlarining ilmiy jihatdan asoslab o’rganilishi natijalariga qarab, turkiy-run yozuvlarining qadimiy vatani bugungi o’zbekiston ekanligi ta'kidlangan.

Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling