Turkiy tillar va fors-tojik tili


Download 6.6 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi6.6 Kb.
#1763415
Bog'liq
TURKIY TILLAR VA FORS


TURKIY TILLAR VA FORS-TOJIK TILI
Fors (Pors) tili yo Forscha, forsiy (porsiy) — hind-yevropa tillari oilasidagi eroniy tillar guruhining jan.gʻarbiy tarmogʻiga mansub til; asosan, Eron (Eron Islom Respublikasi) ning rasmiy tili hamda millatlararo aloqa tili hisoblanadi. Fors tili IX asrdan to shu kungacha bosib o‘tgan tarixiy taraqqiyot davridagi o‘zgarishlar .Bu o‘zgarishlar, birinchidan, fors-tojik klassik adabiyotida keng iste‘mol qilingan ayrim so‘zlarning hozirgi fors tilida ishlatilmay qolishi yoki ular ma‘nosining o‘zgarishlarida ko‘rinsa ikkinchidan, hozirgi fors so‘z yasovchi elementlar asosida yasalgan yangi so‘zlar hisobiga boyishdan namoyon bo‘ladi. Fors tili qad. yozuv anʼanalariga ega, unda boy adabiyot mavjud. Dastlabki yodgorliklari IX asrning 1-yarmiga mansub. Oʻsha davrda Eronning mashhur shoirlari Rudakiy, Firdavsiy, Farroxiy, Manuchehr va boshqa koʻplab shoir va yozuvchilar sodda va yangi fors tilida oʻz asarlarini yozdilar va asta-sekin fors tili Eronning rasmiy va madaniy tiliga aylantirildi. Fors tili oʻtgan ming yillar davomida oʻz asosini yoʻqotmadi, katta oʻzgarishlarga uchramadi. Ming yillar davomida Eron madaniyati va goʻzalligini ifodalab keldi. Somoniylar davrida fors tili rivoj topdi. Gʻaznaviylar davrida Hindiston yarimoroligacha yetib borib, Eron sivilizatsiyasi 800 yil davomida bu hududda rivojlandi. Kichik Osiyodagi Buyuk Saljuqiylar hukumati davrida fors tili bu hududning rasmiy va adabiy tiliga aylangan. Fors tili o‘zining ohangdorligi sinonimlaga boyligi va so‘zlarning osonlik bilan vazn hamda qofiyaga tushishi sababli ko‘pgina mamlakat shoir va olimlarini o‘ziga jalb qiladi va qisqa davr ichida O‘rta Osiyoning butun davlatlarigacha Ozarbayjon va Hindistongacha yoyilib, bu mamlakat xalqlari tomonodan fors tilida boy adabiy va ilmiy asarlar yaratildi. Fors tilining koʻplab lahja va shevalari boʻlib, Tehron lahjasi ularning eng asosiysi va eng koʻp oʻrganilganidir. Bu lahja hozirgi adabiy fors tiliga asos boʻlgan. Fonetik xususiyatlari: 6 ta unli harf, 2 ta diftong, 22 ta undosh fonema mavjud. Chuqur til orqa va boʻgʻiz undoshlari bor, urgʻu, odatda, oxirgi boʻgʻinga tushadi. Morfologik qurilishi analitik xususiyatga ega, kelishik va jins kabi grammatik kategoriyalar mavjud emas. Otlar son, aniqlik va noaniqlik kategoriyalariga, feʼllar shaxs, zamon, nisbat va mayl kategoriyalariga ega. Feʼl yagona tuslanish turiga ega va tuzilishiga koʻra sodda va qoʻshma feʼllarga ajraladi. Gapdagi soʻzlar aloqasida izofali tuzilmalar keng qoʻllanadi. Kesim, asosan, gap oxirida, ega esa gap boshida, aniqlovchi aniqlanmishdan keyin keladi. Leksikasining asosini sof eroniy soʻzlar tashkil etadi, lekin arabcha oʻzlashmalar ham juda koʻp (barcha leksikaning 50% igacha), shuningdek, turk, fransuz, ingliz va boshqa tillardan kirgan soʻzlar ham bor. Tojik tili — hindevropa oilasidagi eroniy tillar guruhining janubi-gʻarbiy guruhchasiga mansub til. Asosan, Tojikiston va Shimoliy Afgʻonistonda, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning ayrim tumanlarida, qisman Eronda tarqalgan. Tojik tilida jami 35 mln.dan ortiq (mas., Tojikistonda 10 mln.dan, Oʻzbekistonda 2 mln (rasmiy), Afgʻonistonda 15- 17 mln.ga yaqin) kishi soʻzlashadi (2022). Fonetik tizimida 6 unli va 24 undosh fonema bor. Urgʻu dinamik xususiyatga ega, koʻpincha soʻzning oxirgi boʻgʻiniga tushadi. Grammatik qurilishi agglyutinativflektiv xususiyatga ega. Ot, sifat, son turkumlaridagi soʻz oʻzgarishining qadimda rivojlangan tizimi hozirda yoʻqolgan. Jins va kelishik kategoriyalari mavjud emas. Kelishik munosabatlari sintaktik usulda ifodalanadi. Izofa otlar aloqasida eng keng tarqalgan vositalardandir. Feʼl sohasida koʻplab analitik shakllar va birikmalar uchraydi. 4 ta mayl (aniqlik, buyruq, shart va ehtimollik) bor. Hozirgi zamon tilshunosligidagi muammolardan biri tojik tilining til yoki dialekt ekanligi boʻlib qolmoqda. Bugungi kunda koʻpchilik tilshunoslar tojik va dariy tillarini umumiy fors tilining dialekti sifatida eʼtirof etishmoqda. Tojik tili bugungi nomini 1929-yil lotin yozuviga oʻtish bilan birga qabul qildi. Dariy tili esa, 1964-yilgi siyosiy oʻyinlardan keyin hozirgi nomiga ega boʻlgan. Shu voqealargacha bu ikki tilning ham nomi forsiy (yo porsiy) edi. Bu 3 til (tojik, dariy va fors tillari) shunchalik yaqinki, til sohiblari oʻzaro suhbatlashishsa, bir-birlarini hech qanday muammosiz yuz foiz tushunadilar. Adabiy Tojik tili qadimgi fors-tojik tili (9-15-asrlar)ga — fors, tojik va dariy tillarida soʻzlashuvchilar uchun umumiy manbaga borib taqaladi. 20-asrda adabiy tilning soʻzlashuv tili bilan yaqinlashuvi natijasida unda, ayniqsa, leksikada, jiddiy oʻzgarishlar roʻy beradi. Fors-Tojik tilidagi ilk yozma yodgorliklar 8-asrga mansub. Tojikiston Respublikasidagi Tojik tilida 1929-yil gacha arab, 1940-yilgacha lotin, 1940-yildan rus grafikasi asosidagi Kirill yozuvidan foydalaniladi.
Download 6.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling