- adabiy-tanqidiy faoliyatda munaqqid;
- arxiv va muzeylarda ekskursovod, ilmiy xodim sifatida.
1.4.4. Kasbiy moslashuv imkoniyatlari
5220100 -Filologiya (o‘zbek filologiyasi)yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr quyidagi kasbiy faoliyat turlariga moslashuvi mumkin:
- ilmiy-o‘quv uslubiyot - ta’lim muassasalarida uslubchi;
- ma’muriy boshqaruv- ma’muriy boshqaruv idoralarida, viloyat va tuman hokimliklarida devonxona xodimi;
- referentlik - mahkama va vazirliklarda referent;
- tarjimonlik - ommaviy axborot vositalari, markazlari va nashriyotlarda tarjimon.
Bakalavr belgilangan tartibda oliy va o‘rta maxsus kasb-hu-nar ta’limi muassasalarida, shuningdek, malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash institutlari va kurslarida ishlashi mumkin.
1.5. Ta’limni davom ettirish imkoniyatlari
1.5.1. 5220100 -Filologiya (o‘zbek filologiyasi) yo‘nalishidagi tayyorgarlik darajasiga ega bo‘lgan bakalavr quyidagi magistratura ixtisosliklarini egallashi mumkin:
5A220101 - Adabiyotshunoslik (O‘zbek adabiyotshunosligi)
5A220102 - Lingvistika (O‘zbek tilshunosligi)
5A220103 -Tarjima nazariyasi va amaliyoti
5A220104 - Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik
5A220105 - Adabiy tanqid
5A220106 -O‘zbek tili va adabiyoti fanlarini o‘qitish metodikasi
5A320106 - Ommaviy axborot vositalarida reklama
5A320103 - Televidenie va radioeshittirish
5A320104 - Noshirlik ishi va muharrirlik
5A320102 - Xalqaro jurnalistika
5A320105 - Jamoatchilik bilan aloqalar
5220100 - Filologiya (o‘zbek filologiyasi) yo‘nalishi bo‘yicha
bakalavrning tayyorgarlik darajasiga talablar
2.1. Bakalavr tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy malakaviy talablar
Bakalavr:
- dunyoqarash bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi;
- Vatan tarixini bilishi, ma’naviy milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o‘z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g‘oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lishi;
- tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallashi hamda ularni zamonaviy ilmiy asoslarda hayotda va o‘z kasb faoliyatida foydalana bilishi;
- insonning boshqa insonga, jamiyatga, atrof- muhitga munosabatini belgilovchi xuquqiy va ma’naviy mezonlarini bilishi, kasb faoliyatida ularni hisobga ola bilishi;
- axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullarini egallagan bo‘lishi, o‘z kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlarni qabul qila olishi;
- tegishli bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi;
- yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olishi;
- sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to‘g‘risida ilmiy tasavvur hamda e’tiqodga, o‘zini jismoniy chiniqtirish o‘quv va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |