O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Ro`yxatga olindi: “Tasdiqlayman”
№____________ o`quv ishlari bo`yicha prorektor
2021 yil________ A. Soleev
“___”______________ 2021yil
TURKIY TILLARNING QIYOSIY–TARIXIY GRAMATIKASI
fanining
ISHCHI O’QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100000 -Gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 120000 -Gumanitar fanlar
Mutaxassislik: 5220100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)
S amarqand – 2021
Fanning ishchi o`quv dasturi o`quv, ishchi o`quv reja va o`quv dasturig muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:
Suvonova R. - O`zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi
Taqrizchilar:
I.Mirzayev - Filologiya fanlari doktori, professor
Sh. Mahmadiyev - Filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Fanning ishchi o`quv dasturi “O’zbek tilshunosligi” kafedrasining 2021-yil 29-avgust 1-son yig`ilishida muhokamadan o`tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri ––––––––––––––– dots. Sh. Mahmadiyev
Fakultet kengashi raisi ________________ prof A. Pardayev
Kelishildi: O`quv-uslubiy kengash raisi
__________________ dots. Sh. Mahmadiyev
Kirish
“Turkiy tillarning qiyosiy–tarixiy gramatikasi” fani ham tilshunoslik tarixi, ham tilshunoslik nazariyasi, ham tillarning tadqiq qilish bosqichi. Mazkur fan bevosita tilshunoslik jarayonidagi yangilanishlardan talabalarni boxabar qilishi bilan birga ularni baholashga o`rgatadi. Amaliy jihatdan esa talaba tilshunoslik jarayonining ishtirokchisiga aylanishi ham mumkin. “Turkiy tillarning qiyosiy–tarixiy gramatikasi” fani nafaqat o`zbek tilshunosligi, balki turkiy tillarda kechayotgan yangilanishlar bilan ham talabani boxabar qiladi. Fan ana shunday masalalari bilan dolzarblik kasb etadi.
“Turkiy tillarning qiyosiy–tarixiy gramatikasi” fani talabani faol kitobxonlikka, qadimiy turkiy tillarni tahlil qila olish malakasini hosil qilishga, yozma yodgorliklari to`g`risida yaxlit tasavvur berishi jihatidan ahamiyatli sanaladi.
Mazkur fan falsafa, tarix, etika va estetika, san’atshunoslik yo’nalishidagi fanlar bilan uzviy bog’langan.
O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Mazkur fanni o’qitishning asosiy maqsadi – qadimgi turkiy tillar bilan bilan tanishish, badiiy asarlarni tahlil qilish, badiiy matnni chuqur va turli metodlar asosida talqin qilish, boshqa xalqlar yaratgan asarlarga qiyoslash, ular yaratgan asarlar badiiyatini ilmiy asarlar asosida o’rganish, umuman, talabalarda adabiyotshunoslar va tilshunoslarga xos ilmiy-estetik tafakkurni shakllantirish sanaladi. Shu ma’noda quyidagi vazifalar muhimdir:
Tyurkologiyada yaratilgan asarlarni o`rganish, tadrijiy taraqqiyotini tushuntirish;
O`zbek tilshunosligi rivojining asosiy tamoyillarini o’rgatish;
badiiy asarni ijtimoiy-estetik hodisa sifatida tahlil va talqin qilish usullarini o’rgatish;
jahon, rus va boshqa xalqlar adabiyoti bilan uzviy birlikda o`zbek adabiyotining ahamiyatini baholash ko’nikmasini shakllantirish.
talabada estetik didni, badiiy so’zni his etish ko’nikmasini hosil qilish;
adabiy jarayondagi turfa xil asarlarni o`ziga xosligini asoslash va tushuncha berish;
adabiy-badiiy va ilmiy-estetik idrokni tahlil va tadqiq etish malakasini hosil etishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |