Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha
ko‘rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg‘ulotlari talabalarni turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasiga oid ma’lumotlar bilan mustaqil tanishishga, turkiy tillarni o‘zaro qiyoslash nuqtai nazaridan tahlil va talqin etishga yo‘naltiradi. Talabalar egallagan bilimlarini dars chog‘ida munozara yoki ma’ruza shaklida himoya qiladi.Seminar mashg‘ulotlarida talabalar turkiy tillar morfologik tizimi, so‘z turkumlari, ot, fe’l, sifatga xos grammatik kategoriyalar haqida amaliy ko‘nikma va malaka hosil qiladilar.
Seminar mashg‘ulotlari uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1.Qadimgi turkiy til davrida unli va undoshlar tizimi.
2.Turkiy tillarning umumtaraqqiyot bosqichiga xos morfologik xususiyatlar.
3.Turkiy tillarda ot turkumiga xos grammatik kategoriyalar.
4.Turkiy tillarda sifatning morfologik xususiyatlari.
5.Turkiy tillarda olmoshlar
6.Fe’lning grammatik kategoriyalari
7.Grammatik ma’noning ifodalanishi.
8.Turkiy tillarda yordamchi so‘zlar va ularning vazifalari.
9.Sonomimema va videomimemalar
10. Hozirgi turkiy tillar leksikasining qiyosiy tahlili.
Izoh:Mazkur ro‘yxatdagi mavzulardan seminar mashg‘ulotlari uchun ajratilgan soatlar hajmiga mos holda foydalanish tavsiya etiladi.
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta’lim professor-o‘qituvchining talabalarga avvaldan berib qo‘yiladigan mavzular asosida tashkil etiladi. Talabalarning o‘zlashtirishlari amaliy mashg‘ulot va seminar mashg‘ulotlari davomida nazorat qilinadi.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda, quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik;
seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik;
darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismini o‘zlashtirish;
maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fan bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;
faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;
masofaviy ta’lim.
Mustaqil ta’lim uchun quyidagi topshiriqlarni bajarish tavsiya etiladi:
1.Turkiy tillar tasnifi.Tasniflash mezonlari.
2.Turkiy tillarning dastlabki taraqqiyot davriga xos fonetik qonuniyatlar.
3.Turkiy tillarning undoshlar tizimidagi o‘zgarishlar.
4.Turkiy tillarda kelishiklar tizimi. Kelishiklarning tarixiy variantlari.
5.Turkiy tillarning agglyutinativ tabiati.
6.Turkiy tillarda turkum sinkretizimi. Ot-fe’l sinkretizmi.
7.Turkiy tillar grammatik qurilishining tarixiy – tipologik xususiyatlari.
8.O‘rxun – Enisey yozuv yodgorliklarining fonetik, grammatik xususiyatlari. 9.Turkiy tillarning asosiy grammatik xususiyatlari. Morfologik ko‘rsatkichlar. Elementar morfologik birliklar. Kompleks morfologik birliklar.
10.Turkiy tillarning hozirgi taraqqiyot darajasi.
11.Qozoq, qoraqalpoq, qirg‘iz tillarining sintaktik xususiyatlari.
12.Tuva, buryat, boshqird tillarining o‘ziga xos sintaktik tabiati.
13.Turkman, ozarbayjon, turk tilining grammatik xususiyatlari.
14. Turkiy tillar leksikasi
Do'stlaringiz bilan baham: |