2.2. Fan bloklari bo‘yicha bilim va mahoratlariga qo‘yiladigan talablar
2.2.1. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar blokiga qo‘yiladigan talablar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 200__ yil ___ _________dagi ___ sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Bakalavrlar tayyorgarlik darajasi va o‘zlashtiradigan bilimlari mazmuniga zaruriy talablar»ning «Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki» hujjatiga asosan aniqlanadi.
2.2.2. Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bloki bo‘yicha qo‘yiladigan talablar.
Bakalavr:
matematika va informatika fanlari bo‘yicha quyidagi tasavvurlarga ega bo‘lishi lozim:
-matematika olamni bilishning o‘ziga xos usuli ekanligi, uning tushuncha va farazlarining mohiyati haqida;
-matematik modellash haqida;
- axborotlar, ularni saqlash, ishlash va uzatish usullari haqida.
Quyidagilarni bilishi va foydalana olishi lozim:
- matematik tahlilning asosiy tushunchalari va usullari, analitik geometriya, chiziqli algebra, kompleks o‘zgaruvchan funksiyalar nazariyasi, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, diskret matematika;
- tabiiy fanlar va texnikadagi sodda tizimlar va jarayon-larning matematik modellari;
- aniq jarayonlar uchun ehtimolli modellar va ular bo‘yicha zarury hisoblar bajarish;
- yuqori darajadagi dasturlash tillari, ma’lumotlar bazalari, dasturlar bilan ta’minlash va dasturlash texnologiyasi, kompyuter grafikasi;
- funksional va hisoblash masalalarini echish modellari.
Quyidagilardan tajribaga ega bo‘lishi lozim:
- turli ob’ektlarni miqdoriy va sifat munosabatlari uchun matematik simvollardan foydalanish;
- modellarni ularning ierarxik tuzilishini hisobga olgan holda tadqiq etish va olingan natijalarning foydalanish chegaralarini baholash;
- tajriba ma’lumotlarini tahlil qilishning asosiy usullari va yo‘llarini qo‘llash;
- algebraik tenglamalarning analitik va sonli echimlari;
- oddiy differensial tenglamalarning analitik va sonli echimlarini aniqlash;
- matematik fizikaning asosiy tenglamalarini analitik va sonli echimlari;
- dasturlash, hisoblash texnikasi va dasturiy ta’minlash imkoniyatlaridan foydalanish;
- kompyuter grafikasi vositalaridan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |