«Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi» fanidan o’quv-uslubiy majmua
Zamonaviy tabiiy bilimlar: informatika, matematika, zamonaviy tabiiy bilimlar konsepsiyasi va ekologiya
Download 1.21 Mb.
|
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
Zamonaviy tabiiy bilimlar: informatika, matematika, zamonaviy tabiiy bilimlar konsepsiyasi va ekologiya fanlari bo‘yicha quyidagi tasavvurlarga ega bo‘lishi lozim:
- olamning yaxlit fizikaviy ob’ekt ekanligi va evolyusiyasi haqida; - tabiiy fanlarning fundamental birligi, tibiat ilmining tugallanmaganligi va uning kelgusida rivojlanish imkoniyatlari haqida; - tabiatdagi diskretlik va uzluksizlik haqida; - tabiatdagi tartib va tartibsizlik nisbati, ob’ektlar tuzilishining tartibliligi haqida; - tartibsizlik holatiga o‘tish va uning aksi haqida; -tabiatdagi dinamik va statik qonuniyatlar haqida; - ehtimollik tabiatdagi sistemalarning ob’ektiv tavsifi ekanligi haqida; - o‘lchovlar va ularning tabiiy bilimlarning turli soha-larida o‘ziga xosligi haqida; - tabiat ilmining fundamental doimiylik (konstanta)lari haqida; - simmetriya tamoyillari va saqlanish qonunlari haqida; - bilishning empirik va nazariy nisbatlari haqida; - tabiatdagi holatlar va ularning vaqt birligida o‘zgarishi haqida; - tabiiy ob’ektlarning yakka va umum holdagi harakati haqida; - tabiatshunoslikda vaqt haqida; - kimyoviy sistemalar va jarayonlar, moddalarning reaksiyaga moyilligi haqida; - kimyoviy ayniylikni isbotlash usullari va moddalar sifatini aniqlash haqida; - materiya yaralishining biologik asoslari xususiyatlari, takror yaralish, ko‘payish tamoyillari va tirik mavjudotlar rivojlanish tizimlari haqida; - b iosfera va uning evolyusiyasi yo‘nalishlari haqida; - tirik mavjudot tizimlarining yaxlitligi va gomeostazasi - o‘z-o‘zidan sozlanuvi haqida; - organizm va muhitning o‘zaro ta’siri, organizmlar majmuasi, ekotizimlar haqida; - tabiatni muhofaza qilishning ekologik tamoyillari va tabiatdan maqsadga muvofiq foydalaniaі sh, tabiatni buzmas texnologiyalar yaratishning kelajagi haqida; - tabiatshunoslikning eng yangi kashfiyotlari, texnik qurilmalar yaratishda ulardan foydalanish istiqbollari haqida; - fizik, kimyoviy va biologik modellash haqida; - inson bioijtimoiy tabiatining biosfera bilan birligi nuqtai nazaridan o‘z kasbiy faoliyatining oqibatlari haqida; Quyidagilarni bilishi va foydalana olishi lozim: - mexanika, elektr va magnetizm, tebranishlar va to‘lqinlar, kvant fizikasi, statistik fizika va termodinamika, kimyoviy tizimlar, moddalarning reaksiyaga moyilligi, kimyoviy identifikatsiya, ekologiyaning asosiy tushunchalari, qonunlari va modellari; - fizika, nazariy mexanika, kimyo va ekologiyadagi nazariy va tajribaviy tadqiqot usullari; - inson atrof-muhitini fizik, kimyoviy va biologik hodisalarning zararli ta’sirlaridan himoya qilish vositalari va usullari; Quyidagi tajribalarga ega bo‘lishi lozim: - fizik, kimyoviy va biologik modellarni tekshirish; - ishlab chiqarish jarayoni va texnik vositalarda fizik, kimyoviy, biologik tizimlarning eng oddiy modellaridan foydalanish; tabiiy fanlarning turli sohalarida qo‘llanadigan sonli ko‘rsatkichlar kattaliklari tartibini qo‘llay olish. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling