Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi


Turkiy tillarda so`z tarkibi


Download 157.84 Kb.
bet18/54
Sana03.02.2023
Hajmi157.84 Kb.
#1152813
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54
Bog'liq
тур.маъруза

Turkiy tillarda so`z tarkibi.
Turkiy tillarda so`z tarkibi o`zak va affiksdan iborat. Turkiy tillarda fonetik jihatdan o`zakning quyidagi ko`rinishlari mavjud:
1. Faqat bir unlidan iborat bo`lgan o`zak: u, o kabi.
2. Bir unli va bir undoshdan iborat bo`lgan o`zak: ol, ot, bu shu, na, ma.
3. Bir unli va ikki undoshdan iborat bo`lgan o`zak: bosh, qo`l, don, ont, ost, ust; ona, ota, o`qi.
4. Bir unli va uch undoshdan iborat bo`lgan o`zak: to`rt, tort
5. Ikki unli va ikki undoshdan iborat bo`lgan o`zak: bola; dala.
6. Ikki unli va uch undoshdan tarkib topgan o`zak: tomon, somon.
O`zak ko`rinishlaridan uchinchisi (SGS) ko`p tarqalgandir. Qolganlari juda kam darajada uchraydi.
Turkiy tillardagi o`zakning strukturasi va taraqqiyoti haqida turli xil fikrlar mavjud. V.L.Kotvich yuqorida ko`rsatilgan o`zak tiplari turkiy tillarda azaldan mavjud desa21 . N.A.Baskakov o`zak ko`rinishining uchinchi tipi (SGS) turkiy tillar uchun xarakterli va qolgan barcha ko`rinishdagi o`zaklar shu tipning taraqqiyoti natijasida paydo bo`lgan deydi22. Turkolog A.Zayonchkovskiy hamma tip o`zaklar ikkinchi tip (SG) o`zaklarning taraqqiyoti natijasida yuzaga kelganligini uqdiradi23.
Demak, turkiy o`zak qaqida uch xil fikr mavjud bo`lib, ulardan uchinchisini haqiqatga yaqin deb hisoblaymiz. Chunki hozir uch tovushga ega bo`lish anchagina o`zaklar qadimgi turkiy obidalar va "Devonu lug`otit turk"da hamda o`g`uz guruh tillarida ikki tovush (SG) holida uchraydi.
Masalan: sa (sana), ba (bog`la), yu (yuv); o’l (bo’l).
Turkiy tillar taraqqiyotining hamma bosqichlarida yangi so`z o`zakka affiks qo`shish bilan hosil qilingan.
Turkiy tillarda affikslarning turlaridan biri o`zakdan keyin qo`shiluvchi postfikslar mavjud. Affiksning prefiks, infiks kabi turlari turkiy tillarda yo`q. Faqat boshqa tillardan o`zlashgan so`zlardagina prefikslar mavjud.
Turkiy tillarda kelishik kategoriyasi. Hozirgi turkiy tillarda kelishiklar miqdor jihatidan uncha farq qilmaydi. O`zbek, qoraqalpoq, turkman, ozarbayjon, tatar, gagauz tillarida 6 ta, qozoq tilida 7 ta, xakas va chuvash tilida 8 ta, yoqut tilida 9 ta kelishik mavjud.
Bu tillardagi ortiqcha kelishik shakllarining aksariyati mazkur tillar taraqqiyotining keyingi davrida vujudga kelgan.
Turkiy tillarda hozir ishlatiladigan va ishlatilmaydigan quyidagi kelishiklar hamda ularning shakllari bor:
1. Bosh kelishik, uning ko`rsatkichi yo`q.
2.Qaratqich kelishigi. Turkiy bobo til davrida bu kelishikning funksiyasi izofa konstruktsiyasi orqali amalga oshirilgan. Qaratqich kelishigi va uning shakli keyingi davrning mahsulidir. Qaratqich ko`rsatkichi -ni, -in genetik jihatdan bog`lik, bo`lgan -ninki, -inki, -ki affikslarining shakllanishiga ta'sir qilgan. Menin, shakli menink tarzida talaffuz etilishi bir I unlisining orttirilishiga sabab bo`lgan, natijada meninki shakli yuzaga kelgan, ya'ni butun bir affiks -ki affiksi urchib chiqqan. Bu affiksning eski shakli - qaratqichning -nin shaklidan -ninki, -in shaklida bo`lganki, biz buni hozirgi turkman tilida va o`g`uz lahjasining Hazorasp-Yangiariq shevasida kuzatamiz: turkman tilida: meninki, seninki, apaminki, akaminki; Xazorasp shevasida: apaminki, apamki, kabi.
Bu shaklning aslida qaratqich affiksiga bevosita aloqasi bo`lganligini tarixiy yodnomalardan to`plangan faktlar ham tasdiqlashi mumkin24.Masalan, "Bobirnoma"da ul qal'a bobomnin durur kabi shakllar bobomnikidir shakli bilan bir xil fuknsiyada kelgan.
Meninki shaklidan ajralib chiqqan (qaratqichdan urchigan) -ki affiksi analogiya qonuniga muvofiq o`z ma'nosini asosan saqlagan holda, ot kategoriyasidagi boshqa so`zlarga ham qo`shilib, biror predmetga qarashlilik, munosabat ma'nolarini ham ifoda eta boshlagan. Bu kelishik shakllari turkiy tillar taraqqiyotining keyingi davrida ko`makchilardan va boshqa til elementlaridan vujudga kelgan25
Turkiy tillarda chiqish-o`rin kelishigi –ga /-g`a, - da / -de shakllariga ega bo`lib, u qadimgi turkiy tilda ham hozirgi ma'nosida qo`llanilgan: tabg`ach qag`anta (xitoy xoqonidan), kozda yash (ko`zda yosh). Bu shakllar hozirgi yoqut, tofalar tilida quyidagicha qo’llaniladi: yoqutcha u:ta bas (suvdan ol), malta yurt (o`tindan kes); tofalarcha sug`da var (suv keltir), neshta van (o`tin ber).
Xulosa qilib aytganda, turkiy tillar taraqqiyoti natijasida, asosan olti kelishik shakllari tobora stabillashib borgan.

Download 157.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling